Geologiya fanlari universiteti
Geologiya fanlari universiteti — bu geologiya sohasida malakali kadrlar tayyorlash uchun respublikaning togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, togʻ-kon sanoati korxonalari va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradigan ixtisoslashtirilgan oliy oʻquv yurti va ilmiy-tadqiqot muassasasi[1].
Universitet logotipi | |
Xalqaro nomi |
University of Geological Sciences |
---|---|
Turi | Universitet |
Asos solingan sanasi | 2020-yil |
Rektori | Isoqov Maqsud Uzoqovich |
Fakultetlar | 2 |
Talabalari | 1 700 dan ortiq[1] |
Bakalavriat | 4 yil |
Magistratura | 2 yil |
Manzili |
Toshkent sh., Mirzo Ulugʻbek tumani, Olimlar koʻchasi, 64-uy |
Veb-sayti | https://uzgeouniver.uz/ |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi №PQ-4740-sonli[2] qaroriga muvofiq quyidagi maqsadlarda tashkil etilgan:
- Geologiya sohasi mutaxassislarini tayyorlash qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimining zamonaviy talablariga moslashtirish geologiya sohasida taʼlim, fan va amaliyotning organik aloqasini kerakli darajada taʼminlash.
- Yer haqidagi fanlarni, xususan ularning fundamental yoʻnalishlarini amaliyot bilan haqiqiy integratsiyasi uchun sharoit yaratish.
- Tabiiy fanlar bilim sohasidagi ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishning aniq mezonlari va samarali mexanizmlarini joriy etish kadrlar tayyorlash tizimida moddiy ragʻbatlantirish mexanizmlarini yaratish bilan vijdonan va yuqori malakali ishchilarni oliy oʻquv yurtlariga jalb qilish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat gealogiya va mineral resurslar qoʻmitasi tizimidagi GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida 02.03.2022 yildagi PQ-154-sonli qarori.
Tarixi
tahrirOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi №PQ-4740-sonli qaroriga binoan tashkil topgan[2][1]. 2021-yil yanvar oyida Toshkent shahridagi Olimlar shaharchasida joylashgan universitet kampusi qurilishi yakunlangan.
Universitet tarkibi
tahrirUniversitetda tarkibida 2 ta fakultet, 1 ta qoʻshma taʼlim dasturi va 10 ta kafedra mavjud, bakalavr yoʻnalishining kunduzgi va sirtqi boʻlimlarining 7 ta taʼlim yoʻnalishi va 4 ta magistratura mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlaydi.
Raxbariyat tarkibi
tahrirIsoqov Maqsud Uzoqovich — Rektor
Sharafutdinova Leyla Polatovna — Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor
Xaydarov Murodilla Maxmutaliyevich — Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor
Aytmetov Ulugbek Rustemovich — Moliya va iqtisod ishlari boʻyicha prorektor
Xalilov Akmal Abdujalilovich — Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor
Batafsil
Professor-oʻqituvchilar tarkibi
tahrirProfessor-oʻqituvchilar tarkibida 65 nafar professor, 11 nafar fan doktori, 33 nafar fan nomzodi faoliyat yuritadi.
Oʻz mehnati va faoliyati bilan namuna boʻluvchi xodimlar
tahrirPoʻlatjon Sultonov
Mamatxan Karabaev
Pirnazarov Majid Maxkamovich
Geologiya muzeyi
tahrirMuzeylar insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy madaniyat namunalarini oʻzida jamlab keladi va kelajak avlodlar uchun oʻtmish va madaniyat haqida yetarlicha tasavvur beradi. Lekin shunday soha muzeylari ham borki, ular tabiat inʼom etgan goʻzalliklarni oʻzida jamlaydi. Shunday madaniy muassasalardan biri Toshkent shahrida joylashgan Geologiya muzeyidir.[3]
O‘zbekiston davlat Geologiya muzeyi 1926-yilda tashkil topgan boʻlib, bugungi kunda 12 ta koʻrgazma zallariga ega. Ko‘rgazma zallarida Yerning geologik oʻzgarish bosqichlari, geologik davrlar izi qoldiqlari, qadimgi togʻ-kon sanoat qazilmalari, qadimgi jonzotlar, dinozavrlar qoldiqlari, ularning tosh qotgan qadam izlari, toshlarda abadiylikka muhrlanib qolgan boshqa jonzotlar va asosiysi, Oʻzbekistonning geologik boyligi va turfa xilligiga guvoh boʻlish mumkin.[3] Batafsil
Ilmiy tadqiqot institutlari
tahrirUniversitet tarkibida 4 ta ilmiy-tadqiqot institutlari, Mineral resurslar instituti, H. M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti, Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti, Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi institutlari faoliyat yuritadi.
Mineral resurslar instituti davlat muassasasi
tahrirMineral resurslar instituti 1957-yilda tashkil top asosan qattiq foydali qazilma konlarini ilmiy prognozlash, yangi istiqbolli hududlarni aniqlash va xaritalarni raqamlashtirish boʻyicha keng qamrovli tadqiqotlar olib boradi. Institutda 118 nafar ilmiy xodim, jumladan 7 nafar fan doktori va 17 fan nomzodi faoliyat yuritadi.
Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi institut davlat muassasasi
tahrirNeft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti 1959-yilda tashkil topgan boʻlib asosan neft va gaz konlarini prognozlash va zaxiralarni hisoblash boʻyicha fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Institutda 191 nafar ilmiy xodim, jumladan 6 nafar fan doktori va 12 fan nomzodi faoliyat yuritadi.
Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti davlat muassasasi
tahrirGidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti 1969-yilda tashkil topgan boʻlib asosan gidrogeologiya, muhandislik geologiyasi va geoekologiya sohasida keng qamrovli tadqiqotlar olib boradi. Institutda 107 nafar ilmiy xodim, jumladan 8 nafar fan doktori va 20 fan nomzodi faoliyat yuritadi.
X. M. Abdullayev Geologiya va geofizika instituti davlat muassasasi
tahrirX. M. Abdullayev Geologiya va geofizika instituti 1937 yilda tashkil topgan boʻlib asosan yer qobigʻining geologik tuzilishi va tarkibini oʻrganish boyicha chuqur fundamental tadqiqotlar olib boradi. Institutda 53 nafar ilmiy xodim jumladan 8 nafar fan doktori va 14 fan nomzodi faoliyat yuritadi.
Fakultetlar
tahrir# | Fakultetlar nomi |
---|---|
1 | Neft va gaz konlari geologiyasi |
2 | Foydali qazilma konlari geologiyasi |
3 | Qoʻshma taʼlim dasturi markazi (Fakultet) |
Kafedralar
tahrir# | Kafedralar |
---|---|
1 | Aniq va tabiiy fanlar |
2 | Ijtimoiy fanlar, oʻzbek tili va sport ishlari |
3 | Neft va gaz geologiyasi |
4 | Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi |
5 | Iqtisodiy geologiya |
6 | Umumiy geologiya |
7 | Foydali qazilma konlari geologiyasi |
8 | Mineralogiya, petrografiya va geokimyo |
9 | Foydali qazilma konlarini izlashning geofizik usullari |
10 | Geologiya-qidiruv ishlari texnikasi va texnologiyasi |
11 | Qoʻshma taʼlim Qoʻshma |
Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari (Kunduzgi)
tahrir# | Shifr | Taʼlim yoʻnalishi nomi |
---|---|---|
1 | 60310100 | Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) |
2 | 60530500 | Geologiya (faoliyat sohasi boʻyicha) |
3 | 60530500 | Geologiya (neft va gaz geologiyasi) |
4 | 60710400 | Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) |
5 | 60721700 | Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi |
6 | 60722300 | Geologiya-qidiruv ishlari tehnikasi va tehnalogiyasi |
7 | 60722500 | Geodeziya, Kartografiya va Kadastr (funksiylari boʻyicha) |
Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari (Sirtqi)
tahrir# | Shifr | Taʼlim yoʻnalishi nomi |
---|---|---|
1 | 60310100 | Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) |
2 | 60530500 | Geologiya (faoliyat sohasi boʻyicha) |
3 | 60530500 | Geologiya (neft va gaz geologiyasi) |
4 | 60710400 | Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) |
5 | 60721700 | Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi |
6 | 60722300 | Geologiya-qidiruv ishlari tehnikasi va tehnalogiyasi |
7 | 60722500 | Geodeziya, Kartografiya va Kadastr (funksiylari boʻyicha) |
Magistratura
tahrir# | Shifr | Mutaxassisliklar |
---|---|---|
1 | 70310102 | Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) |
2 | 70530512 | Geologik syomka va foydali qazilmlar konlarni qidirish |
3 | 70721612 | Geofizika foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usulari |
4 | 70721701 | Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruv va razvetkasi |
Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim
tahrir# | Shifr | Vazirlik, idoralar, oliy taʼlim muassasalari va taʼlim yoʻnalishlari nomi |
---|---|---|
1 | 60310100 | Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) |
2 | 60530500 | Geologiya (faoliyat sohasi boʻyicha) |
3 | 60710400 | Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) |
4 | 60710600 | Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (kon turlari boʻyicha) |
5 | 60721700 | Gidrogeologiya va muxandislik geologiyasi |
Rektorlar
tahrir- (2020-2022) Islomov Bobir Farxadovich
- (2022-hozirgacha) Isoqov Maqsud Uzoqovich
Talabalar xayoti
tahrirIqtidorli talabalar akademik I. X. Xamrabayev nomidagi stipendiya sovrindorlari batafsil
Masofaviy taʼlim
Geologiya fanlari universitetiga qarashli 400 nafar talabaga moʻljallangan Talabalar turar joyi mavjud boʻlib hozirgi kunda 376 nafar talaba istiqomat qilmoqda batafsil
Ijtimoiy va Xalxaro faoliyat
tahrirXALQARO ALOQALAR
tahrir- Geologiya fanlari universiteti hamda Oʻzbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi hamkorligi doirasida boʻlib oʻtgan seminarBatafsil
- Geologiya fanlari universiteti va Rossiya Federatsiyasining 8 ta yetakchi universitetlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik boʻyicha memorandum imzolandi.Batafsil
- Geologiya fanlari universiteti va Ural davlat konchilik universiteti oʻrtasida oʻzaro hamkorlik boʻyicha 2020 yil 22 dekabr kuni onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.Batafsil
- 2021-yil 15-mart kuni Ural davlat konchilik universiteti va Geologiya fanlari universitetining kelgusidagi hamkorligiga bagʻishlangan videokonferensiya boʻlib oʻtdi. Batafsil
- 2021 yil 12 fevral kuni Geologiya fanlari universiteti va M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida online uchrashuv boʻlib oʻtdi. Batafsil
- 2021 yil 10 fevralda Oʻzbekiston Respublikasining Geologiya fanlari universiteti va Kyusyu universiteti (Yaponiya) oʻrtasidagi hamkorlik istiqbollariga bagʻishlangan videokonferensiya Yaponiya elchixona kumanida oʻtkazildi.Batafsil
- Geologiya fanlari universiteti talabalarining Ural davlat konchilik universitetidagi akademik mobilligi. Batafsil
- Belarus milliy texnika universiteti bilan ham 1+1 ikki diplomlik qoʻshma taʼlim dasturi yoʻlga qoʻyiladi. Batafsil
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Geologiya fanlari universiteti“. uzgeouniver.uz. Toshkent sh., Mirzo Ulug'bek tumani, Olimlar ko'chasi, 64-uy: Geologiya fanlari universiteti. Qaraldi: 13-mart 2024-yil.
- ↑ 2,0 2,1 „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 08.06.2020-yildagi PQ-4740-son“. lex.uz. Тошкент шаҳар, Миробод тумани, Амир Темур шоҳкўчаси, 19-уй.: Lex uz (2020-yil 9-iyun). Qaraldi: 13-mart 2024-yil.
- ↑ 3,0 3,1 „Geologiya Muzeyi“. uzgeouniver.uz. Toshkent sh., Mirzo Ulug'bek tumani, Olimlar ko'chasi, 64-uy: Geologiya fanlari universiteti. Qaraldi: 16-mart 2024-yil.