Gagra (gruzincha: გაგრა) — Gruziyaning Abxaziya Respublikasidagi shahar. Qora dengiz boʻyidagi port. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 26,6 ming kishi (1990-yillar urtalari). Dengiz boʻyi iqlimiy va balneologik kurort. Yozi issiq (avg .ning oʻrtacha temperaturasi 23°), qishi yumshoq (yanv.ning Urtacha temperaturasi 6°), yiliga 1400 mm gacha yogʻin tushadi. Aerogeliotalassoterapiya va vodorod sulfidli suv bilan davolash yoʻlga qoʻyilgan. Nafas yoʻllari, qon aylanish organlari, nerv sistemasi davolanadi. Sanatoriylar, dam olish uylari, pansionatlar, turbaza bor. May oyidan okt.gacha dengizda chumilish mumkin. Oziq-ovqat sanoati korxonalari (goʻsht kombinati, sut, vino, baliq zavodlari) va kurortga xizmat qiluvchi korxonalar bor.[1]

Gagra

gruzincha: გაგრა
Shahar
43°19′30″N 40°15′00″E / 43.32500°N 40.25000°E / 43.32500; 40.25000 G OKoordinatalari: 43°19′30″N 40°15′00″E / 43.32500°N 40.25000°E / 43.32500; 40.25000 G O
Mamlakat Gruziya
Viloyat Abxaziya
Munisipalitet Gagra munisipaliteti
Aholisi
 (2020)
11 959
Vaqt mintaqasi UTC+3
Gagra xaritada
Gagra
Gagra

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar tahrir