Mahmut Gazi Yashargil (1925-yil 6-iyul Diyarbakirda tugʻilgan), turk olimi va shifokori. U miya va neyroxirurgiya boʻyicha mutaxasis. U miya jarrohligida mikroskoplardan (mikrojarrohlik) foydalanishni tatbiq etish va ommalashtirishga qoʻshgan hissasi bilan mashhur. 1999 yilda Amerika Neyro jarrohlar Kongressida Neyroxirurgiya jurnali tomonidan " 1950-2000-yillarda asrning neyroxirurgi " unvoni berildi va Yevropa Neyro jarrohlar assotsiatsiyasining Faxriy medali bilan taqdirlandi[1].

Mahmud Gazi Yashargil
Tavalludi 1925-yil 6-iyul
Lice Diyarbakir Turkiya
Fuqaroligi Turkiya
Kasbi Neyrojarroh
Institutlar Vermont Universiteti
Zurich Universiteti
Arkansas Tibbiyot Fanlari Universiteti
Istanbul Universiteti

Hayoti

tahrir

Gazi Yashargil 1925-yil 6-iyulda Diyarbakirning Lice tumanida tugʻilgan. U tugʻilgan yili oilasi bilan Anqaraga koʻchib oʻtdi va umrining dastlabki 18 yilini Anqarada oʻtkazdi.

Uning taʼlim va akademik faoliyati

tahrir

Oʻrta taʼlimni 1943 yilda Anqara Otaturk litseysida tamomlab, Anqara universiteti tibbiyot fakultetida oʻqishni boshladi. Ularning qoʻshnisi va oilaviy doʻsti, nevrologiya professori Yusuf Shukru Saribosh unga tibbiyotda oʻqishiga yordam bergan[2]. 1944 yildan boshlab ikki semestr Germaniyaning Fridrix Shiller universitetida tibbiy taʼlimni davom ettirdi. Keyin esa oʻn semestr Bazel universitetida oʻqidi va 1949-yilning kuzida universitetning tibbiyot fakultetini tamomladi. Keyingi 1950-1953-yillarda nevrologiya – psixiatriya , ichki kasalliklar va umumiy jarrohlik boʻyicha assistent boʻlib ishladi. 1953 yil yanvardan u Tsyurix universitetida oʻz mutaxassisligi boʻyicha ishlay boshladi.

Tsyurix universitetining neyroxirurgiya klinikasida ishlagan 12 yil davomida (1953-1965) miya va orbital angiografiyaga eʼtibor qaratdi va koʻplab bemorlarga angiografiya qildi. 1957-1965 yillar oraligʻida u Parkinson kasalligi va boshqa harakat buzilishlarini davolash uchun stereotaktik texnikadan foydalangan holda jarrohlik operatsiyalarini oʻtkazdi.

1965-1966-yillarda u AQSHning Vermont universiteti hayvonlar laboratoriyasida mikrovaskulyar jarrohlik (mikroskop yordamida bajariladigan qon tomir jarrohligi)ni oʻrgangan va bu usulni miyaga tatbiq etgan.

U 1967-yilda Tsyurixga qaytib keldi va Tsyurix klinikasidagi barcha miya va orqa miya jarrohligida mikrovaskulyar jarrohlik texnikasidan foydalana boshladi. Shunday qilib, zamonaviy neyroxirurgiyada yangi davr boshlandi. Tsyurixda tashkil etilgan mikroxirurgiya laboratoriyasi 1968-1993 yillarda butun dunyodan kelgan neyroxirurglarni tayyorlash markaziga aylandi. Yashargil bu davrda mikroneyroxirurgiya boʻyicha sakkizta kitob chop ettirdi. 1993 yil yanvar oyida u Tsyurix universitetining neyroxirurgiya klinikasi boshligʻi lavozimidan nafaqaga chiqdi.

Rejissyor Atil Inanch tomonidan Gazi Yashargilning oʻz hikoyasiga asoslangan " Miya ustasi, Gazi Yashargil " nomli hujjatli film 2021 yilning may oyida AQShda namoyish etilgan[3].

Yutuqlar

tahrir
  • Professor Yashargil nomi bilan Oksford-Angliya, Little Rock-AQSh va Pekin-Xitoyda mikrojarrohlik laboratoriyalari tashkil etilgan.
  • Turkiya Neyroxirurgiya Jamiyatida yillik „Yashargil“ maʼruzalari" oʻqiladi.
  • Turkiyaning Diyarbakir shahridagi oʻquv va tadqiqot shifoxonasiga uning nomi berildi.
  • Istanbulning Boshakshehir shahridagi koʻchaga uning nomi berilgan[4].
  • Istanbulning Gaziosmanpaşa shahrida uning nomi bilan atalgan oʻrta taʼlim muassasasi mavjud.
  • 2020-yilda uning 95 yilligi ilmiy tadbir bilan nishonlandi va butun dunyodan 10 mingga yaqin odam tashrif buyurdi va bu bilan rekord koʻrsatkichga erishildi. " Mikroneyroxirurgiya – oʻtmish, hozir va kelajak " mavzusidagi xalqaro „vebinar“da professor Yashargil yana bir bor oʻzining professional bilim va tajribasini butun dunyo boʻylab kelgan neyroxirurglar bilan oʻrtoqlashdi[5].

Manbalar

tahrir
  1. „Gazi Yaşargil: Neurosurgery's man of the century“. Qaraldi: 2021-yil 19-aprel.
  2. Ak İkinc, Özlem „Yüzyılın Beyin Cerrahı Gazi Yaşargil: “Beyne Çok Hürmetli Olmak Gerek”“. Qaraldi: 2015-yil may.
  3. „Master of Brains, Gazi Yasargil“. Qaraldi: 2021-yil 19-avgust.
  4. „Gazi Yaşargil Caddesi“. 2021-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-avgust.
  5. „Prof. Dr. Gazi Yaşargil 95 Yaşını 10 bin Cerrahla Kutladı“. Qaraldi: 2021-yil 20-avgust.