GavayiTinch okeandagi Gavayi arxipelagidagi eng yirik orol. Mayd. 10,4 ming km2. Birlashib ketgan bazalt qalqonli beshta vulkan: Mauna-Kea (4205 m), Mauna-Loa (4170 m), Xuala-Lai (2521 m), Koxala (1678 m) va Kilauea (1247 m) dan iborat. Mauna-Loa va Kilauea — harakatdagi vulkanlar. Iqlimi tropik dengiz iqpimi, shim.-sharqiy yon bagʻirlari juda sernam (yiliga 3600 mm yogʻin yogʻadi). Togʻ yon bagʻirlari ananas, shakarqamish va b. tropik oʻsimliklar plantatsiyalari bilan band. Eng yirik shahri — Xilo. G.da milliy park va vulkanologiya rasadxonasi bor.

Gavayi (yarim orol)
Island of Hawai'i - Landsat mosaic.jpg
Geografiya
maydoni 10 434 km2
Eng baland balandlik 4205 m.
eng baland nuqtasi Mauna Kea
Administrasiya
davlat AQSh
Mintaqa Hawaii County
Demografiya
aholisi 198 449
Qo'shimcha ma'lumot

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil