Gabriel Teodoro Martinelli Silva (2001-yil 18-iyunda tugʻilgan), Gabriel Martinelli nomi bilan tanilgan, braziliyalik professional futbolchi. Premier Liganing "Arsenal" klubi va Braziliya milliy terma jamoasi hujumchisi.

Guarulhos munitsipalitetida tugʻilib oʻsgan Martinelli oʻzining katta klubdagi faoliyatini „Ituano“ jamoasi safida boshladi. 2019-yilning iyulida, 18 yoshida „Arsenal“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Debyut mavsumida Angliya kubogini qoʻlga kiritdi.

Xalqaro miqyosda 23 yoshgacha boʻlgan Braziliya terma jamoasi safida oʻynaydi. Braziliyaga 2020-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida futbol musobaqasida oltin medalni qoʻlga kiritishda katta hissa qoʻshdi. 2022-yilda milliy terma jamoa safida debyut qildi. 2022-yilgi FIFA Jahon chempionatida Braziliya milliy terma jamoasi tarkibiga ham chaqirildi.

Klublardagi faoliyati

tahrir

Sao Paulo shahrining Guarulhos shahrida tugʻilgan Martinelli oʻz faoliyatini 2010-yilda "Corinthians" futzal jamoasida boshlagan[1]. Futbol maydonlarida muvaffaqiyatga erishgandan soʻng, 2015-yilda Ituanoga koʻchib oʻtdi va keyinchalik "Manchester United" va "Barcelona" klublarida sinov mavsumlarini oʻtkazdi[2].

2017-yilning 4-noyabrida, o‘zining 2022-yil oktabrgacha boʻlgan birinchi professional shartnomasini imzoladi[3]. Professional debyutini 17-mart kuni „Sao Bento“ klubiga qarshi safardagi oʻyinda (2:1) oʻtkazdi va oʻyinda gol muallifi Claudinhoning oʻrniga maydonga tushdi. Natijada 16 yoshu 9 oyligida klub safida bir asr mobaynida debyut qilgan eng yosh futbolchiga aylandi[4].

Martinelli oʻzining birinchi golini 2018-yil 8-sentabrda kiritdi. Ikkinchi golini „Taboao da Serra“ klubi ustidan 4:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda kiritdi[5]. 2019-yilgi Campeonato Paulista turnirining asosiy jamoasiga koʻtarildi, musobaqa davomida oltita gol urdi va chorak finalga qadar klubning eng yaxshi toʻpurari boʻldi. 2019-yil 15-mart kuni „Bragantino“ jamoasiga qarshi safardagi bahsda (3:0) dubl qayd etdi.

Arsenal

tahrir

Martinelliga bir qator klublar qiziqish bildirdi, biroq 2019-yilning 2-iyulida Premier liganing "Arsenal" klubi u bilan 6 million funt sterling (46,9 million R$) evaziga uzoq muddatli shartnoma imzolashga muvaffaq boʻldi[6]. Italiya pasportiga ega boʻlgan Martinelli ingliz klublari janubiy amerikalik futbolchilar bilan shartnoma imzolashi uchun zarur boʻlgan sinchkovlik bilan tekshirilgan mezonlarga boʻysunmadi[7]. „Arsenal“ning asosiy jamoasi bilan Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi mavsumoldi safariga bordi[8]. 16-iyul kuni „Colorado Rapids“ klubiga qarshi mavsumoldi oʻrtoqlik oʻyinida (3:0) debyut qildi va gol kiritdi[9]. Roʻyxatdan oʻtgandan soʻng, Martinelli oʻzining birinchi mavsumida asosan 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar klubi safida oʻynashni, keyin esa sekin-asta akademiyadan asosiy jamoaga qoʻshilishni rejalashtirdi. Biroq, Martinellining mavsumoldi va mashgʻulotlardagi yorqin oʻyini uni asosiy jamoaga tezroq qoʻshilishga yordam berdi[10].

2019-2022-yil. Debyut mavsum va yutuq

tahrir

Martinelli Premier ligadagi debyutini 2019-yil 11-avgust kuni "Newcastle United" klubiga qarshi o‘yinda (1:0) o‘tkazdi va 84-daqiqada Henrikh Mkhitaryan o‘rniga maydonga tushdi[11]. 24-sentabr kuni EFL kubogida Chempionship vakili „Nottingham Forest“ klubi ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, klub safidagi ilk dublini qayd etdi. Uning oʻyini bosh murabbiy Unai Emery tomonidan maqtovga sazovor boʻldi. „U bizga yordam berishni xohlaydi, u juda kamtar, maydonda doim kurashadi. Men unga biroz sabr qilishini aytdim. U shunday qildi. U bunga loyiq edi“, deb taʼkidladi jamoa bosh murabbiyi[12].

Martinelli 4-oktabr kuni UEFA Yevropa Ligasi doirasida „Standart Liege“ klubiga qarshi oʻyinda (4:0) oʻzining ikkinchi dublini qayd etdi[13]. 24-oktabr kuni „Vitoria Guimaraes“ jamoasi ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozonilgan oʻyinda ham bosh bilan gol kiritishga muvaffaq boʻldi[14]. 30-oktabr kuni boʻlib oʻtgan Liga kubogining toʻrtinchi bosqichida Martinelli "Liverpul" klubi bilan oʻyinda (5:5) yana bir bor dubl qayd etdi va penaltilar seriyasida ham oʻzining urinishini aniq amalga oshirdi, biroq „Arsenal“ oʻsha oʻyinda magʻlub boʻldi[15]. Natijada, u Ian Wrightdan keyin klub safida dastlabki toʻrtta oʻyinda toʻrt bor gol kiritgan birinchi futbolchiga aylandi[16][17]. Martinellining oʻyini „Liverpul“ bosh murabbiyi Jurgen Klopp tomonidan maqtaldi. Klopp uni „asr isteʼdodi“ deb atab, u haqda quyidagi fikrlarini aytib oʻtdi[18]:

"U 18 yoshli ishtiyoqi kuchli o'yinchi. Juda ham jasur va raqiblariga ko'p muammolar keltiradi. Uning bu o'yini juda ham ajoyib va shiddatli".

Martinelli yorqin oʻyinlari sababli „Arsenal“ safida oktabr oyida „Oyning eng yaxshi futbolchisi“ mukofotiga sazovor boʻldi va umumiy ovozlarning 75 foizini olib, Matteo Guendouzi va Nicolas Pepeni ortda qoldirdi[19]. Freddie Ljungberg vaqtinchalik bosh murabbiy lavozimiga tayinlanganidan soʻng, Martinelli 9-dekabr kuni „West Ham United“ klubiga qarshi oʻyinda (3:1) Premier ligadagi birinchi oʻyinini oʻtkazdi. 2020-yilning 21-yanvarida, "Chelsi" klubiga qarshi o‘yinda (2:2) maydonda harakat qildi va gol urdi[20]. Keyinchalik bu gol klub muxlislari tomonidan „Arsenal“ning mavsumdagi eng chiroyli goli deb topildi[21].

3-iyul kuni klub bilan yangi toʻrt yillik shartnoma imzoladi[22]. Koʻp oʻtmay, 2020-yilning oxirigacha jarohati sabab safdan chiqdi[23]. 19-dekabr kuni "Everton" bilan safardagi oʻyinda (2:1) zaxiradan maydonga tushdi[24]. 2021-yil 9-yanvar kuni, Angliya kubogi doirasidagi "Newcastle United"ga qarshi oʻyinga tayyorgarlik chog‘ida to‘pig‘idan kichik jarohat oldi va uning o‘rnini Reiss Nelson egalladi[25]. 18-fevral kuni „Benfika“ jamoasiga qarshi oʻyinda (1:1) zaxiradan maydonga tushib, 13 daqiqa maydonda harakat qildi[26]. Oʻzining oʻsha mavsumdagi ilk golini 11-aprel kuni „Sheffield United“ga qarshi mehmondagi oʻyinda (3:0) kiritdi[27].

Martinelli oʻzining 2021-2022-yilgi mavsumdagi birinchi golini 27-noyabr kuni „Newcastle United“ darvozasiga kiritdi[28]. Uning bu goli yakunda klub tomonidan oʻtkazilgan „Mavsum goli“ boʻyicha rasmiy soʻrovnomada 3-oʻrinni egalladi[29].

18-dekabr kuni „Leeds United“ darvozasini ikki marta ishg‘ol qildi va bu uning Premier ligadagi dastlabki dubli boʻldi[30][31][32]. 2022-yilning 10-fevralida Martinelli "Bo‘rilar"ga qarshi o‘yinda to‘rt soniya ichida ikkita sariq kartochka olib, maydondan chetlatildi[33]. Bu uning faoliyatidagi ilk qizil kartochka boʻldi. Qizil kartochka baʼzi bahslarga sabab boʻldi. U oʻyinda Daniel Podenceni turtib yubordi va keyin Nélson Semedoga qarshi qoʻpollik ishlatdi[34].

2022-yilning 5-avgustida Martinelli „Crystal Palace“ jamoasiga qarshi oʻyinda (2:0) gol kiritib, Premier ligadagi ochilish golini kiritgan birinchi braziliyalik bo‘ldi[35][36][37].

Terma jamoadagi faoliyati

tahrir

Martinelli Braziliyada tugʻilgan[38]. U otasi asli italyan boʻlgani uchun Braziliya-Italiya fuqaroligiga ega[7]. 2019-yil 20-may kuni, Martinelli Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite tomonidan 2019-yilgi Amerika Kubogiga tayyorgarlik oʻyinlari uchun tarkibga chaqirildi[39]. 2019-yil noyabr oyida Ispaniyada boʻlib oʻtgan Birlashgan xalqaro futbol festivalida Braziliya U23 terma jamoasi safida ham maydonga tushdi[40].

2021-yilning 2-iyulida, Braziliya terma jamoasining 2020-yilgi Yozgi Olimpiada o‘yinlari uchun qaydnomasiga kiritildi[41]. 3-avgust kuni Braziliya terma jamoasining futbol boʻyicha Olimpiada oʻyinlari yarim finalida Meksikaga qarshi oʻyinida maydonda harakat qildi va uning jamoasi gʻalabaga erishdi. Natijada Braziliya finalda Ispaniyani ham magʻlub etib, oltin medal sohibiga aylandi[42].

2022-yil 11-mart kuni Chili va Boliviyaga qarshi 2022-yilgi Jahon chempionati saralash o‘yinlari uchun Braziliya terma jamoasining 25 nafar futbolchidan iborat tarkibiga kiritildi[43][44]. Martinelli Braziliyaning Chili ustidan 4:0 hisobidagi gʻalaba qozongan oʻyinida, Vinicius Junior oʻrniga maydonga tushib, terma jamoadagi debyutini oʻtkazdi[45][46].

2022-yil 7-noyabrda, Martinelli 2022-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati uchun terma jamoa qaydnomasiga kiritildi[47].

Oʻyin uslubi

tahrir

Martinelli golli vaziyat yaratish va gol urish uchun bir nechta raqiblarni ortda qoldirishga qodir[48][49][50]. Uning kumiri Cristiano Ronaldo hisoblanadi[51]. Uni koʻpincha Pep Guardiolaning Barselonasidagi Pedro Rodriguez bilan solishtirishadi. Texnik mahorati va tezligi juda kuchli[51].

Martinelli 2021-2022-yilgi mavsumda murabbiylar shtabi va oʻyinchilar bilan birga Amazon Original kompaniyasi tomonidan yaratilgan "All or Nothing: Arsenal" nomli hujjatli filmida ishtirok etdi[52][53].

Faoliyatdagi statistikasi

tahrir
2023-yilning 3-yanvarigacha bo'lgan o'yinlar
Klub safidagi oʻyinlar, gollar, mavsumlar va musobaqalar
Klub Mavsum Liga Mintaqaviy liga Milliy kubok Liga kubogi Mintaqaviy Boshqa Jami
Divizyon Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Ituano 2018[54] Paulista 3 0 17[lower-alpha 1] 4 20 4
2019 Série D 0 0 14 6 14 6
Jami 0 0 17 6 17 4 34 10
Arsenal 2019-2020[55] Premier League 14 3 3 0 2 4 7[izoh 1] 3 26 10
2020-2021[56] Premier League 14 2 1 0 1 0 6[izoh 1] 0 0 0 22 2
2021-2022[57] Premier League 29 6 1 0 6 0 36 6
2022-2023[58] Premier League 17 7 0 0 1 0 5[izoh 1] 0 23 7
Jami 74 18 5 0 10 4 18 3 0 0 107 25
Arsenal U21 2020-2021[56] 1[lower-alpha 2] 0 1 0
Umumiy koʻrsatkich 74 18 17 6 5 0 10 4 18 3 18 4 142 35

Terma jamoa safida

tahrir
2022-yilning 5-dekabrigacha bo'lgan o'yinlar[59]
Terma jamoa safidagi oʻyinlar va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Braziliya 2022 6 0
Jami 6 0

Yutuqlari

tahrir

Arsenal

Braziliya U23

Shaxsiy

  • Campeonato Paulista turnirida „Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi“: 2019[62]
  • Campeonato Paulista turniri ramziy jamoasiga kiritilgan: 2019[63]

Eslatmalar

tahrir
  1. Appearances in Copa Paulista
  2. Appearance in EFL Trophy

Manbalar

tahrir
  1. „Ele fez mais de 200 gols na base do Corinthians, foi para o Ituano e agora é testado no United“ (pt-BR). ESPN Brasil (2017-yil 28-iyul). 2019-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-fevral.
  2. „Quem é Martinelli? Artilheiro da Copinha trocou o Corinthians pelo Ituano e é monitorado pelo Barça“ (pt-BR). Globo Esporte (2019-yil 11-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 4-fevral.
  3. „Promessa do Galo, Gabriel Martinelli assina até 2022“ (pt-BR). Jornal Periscópio (2017-yil 4-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 4-fevral.
  4. „Gabriel Martinelli é o atleta mais jovem a estrear no Ituano“ (pt-BR). Ituano FC (2018-yil 20-mart). 2019-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-fevral.
  5. „Taboão da Serra 1 × 4 Ituano – Com início avassalador, Galo vence e assume liderança“ (pt-BR). Futebol Interior (2014-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 4-fevral.
  6. „Gabriel Martinelli to join club“. Arsenal F.C. (2019-yil 2-iyul).
  7. 7,0 7,1 „Gabriel Martinelli does not rule out he could play for Italy“. Tribuna.com. 2020-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-yanvar.
  8. Rosser. „Arsenal confirm pre-season tour squad with Koscielny missing“ (en). Evening Standard (2019-yil 11-iyul). Qaraldi: 2022-yil 21-iyun.
  9. „Gabriel Martinelli scores as youthful Arsenal team open US tour with win“. BBC Sport (2019-yil 16-iyul).
  10. Watts, Charles, Arsenal transfer talk - Released list confirmed, Nketiah's contract, Marquinhos imminent and Lopez (inglizcha), qaraldi: 21 June 2022
  11. Chowdhury. „Newcastle 0–1 Arsenal: Pierre-Emerick Aubameyang strike seals win“. BBC Sport (2019-yil 11-avgust).
  12. „Arsenal 5–0 Nottingham Forest: Unai Emery praises Gabriel Martinelli after League Cup brace“. BBC Sport (2019-yil 24-sentyabr).
  13. Sanders. „Arsenal 4–0 Standard Liege: Gabriel Martinelli impresses in ruthless win“. BBC Sport. Qaraldi: 2019-yil 4-oktyabr.
  14. Sanders. „Substitute Nicolas Pepe rescued Arsenal with two sublime free-kicks in the last 10 minutes of their Europa League group game against Vitoria Guimaraes at Emirates Stadium“. BBC Sport (2019-yil 24-oktyabr).
  15. Sanders. „Liverpool beat Arsenal on penalties to secure their place in the quarter-finals of the Carabao Cup after 10 goals were scored in a thrilling contest at Anfield“. BBC Sport (2019-yil 30-oktyabr).
  16. Dawnay. „Gabriel Martinelli: Incredible stat emerges as Arsenal teenager nets seventh goal for Gunners against Liverpool“. Talk Sport (2019-yil 30-oktyabr).
  17. Olley. „Liverpool 5-5 Arsenal: Four things we learned as Mesut Ozil and Gabriel Martinelli impress“. The Standard (2019-yil 30-oktyabr).
  18. „Jurgen Klopp waxes lyrical about Gabriel Martinelli: 'He came from wherever and is really unbelievable!'“. Tribuna.com. 2020-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-dekabr.
  19. „Martinelli is our October Player of the Month“. Arsenal F.C. (2019-yil 8-noyabr).
  20. Johnston. „Arsenal showed the "togetherness and leadership" that Mikel Arteta is demanding as they overcame David Luiz's red card to twice fight back and share the spoils in an eventful London derby“. BBC Sport (2020-yil 22-yanvar).
  21. „Martinelli wins 2019/20 Goal of the Season“. Arsenal F.C. (2020-yil 18-avgust).
  22. Benge. „James Benge on Twitter: "Gabriel Martinelli's contract is a four year deal with a club option to extend it".“. Twitter (2020-yil 3-iyul).
  23. „Martinelli signs new long-term contract“. Arsenal F.C. (2020-yil 3-iyul).
  24. McNulty. „Eighth Premier League defeat for Gunners this season“. BBC Sport (2020-yil 19-dekabr).
  25. „Mikel Arteta has revealed Gabriel Martinelli was 'in tears' after sustaining a worrying injury in the warm-up ahead of Arsenal's FA Cup tie on Saturday“. Talk Sport. Qaraldi: 2020-yil 10-yanvar.
  26. Dawkes. „Bukayo Saka warned his Arsenal team-mates that they cannot put a foot wrong when they face Benfica in the second leg of their Europa League last-32 tie after his goal earned them a draw in the first game in Rome“. BBC Sport (2021-yil 18-fevral).
  27. „Gabriel Martinelli scored in his first start since January as Arsenal ended a run of four games without a win with victory over the Premier League's bottom club Sheffield United“. BBC Sport (2021-yil 11-aprel).
  28. Begley. „Arsenal eventually broke Newcastle United down to leave Eddie Howe's side bottom of the Premier League without a win“. BBC Sport (2021-yil 27-noyabr).
  29. „🏆 2021/22 Goal of the Season: The winner is…“ (en). 🏆 2021/22 Goal of the Season: The winner is…. Qaraldi: 2022-yil 18-iyun.
  30. Mallows. „Two goals from Gabriel Martinelli helped Arsenal sweep past an injury-hit Leeds at Elland Road“. BBC Sport (2021-yil 18-dekabr).
  31. James. „Match report: Leeds 1-4 Arsenal“. Arsenal F.C. (2021-yil 18-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 23-dekabr.
  32. James. „Analysis: Our 7,000 top-flight goals“. Arsenal F.C. (2021-yil 20-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 23-dekabr.
  33. „Martinelli sent off“. Daily Express (2022-yil 11-fevral).
  34. „Rio Ferdinand didn't hold back when asked for his opinion on Martinelli's crazy red card v Wolves“ (en-GB). GiveMeSport (2022-yil 10-fevral). Qaraldi: 2022-yil 15-aprel.
  35. „Martinelli makes history with opening goal“. Premier League (2022-yil 5-avgust). Qaraldi: 2022-yil 6-avgust.
  36. „Friday review: Arsenal open with a hard-fought win“. Premier League (2022-yil 5-avgust). Qaraldi: 2022-yil 6-avgust.
  37. James. „Three things we noticed against Palace“. Arsenal F.C. (2022-yil 5-avgust). Qaraldi: 2022-yil 6-avgust.
  38. Brown. „5 Things To Know About New Arsenal Attacker Gabriel Martinelli“. Forbes.
  39. „Martinelli, do Ituano, é chamado por Tite para treinos da Seleção na Copa América“ (pt-BR). Globo Esporte (2019-yil 20-may). Qaraldi: 2019-yil 4-iyun.
  40. „Seleção Brasileira Olímpica definida para encarar os EUA na Espanha“ (pt-BR). Brazilian Football Confederation (2019-yil 14-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 14-noyabr.
  41. „Com mudanças, Jardine anuncia os 22 convocados para defender o Brasil nas Olimpíadas de Tóquio“. Globo Esporte (2021-yil 2-iyul). Qaraldi: 2021-yil 2-iyul.
  42. „Brazil defended their Olympic men's football title following a dramatic extra-time victory over Spain“. BBC Sport. Qaraldi: 2021-yil 8-avgust.
  43. Greg Lea Contributions from Conor Pope. „Brazil World Cup 2022 squad: Tite names his final qualification squad“ (en). fourfourtwo.com (2022-yil 24-mart). Qaraldi: 2022-yil 28-mart.
  44. „Arsenal star Martinelli receives first Brazil call-up as Neymar returns for upcoming 2022 World Cup qualifiers | Goal.com“. www.goal.com. Qaraldi: 2022-yil 28-mart.
  45. „Internationals: Pepe, Tierney and Odegaard score“ (en). www.arsenal.com. Qaraldi: 2022-yil 28-mart.
  46. „Brazil vs. Chile - Football Match Summary - March 24, 2022 - ESPN“ (en). ESPN.com. Qaraldi: 2022-yil 28-mart.
  47. „Seleção Brasileira está convocada para a Copa do Mundo FIFA Qatar 2022“ (pt). CBF (2022-yil 7-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 7-noyabr.
  48. „Martinelli's 'all-round game exceptional' - Arsenal boss Arteta“ (en-GB). BBC Sport. Qaraldi: 2022-yil 1-iyul.
  49. pmanalytics. „Gabriel Martinelli – Player Analysis“ (en). PM Analytics (2020-yil 5-avgust). Qaraldi: 2022-yil 1-iyul.
  50. Bil. „Gabriel Martinelli: A spark of hope for Arsenal“ (en-GB). Total Football Analysis Magazine. Qaraldi: 2022-yil 1-iyul.
  51. 51,0 51,1 Cox, Michael. „Gabriel Martinelli might be the Premier League’s pivotal player of 2023“. The Athletic (2022-yil 31-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 1-yanvar.
  52. „Full 'All Or Nothing' trailer released“. Arsenal F.C. (2022-yil 19-iyul). Qaraldi: 2022-yil 21-iyul.
  53. All or Nothing: Arsenal Andoza:Pipe Official Full Trailer 🎬. Amazon Prime Video Sport.
  54. Martinelli Soccerway saytida. Qaralgan sana: 4 February 2019.
  55. „Games played by Gabriel Martinelli in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2019-yil 4-oktyabr.
  56. 56,0 56,1 „Games played by Gabriel Martinelli in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2020-yil 10-dekabr.
  57. „Games played by Gabriel Martinelli in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2021-yil 13-avgust.
  58. „Games played by Gabriel Martinelli in 2022/2023“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2020-yil 10-dekabr.
  59. „Gabriel Martinelli“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2022-yil 30-mart.
  60. „Arsenal's FULL FA Cup 19/20 trophy lift! - FA Cup 19/20 Moments“. YouTube. beIN Sport (2020-yil 1-avgust). Qaraldi: 2023-yil 2-yanvar.
  61. „Men's Olympic Football Tournament Tokyo 2020“. FIFA. FIFA. Qaraldi: 2022-yil 12-iyun.
  62. „Corinthians, Jean Mota e Martinelli dominam premiação do campeonato“ (pt-BR). Federação Paulista de Futebol (2019-yil 22-aprel). Qaraldi: 2019-yil 23-aprel.
  63. „Corinthians e Santos dominam lista de melhores do Paulistão; veja seleção do campeonato“ (pt-br). ge. Qaraldi: 2022-yil 23-fevral.

Havolalar

tahrir
  • Arsenal FC veb-saytidagi profil
  • Premer-liga veb-saytidagi profil
  • Gabriel Martinelli


Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "izoh", but no corresponding <references group="izoh"/> tag was found