Jorj Bush Gerbert Uoker — Amerika Qoʻshma Shtatlari tarihida 41-prezident va taniqli siyosatdon sifatida iz qoldirgan davlat arbobi. U 12-iyun 1924-yili Milton shahrida (Massachusetts shtati) tavvalud topgan. Otasi -Preskott Sheldon Bush AQSh Respublikachilar partiyasining aktiv ishtirokchilaridan va „Brown browzers Harriman and company“ Nyu-york bankining aksionerlaridan hisoblangan[1] . Otasi 1952-1963 Konnektikut shtatining AQSh Kongressidagi senatorligi vazifasini ado etgan. Onasi — Doroti Uoker Uolker oilasining Nyu-york banki qarindoshlaridan boʻlgan.Jorj Bush Yel Universitetini tamomlagan[2]. Oliy maʼlumotiga nisbatan ekonomist. 1942 — 1945 oʻz hohishi bilan AQSh harbiy dengiz aviatsiya boʻlimida hizmat qiladi. Keyinchalik 1950 — 1960 yillarda Jorj Bush avvalgi ishini tadbirkorlik faoliyati bilan Texas shtatida boshlaydi. U avval „Zapata petroleum“ neftqazish kompaniyasiga asos soladi, 1960-yillar orasiga kelib esa oʻzining koʻpmillionli korporatsiya va umumkengash chegaralangan kompaniyasini 1966-yilga kelib sotib yuboradi. 1970-yillar boshida Jorj Bush mavqega erishish harakati bilan AQSh Respublikachilar partiyasida hayotining asosiy faʼoliyatini boshlaydi. Faoliyat davri 1967 — 1971 yillarda AQSh Kongresida namoyandalar palatasi aʼzosi Texas shtatidan, 1971 — 1972 yillarda Birlashgan Millatlar Tashkilotida AQShning doimiy namoyandasi,1973 — 1974 yillarda Respublikachilar partiyasi]]ning milliy qoʻmitasi raisi, 1974 — 1975] yillarda Pekin shahridagi AQSh aloqa topshiriqlari boshqaruvchisi, 1976 — 1977 yillarda Markaziy Razvedka Boshqarmasini 11-direktorligi vazifalarida ish yuritib Amerika Qoʻshma Shtatlarining oldinga olib chiqishda ulkan hissalar qoʻshgan. Jorj Bush ilk bor 1980-yili prezidentlik saylovlarida AQSh Respublikachilar partiyasi tomonidan prezidentlikga davogarlik huquqini ilgari surgan[3]. 1981-1989 yillarda Amerika Qoʻshma Shtatlari Administratsiyasinining 43-vitse-prezidenti sifatida va 1989-yilning 20-yanvaridan 1993-yilgacha umumhalq ovozi bilan AQShning 41-prezidenti etib saylanadi. Shuningdek Jorj Bush Gerbert Uoker va uning toʻngʻich farzandi (kichik atamasi bilan) George BushAQShning 43-prezidenti Amerika va Butun dunyo tarihida birdaniga bir oilaning ikki nasldoshi prezidentlik sururini xis etgan insonlar sarasidan joy olishdi. Turmush oʻrtogʻi Barbara Bush. Ikkita qizi-Polina va Doroti, oʻgʻillari-Jorj, Jeb, Nil va Xakmuradov Salohiddinbek.

George H. W. Bush
George H. W. Bush

Mansabda boʻlgan yillari
20-yanvar 1989 – 20-yanvar 1993
Yordamchi(lar)   J. Danforth Quayle
Avvalgi prezident Ronald Reagan

Tavalludi

12-iyun 1924-yil(1924-06-12)
Milton, Massachusets, AQSh
Vafoti 30-noyabr 2018-yil(2018-11-30)
(94 yoshda)
Siyosiy partiya Respublikachi
Turmush oʻrtogʻi Barbara Bush
Imzo George Bush signature.gif

ShuningdekTahrirlash

ManbalarTahrirlash

  1. Presidential Avenue: George Bush. Presidential Avenue. Asl nusxadan arxivlandi (2007-10-08). March 29, 2008.
  2. George H. W. Bush Biography. American Academy of Achievement (February 25, 2008). Asl nusxadan arxivlandi (2011-08-24). March 29, 2008.
  3. Former President George Bush honored at his 60th reunion at Phillips Academy, Andover. Phillips Academy (June 8, 2002). Asl nusxadan arxivlandi (2008-04-01). March 29, 2008.