Gʻarbiya muhofazasi
Gʻarbiya muhofazasi (arabcha: محافظة الغربية Muḥāfaẓat al-Gharbiyya, „gʻarbiy muhofaza“) Misr muhofazalaridan biri. Mamlakatning shimolida, Kafr ash-Shayx muhofazasining janubida, Minufiya muhofazasining shimolida joylashgan. Maʼmuriy markazi Tanto, Qohirada 90 km shimolda va Iskandariyadan 120 km janubi-sharqda joylashgan. Gʻarbiyadagi eng yirik shahar Mahallat ul-Kubro. Umumiy maydoni 1 942 km2.
Gʻarbiya muhofazasi | |
---|---|
Muhofaza | |
30°52′1.2″N 31°1′40.8″E / 30.867000°N 31.028000°E | |
Mamlakat | Misr |
Hukumat | |
• Voliy | Tarek Rahmi |
Maydon | 1,942[1] km2 (750 kv mi) |
Aholisi (2023-yil yanvar) |
5 409 714[2] |
Vaqt mintaqasi | UTC+2 |
|
Maʼmuriy boʻlinishi
tahrirMuhofaza 2023-yil yanvar holatiga koʻra umumiy aholisi 5 409 714 kishini tashkil qiluvchi munitsipalitetlarga boʻlinadi. Ayrim hollarda bir xil nomdagi markaz va qism ham uchraydi[2].
Oʻzbekcha nomi | Asl nomi | Arabcha transliteratsiyasi | Aholis (2023-yil yanvar tax.) |
Turi |
---|---|---|---|---|
Mahallat ul-Kubro | مركز المحله الكبرى | Al-Maḥallah al-Kubrā | 829,692 | Markaz |
Mahallat ul-Kubro 1 | قسم أول المحلة الكبرى | Al-Maḥallah al-Kubrā 1 | 186,805 | Qism (toʻliq shahar) |
Mahallat ul-Kubro 2 | قسم ثان المحلة الكبرى | Al-Maḥallah al-Kubrā 2 | 289,541 | Qism (toʻliq shahar) |
Mahallat ul-Kubro 3 | قسم ثالث المحلة الكبرى | Al-Maḥallah al-Kubrā 3 | 133,652 | Qism (toʻliq shahar) |
As-Santa | مركز السنطة | As-Sanṭah | 507,934 | Markaz |
Basyun | مركز بسيون | Basyūn | 318,370 | Markaz |
Kafr az-Zayyat | مركز كفر الزيات | Kafr az-Zayyāt | 486,055 | Markaz |
Qutur | مركز قطور | Quṭūr | 357,643 | Markaz |
Samannud | مركز سمنود | Samannūd | 426,257 | Markaz |
Tanto | مركز طنطا | Ṭanṭā | 716,116 | Markaz |
Tanto 1 | قسم أول طنطا | Ṭanṭā 1 | 315,737 | Qism (toʻliq shahar) |
Tanto 2 | قسم ثان طنطا | Ṭanṭā 2 | 277,863 | Qism (toʻliq shahar) |
Zefta | مركز زفتى | Ziftā | 449,066 | Markaz |
Zefta | قسم زفتى | Ziftā | 114,983 | Qism (toʻliq shahar) |
Tarixi
tahrirAl-Gʻarbiya nomi arabchadan tarjima qilinganda „gʻarbiy tomon“ degan maʼnoni bildiradi[3]. 13-asrda 165 qishloqqa boʻlingan, 15-asr geografi al-Qalqashondiy uni unumdor va obod deb taʼriflagan[3].
Mahallat ul-Kubro 1836-yilgacha maʼmuriy markaz vazifasini bajargan, shundan keyin markaz Tantoga koʻchirilgan[3].
Tarixiy joylari: 1 — Tanto muzeyi. 2 — Ali beyk al-kabir shoh koʻchasi. 3 — Al-Saa maydoni.
Hozirgi davrda paxta yetishtirish, toʻqimachilik sanoati bilan ajralib turadi[3].
Aholisi
tahrir1960-yilda muhofaza aholisi 1 815 000 kishidan iborat edi[3]. Aholining hisob-kitoblariga koʻra, 2015-yilda viloyat aholisining aksariyati qishloq joylarda istiqomat qilgan, urbanizatsiya darajasi atigi 30,0% ni tashkil etgan. Muhofazotda yashovchi taxminan 4,751,865 kishidan 3,324,630 kishi qishloq joylarda istiqomat qilgan boʻlsa, shaharlarda 1,427,235 kishi yashagan[4].
Shaharlari
tahrirLoyihalar va dasturlar
tahrir2016-yilda Shveysariya Gʻarbiyada qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish dasturini moliyalashtirish majburiyatini oldi, bu loyiha Misr Atrof-muhit vazirligi bilan 2021-yilda yakunlanadi. Qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish milliy dasturi (NSWMP) yangilari uchun infratuzilmani qurish, shuningdek, mavjud chiqindilarni qayta ishlash, poligon va qayta ishlash obyektlarini kengaytirish va yaxshilashni oʻz ichiga oladi[5].
Taniqli kishilari
tahrir- Muhammad Saloh (Liverpool F.C. futbolchisi]][6]
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Al-Gharbiyyah“. britannica. 2018-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-noyabr.
- ↑ 2,0 2,1 „CAPMAS2023“ (ar). capmas.gov.eg (2023-yil 2-aprel). Qaraldi: 5-aprel 2024-yil.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Herzog, R. (1965). "al-G̲h̲arbiyya". in Lewis, B.. Encyclopaedia of Islam. Volume II: C–G (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. p. 1010. OCLC 495469475. https://referenceworks.brillonline.com/search?s.q=al-G%CC%B2h%CC%B2arbiyya&s.f.s2_parent=s.f.book.encyclopaedia-of-islam-2&search-go=Search.
- ↑ „Population Estimates By Sex & Governorate 1/1/2015“. CAPMAS. 2015-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-oktyabr.
- ↑ „Switzerland funds programme to improve solid waste management in 4 Egyptian governorates“. Daily News Egypt (2016-yil 5-oktyabr).
- ↑ Al Sherbini, Ramadan. „Egypt turns to celebs to fight drugs“. Gulf News Egypt (2016-yil 26-aprel). 2016-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 18-oktyabr.
Havolalar
tahrir- Gharbia Governorate Official website (in Arabic)
- El Watan News of Gharbia Governorate (Wayback Machine saytida 2019-04-12 sanasida arxivlangan)