Gʻayrat Ergashevich Abdiev (tugʻ. 24-may 1983-yil, Urgut tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek davlat arbobi va tarix oʻqituvchisi. 2020-yil yanvar oyidan buyon Samarqand viloyatining 70-sonli Urgut saylov okrugidan 4-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi[1].

Gʻayrat Abdiev
 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati
Mansab davri
2020-yil
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 24-may 1983-yil (1983-05-24) (40 yosh)
Urgut tumani, Samarqand viloyati, OʻzSSR, SSSR
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi
Kasbi tarix oʻqituvchisi
Maʼlumoti Samarqand davlat universiteti

Biografiya tahrir

Gʻayrat Abdiev 1983-yil 24-mayda Samarqand viloyatida tugʻilgan. 2014-yilda Samarqand davlat universitetini tarix fani oʻqituvchisi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

2004-yildan Urgut tumanidagi „Gʻijduvon“ fermer xoʻjaligi fermeri. 2005-2006-yillarda Urgut viloyati 2-sonli umumtaʼlim maktabida tarix fani oʻqituvchisi. 2006-2009-yillarda Samarqand shahridagi 75-umumtaʼlim maktabida tarix fani oʻqituvchisi. 2009-2011-yillarda Qarshi shahridagi 38-sonli umumtaʼlim maktabi tarix fani oʻqituvchisi.

2011-2015-yillarda Samarqand shahridagi 49-sonli umumtaʼlim maktabi tarix fani oʻqituvchisi, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari. 2015-2017-yillarda Samarqand shahridagi 41-umumtaʼlim maktabi direktori.

2017-2018-yillarda Samarqand viloyati IIB maʼnaviy-axloqiy tarbiya va maktabdan tashqari taʼlim boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, boshligʻi.

2018-yildan — Urgut viloyati taʼlim boshqarmasi boshligʻi. 2020-yil yanvar oyidan buyon Samarqand viloyatining 70-sonli Urgut saylov okrugidan 4-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fuqarolar salomatligini muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi aʼzosi[2]. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi[3].

Manbalar tahrir

  1. https://centrasia.org/person2.php?st=1603476343
  2. https://lex.uz/docs/5293148
  3. „arxiv nusxasi“. 2021-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.