Gʻijduvon“ – Oʻzbek futbol klubi, Buxoro viloyati, Gʻijduvon shahri.

Gʻijduvon
Toʻliq nomi “Gʻijduvon” Futbol klubi
Laqabi Gʻijduvonliklar
Asos solingan 1991-yil
Stadion „Gʻijduvon“
Stadion hajmi 5000
Bosh direktori Bobur Qodirov
Murabbiyi Tojikiston Hakim Fuzaylov
Musobaqasi Oʻzbekiston Pro-ligasi
2018-yil 3
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi

1991-yilda „Zarangar“ nomi bilan jamoa faoliyati boshlangan. 1993-yildan boshlab Gʻijduvon nomi bilan atalib keladi. 2013-yildan klub professional jamoa sifatida qayta jonlangan.

Tarixi tahrir

1992-yili Oʻzbekiston chempionatining Birinchi ligasida oʻynay boshlagan va soʻnggi, 16-oʻrinni egallab (17 oʻyindan soʻng musobaqani tark etgan) Ikkinchi liga tarkibiga qoʻshilgan.

Keyingi yillarda Buxoro viloyati chempionati va Oʻzbekiston Ikkinchi ligasida ishtirok etgan. Klub bir muddat vaqtincha faoliyatini toʻxtatgan, biroq 2013-yilda qayta tiklangan.

2014-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Birinchi ligasida toʻp surgan. Final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kirita olmagan klub, soʻnggi bosqichda Gʻarbiy guruhda 12 jamoa orasida 11-oʻrinni qayd etgan.

2015-yilda Birinchi liga bahslarida ham ishtirok etadi. Dastlabki bosqich natijalariga koʻra Gʻarbiy guruhda 8-oʻrinni qayd etib, final bosqichida qatnashish huquqini qoʻlga kiritgan va musoboqada soʻnggi, 16-oʻrindan joy olgan.

2016-yilgi mavsumda Birinchi ligada 18 ta jamoa orasida 15-oʻrinni egallagan. Klub 2017-yilgi mavsumni Buxoro viloyati chempionati va Ikkinchi liga bahslarida oʻtkazgan. 2018-yilgi mavsumdan boshlab „Gʻijduvon“ yana Oʻzbekiston Pro ligasi (2017-yilgacha Birinchi liga deb atalgan, mamlakat futbol olamida saviyasi va ahamiyati boʻyicha 2-oʻrin) aʼzosiga aylangan.

2024-yilgi mavsum oldidan jamoa tarkibi bir necha tajribali futbolchilar hisobiga kuchaytirildi[1] va tajribali murabbiy, Tojikistonlik Hakim Fuzaylov jamoa bosh murabbiyi sifatida ish boshlagni maʼlum qilingan[2]. 2024-yil 5-fevralda jamoaning rasmiy logosi ham oʻzgargani eʼlon qilngan[3]. Gʻijduvon mavsum oldi yigʻinlardagi oʻrtoqlik oʻyinlarida ham yaxshi natijlar qayt etgan[4]. Keyinchalik OʻzPFL Gʻijduvon jamoasini qarzdorliklarni oʻz vaqtida bartaraf etmagani[5] va liga litsenziyalash talablariga javob bermagani uchun Oʻzbekiston Pro ligasida ishtirol etmasligini maʼlum qilgan[6][7]. 2024-yil 14-martda Gʻijduvon 2024-yilgi mavsumda professional va yarim professional turnirlarda moliyaviy muammolar sababli ishtirok eta olamasligi maʼlum qilingan[8].

Mahalliy musoboqalar tarixi tahrir

Mavsum Liga Oʻzbekiston Kubogi Eng koʻp gol urgan Murabbiy
Div. Oʻrin Oʻ. Yu D. M. U.G OʻG O Nomi Liga
1992 2 16 30 0 5 25 12 56 5 Qatnashmagan Maʼlumotlar mavjud emas Maʼlumotlar mavjud emas
2013 3 1 4 4 0 0 10 3 12
2014 2 11 22 4 3 15 21 47 15
2015 3
2016 2 15 32 9 5 18 51 93 32
2017 3
2018 3 3 32 18 6 8 59 44 60
2019 3 4 20 8 5 7 29 34 29
2020 3 4 17 7 1 9 32 29 22 1/8 final
2021 3 2 20 13 3 4 56 24 42 1/8 final
2022 2 6th 18 3 4 11 21 30 13 1/8 final   Gennadiy Kochnev
2023 2 10 20 4 4 12 21 52 20 Guruh bosqichi   Hakim Fuzaylov
2024 Professional faoliyati toʻxtatilgan

Jamoa tarkibi tahrir

Hozirgi tarkibi tahrir

2023-yil 16-dekabr holatiga

U21 jamoasi tahrir

U19 jamoasi tahrir

Murabbiylar shtabi tahrir

Lavozimi Murabbiy
Bosh murabbiy   Hakim Fuzaylov
Yordamchi murabbiy   Rahmatullo Fuzaylov
Yordamchi murabbiy   Akmal Xolmatov
Yordamchi murabbiy   Suhrob Qobilov
Yordamchi murabbiy   Roʻzimboy Ahmedov
Darvozabonlar murabbiyi   Aleksandr Kit

Murabbiylar tahrir

Murabbiy Yillari
  Sherzod Sattorov
  Umidjon Qudratov 2022
  Bahodir Shaymardanov
  Gennadiy Kochnev[9] 2022—2023
  Hakim Fuzaylov[10] 2024—

U19 tahrir

U21 tahrir

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir