Gennadiy Petrovich Skripnik (1962-yil 30-avgust) — sovet, rus va oʻzbek futbolchisi, himoyachi va yarimhimoyachi sifatida oʻynagan.

Skripnik Gennadiy Petrovich
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Gennadiy Petrovich Skripnik
Tavallud sanasi 30-avgust 1962-yil (1962-08-30) (61 yosh)
Tavallud joyi SSSR
Boʻyi 182 cm (5 ft 11 12 in)
Ampluasi Himoyachi, Yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1985 Sovet Ittifoqi Spartak (Jitomir) 32 (2)
1987—1990 Sovet Ittifoqi Kosonsoychi 145 (27)
1991 Sovet Ittifoqi Navbahor 34 (3)
1992 Rossiya Dinamo (Stavrapol) 10 (1)
1992 Rossiya Spartak (Anapa) 5 (0)
1992—1994 Oʻzbekiston Navbahor 39 (7)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klubdagi faoliyati tahrir

Gennadiy  Skripnik oʻzining professional faoliyatini 1985-yilda boshlagan. Dastlab  „Spartak“ (Jitomir) safida ikkinchi ittifoq ligasida toʻp surgan. Oʻsha mavsumda klub safida 35 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan. 1987-yilda „Kosonsoychi“ safiga qoʻshilib,  jamoada 4 mavsum davomida toʻp surgan. 1991-yilda „Navbahor“ klubida oʻynagan. SSSR parchalanganidan soʻng, Rossiyaga koʻchib oʻtib u yerda Stavropolning „Dinamo“ klubi sharafini himoya qilgan. Klub tarkibidagi debyut uchrashuvini 1992-yil 29-martda 1-turda oʻz uyida Moskvaning „Dinamo“siga qarshi oʻtkazgan. Ayni shu mavsumda futbolchi Anapaning „Spartak“ jamoasi tarkibiga kelib qoʻshilgan. Faoliyatini „Navbahor“ klubida yakunlagan[1].

Yutuqlari tahrir

Navbahor tarkibida

  • 1992 — Oʻzbekiston Kubogi sohibi.
  • 1993, 1994 — Oʻzbekiston oliy ligasi bronza medal sohibi.
  • 1993 — Oʻzbekiston kubogi sohibi.

Manbalar tahrir