Garena Free Fire
Garena Free Fire (shuningdek, Free Fire Battlegrounds va Free Fire nomi bilan ham tanilgan) — Bu 111dots Studio tomonidan ishlab chiqilgan va Garena tomonidan 2017-yilda Android va iOS platformalari uchun nashr etilgan mobil multiplayer onlayn battle royall janridagi oʻyin bolib. Ushbu janrdagi eng mashhur mobil oʻyinlardan biridir.
Free Fire | |
---|---|
Ishlab chiqaruvchi | 111dots Studio |
Nashir etuvchi | Garena |
Chiqarilgan sana | 2017-yil 4-dekabr |
Janr | Action, Battle Royall |
Platformalar |
iOS Android |
Yuritkich | Unity |
Versiya |
Android: 1.92.1 (2022-yil 15-iyul) iOS: 1.92.1 (2022-yil 20-iyul) |
Tizim talablari |
Android
iOS
|
Boshqaruv | Sensorli ekran |
Oʻyin jarayoni
tahrirFree Fire — Bu 50 ga yaqin oʻyinchi „battle royall“ rejimida kurashadigan, yaʼni oxirgi omon qolish huquqi uchun oʻzaro kurashadigan oʻyin. Free Firening battle royll janridagi boshqa oʻyinlardan asosiy personajni rivojlantirish tizimi va ularning mahorati[1].
Oʻyinchi oʻyinga qanday kirishni tanlashi mumkin: yolgʻiz, juftlik, uch yoki toʻrt kishilik tarkibda[2][3]. Oʻyin boshida, oʻyinchi tomonidan boshqariladigan personaj, hech qanday jangovar uskunalarsiz, xarita ustida uchayotgan samolyot bortida boʻladi. Bunday holda, parvoz yoʻnalishi tasodifiy tanlanadi. Qoʻngandan soʻng, oʻyinchilar omon qolish va boshqa oʻyinchilarni magʻlub etishga yordam beradigan qurol va uskunalarni qidirib, binolarni tekshirishlari mumkin. Janrning boshqa oʻyinlarida boʻlgani kabi, oʻldirilgan oʻyinchilar oʻz uskunalarini oʻlgan joyida qoldiradilar[2][3].
Har bir necha daqiqada xaritaning oʻynash mumkin boʻlgan maydoni tasodifiy joyda qisqaradi, bu xavfsiz zonadan tashqaridagi har qanday oʻyinchiga zarar yetkazadi, agar xavfsiz zonaga oʻz-vaqtida yetib boʻrmasa oʻyinchi oʻladi va oʻyin tugaydi. Shuningdek, oʻyin davomida xaritaning tasodifiy joylarida qizil zona paydo boʻladi, u bombardimon qilinadi, bu esa ushbu hududdagi oʻyinchilar uchun xavf tugʻdiradi. Oʻrtacha toʻliq oʻyin 10 daqiqadan koʻp davom etmaydi[2][3].
Ishlab chiqish
tahrirOʻyin Vetnam kompaniyasi 111dots Studio tomonidan ishlab chiqilgan[2] va loyihaga Singapurda joylashgan Shopee[en] va Garena[4] elektron tijorat platformasi asoschisi Forrest Li hisoblanadi. Free Fire Battle royal janrini ommalashtirgan PlayerUnknownʼs Battlegrounds oʻyiniga asoslanib ishlab chiqilgan[2]. 2017-yil 3-noyabrda Android platformasida oʻyinning yopiq beta-sinovi Tailand, Vetnam, Singapur, Malayziya, Indoneziya va Filippinda boʻlib oʻtgan [5]. 2017-yil 4-dekabrda oʻyinning toʻliq relizi boʻlib oʻtgan[6].
2020-yilda Garena Free Fire Max[7] deb nomlangan Free Firening takomillashtirilgan versiyasi ustida ishlayotgani xaqida xabar qiladi va 2021-yil aprel oyida yaqin sharq va janubiy Afrika mamlakatlari uchun Free Fire Max dasturiga oldindan roʻyxatdan oʻtish ochiladi. Uning chiqarilishi oʻsha yilning 9 iyuniga belgilanadi[8].
Tanqid
tahrirGamePrime sharhlovchisi Muhammad Bilol Sharir byudjetli telefonlarda grafikaning afzalligini taʼkidladi, shuningdek, „Agar sizga yaxshi grafikali oʻyinlar yoqsa, biz Free Fire Battlegrounds oʻynashni tavsiya etmaymiz. Ammo agar siz battle royale oʻyinlarini yoqtirsangiz va doʻstlaringiz bilan dam olishni istasangiz, albatta oʻynashingiz kerak“[9]
Yutuqlar
tahrirGarena Free Fire — bu PUBG Mobile, Fortnite va Call of Duty: Mobile- dan keyingi eng mashhur mobil battle royall oʻyinlaridan biri boʻldi. Free Fire 2018-yilning to‘rtinchi choragida Google Play’da va App Store doʻkonlarida eng ko‘p yuklab olingan to‘rtinchi o‘yin [10][11] bo‘ldi. 2018 va 2020-yillarda Free Fire toʻrtinchi va uchinchi oʻrinlarni egallab eng koʻp yuklab olingan mobil oʻyinlar 10 taligiga kirdi[12][13][14][15]. 2019-yilda oʻyin Googlening „Best Breakthrough Game“[16] mukofotiga sazovor boʻlib, eng koʻp yuklab olingan mobil oʻyin[17][1] boʻlib, 1-milliard dollardan ortiq daromad keltirdi[18]. 2020-yil oktabr oyida Free Fire mobil o‘yinlar orasida eng ko‘p o‘yinchilar soni bo‘yicha ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi[19]. 2020-yil dekabr oyida oʻtgan yildagi yutugʻini takrorlab[20] oʻyin YouTubeʼda eng koʻp koʻrilgan oʻyinlar 5 taligiga kirdi[21] va oʻsha yilning noyabr oyida mobil qurilmalarda eng koʻp daromad keltiruvchi oʻyinga aylandi[22]. 2020-yil dekabr holatiga ko‘ra, Free Fire Google Play’da 500 milliondan ortiq yuklab olingan[23].
ESPORTS
tahrir16-noyabr kuni Rio-de-Janeyrodapubg haram jamg‘armasi 400 000 $ tashkil qiluvchi Free Fire World Series 2019 Rio musobaqasi bo‘lib o‘tdi[24].
2020-yilning 1-fevral kuni Sovrin jamg‘armasi 1 200 000 rublni tashkil etgan Rossiya Free Fire ligasi turnirining ochilishi bo‘lib o‘tdi[25].
2020-yil 3-iyul kuni Garena ikkita ochiq saralash, ikkita saralash finali, yopiq saralash, ikkita asosiy bosqich va liganing grand finalini oʻz ichiga olgan Free Fire Pro League MDH (FFPL MDH) yangi ligasini eʼlon qildi. Liganing umumiy mukofot jamgʻarmasi 30 000 $[26] tashkil qiladi.
2020-yil avgust oyida oʻsha yilning 21-noyabrida boʻlib oʻtgan Free Fire Continental Series (FFCS) xalqaro turniri eʼlon qilindi. Turnir uchta musobaqani oʻz ichiga oldi: Free Fire America Series (Shimoliy va Janubiy Amerika oʻyinchilari oʻrtasida); Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Tayvan, Tailand va Vetnam oʻyinchilari ishtirokidagi Free Fire Asia seriyasi va Free Fire EMEA Series, bu yerda Yevropa, MDH, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika[27][28] oʻyinchilari raqobatlashdi.
2021-yil mart oyida Singapurda 2021-yil may oyida boʻlib oʻtgan „Free Fire World Series 2021“ eSPORTS turniri 2 000 000 $ mukofot puli bilan eʼlon qilindi. Pocket Gamer veb-saytiga koʻra, global pandemiya tufayli turnir sanalari oʻzgartirilgan[29].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Bald, Cameron. „Garena Free Fire exclusive interview: What does the future hold for 2019’s most downloaded mobile game?“ (en). Pocket Gamer (2019-yil 31-dekabr). 2020-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-iyul.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 „Free Fire — Thêm một PlayerUnknown's Battlegrounds «made in Vietnam» nữa trên mobile“ (vi). gamek.vn (2017-yil 28-sentyabr). 2017-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-iyul.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „Garena Free Fire Game Review“ (en). MMOs (2019-yil 8-fevral). 2019-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-avgust.
- ↑ Tripathi, Yash. „Is Free Fire a Chinese App? Know about its origin country and other details“ (en). Republic World (2020-yil 1-iyul). 2022-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-avgust.
- ↑ „Closed beta has now started!“ (en). ff.garena.com (3 ноября 2017). 2020-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-iyul.
- ↑ „Garena Announces Free Fire Battlegrounds; PUBG-like Battle Royale for Mobile“ (en). pokde.net. 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-iyul.
- ↑ Bald, Cameron. „Garena to release Free Fire Max, an enhanced version of its hit battle royale game“ (en). Pocket Gamer. 2020-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-iyul.
- ↑ Kayleigh Partleton. „Garena opens pre-registrations for Free Fire Max for MENA users“ (en). Pocket Gamer (2021-yil 26-aprel). 2021-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-may.
- ↑ Syahrir, Muhammad Bilal „Free Fire Battlegrounds Review: Garena's Fun and Engaging Battle Royale Mobil and Game“ (en) (2018-yil 20-fevral). 2018-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-iyul.
- ↑ „The Top Mobile Apps, Games, and Publishers of 2018: Sensor Tower's Data Digest“ (en). Sensor Tower. 2021-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-iyul.
- ↑ „The State of Mobile 2019“ (en). App Annie (2018-yil 1-dekabr). 2021-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-iyul.
- ↑ „Q4 and Full Year 2018: Store Intelligence Dat Digest“ (en). Sensor Tower (2019-yil 16-yanvar). 2019-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-iyul.
- ↑ „Battle Royale Title «Free Fire» from Garena Nets Its First 200 Million on iOS“ (en). Sensor Tower (2018-yil 3-dekabr). 2020-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-iyul.
- ↑ „Garena Free Fire — Winterlands — Revenue & Download estimates — Google Play Store — US“ (en). Sensor Tower. 2021-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-iyul.
- ↑ „Among Us стала самой скачиваемой мобильной игрой года“ (ru). Cybersport (2021-yil 10-yanvar). 2021-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-yanvar.
- ↑ „2019 Google Play Award Winners“ (en). Google Play. 2020-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-avgust.
- ↑ Wasif, Ahmed. „Free Fire beats PUBG Mobile to become the most downloaded mobile game of 2019“ (en). Dot Esports (2019-yil 17-dekabr). 2020-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-iyul.
- ↑ Jordan, Jon. „Garena’s battle royale game Free Fire surpasses 26 billion of lifetime revenue“ (en). Pocket Gamer (2019-yil 19-noyabr). 2021-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-iyul.
- ↑ „Мобильная версия Among Us почти догнала Pokémon GO по пиковому числу игроков“ (ru). Cybersport (2020-yil 24-oktyabr). 2022-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-dekabr.
- ↑ Spangler, Todd „YouTube Reveals 2019 Top-Trending Videos, Most-Viewed Music Videos“ (en). Variety (2019-yil 5-dekabr). 2020-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-sentyabr.
- ↑ „Названы самые популярные игры на YouTube в 2020 году“ (ru). Cybersport. 2020-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-dekabr.
- ↑ SuperData Staff. „November 2020 worldwide digital games market“ (en). SuperData. Nielsen Media Research (2020-yil 18-dekabr). 2020-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-dekabr.
- ↑ Arora, Karan. „Tips and Tricks: How to collect wins in Garena Free Fire“ (en). The Indian Express (2020-yil 10-aprel). 2020-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-iyul.
- ↑ Висмут, Анастасия. „Команда из Чечни стала второй на чемпионате мира по мобильной «королевской битве» — мы поговорили с её капитаном“ (ru). www.cybersport.ru (2019-yil 19-noyabr). 2022-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-iyul.
- ↑ Zhangazin, Askar. „Garena анонсирует первый сезон новой про-лиги Free Fire в странах СНГ“ (ru). prosports.kz. 2020-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-iyul.
- ↑ „Garena проведёт первый сезон Pro League по мобильной «королевской битве» Free Fire в СНГ“ (ru). www.cybersport.ru (2020-yil 6-iyul). 2022-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-iyul.
- ↑ Camila Negreira. „Garena introduces Free Fire Continental Series 2020“ (en). Dot Esports (2020-yil 14-avgust). 2020-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-dekabr.
- ↑ Bodhisatwa Ray. „Free Fire Continental Series kicks off this weekend“ (en). TechRadar. 2020-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-dekabr.
- ↑ Suchit Mohanty. „Free Fire has announced an official tournament, Free Fire World Series Singapore, which will take place in May 2021“ (en). Pocket Gamer (2021-yil 19-mart). 2021-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-may.