George Lusztig
George Lusztig (talaffuzi: Jorj Lushtig) (1946-yil 20-mayda tugʻilgan) — amerikalik-ruminiyalik matematik. Massachusetts texnologiya instituti professori. 2022-yil Wolf matematika mukofoti bilan taqdirlangan.
George Lusztig | |
---|---|
Tavalludi |
20-may 1946-yil Timishoare, Ruminiya Qirolligi |
Fuqaroligi |
Ruminiya Britaniya AQSh |
Sohasi | Matematika |
Ish joylari | Massachusetts texnologiya instituti |
Taʼlimi |
Princeton universiteti (Ph.D) (1971) Buxarest universiteti |
Akademik rahbarlari |
Michael Atiyah William Browder |
Mukofotlari |
Berwick mukofoti (1977) Wolf mukofoti (2022) |
George Lusztig Timishoareda yahudiy oilasida tugʻilgan. 1962-1963-yillarda Xalqaro matematika olimpiadasida Ruminiya vakili boʻlib, har ikki marta kumush medallarni qoʻlga kiritgan.[1] Buxarest universitetida oʻqigan. 1965-yilda universitetda oʻqib yurgan paytlarida oʻzining birinchi asarini („A model of plane affine geometry over a finite field“) nashr etgan. Lusztig 1968-yili universitetni tamomlagan. 1969-yilda esa Michael Atiyah taklifiga koʻra Princeton (New Jersey)dagi Ilg'or tadqiqotlar institutiga kelgan.
Lusztig 1971-yilda William Browder va Michael Atiyah rahbarligida „Novikov’s higher signature and families of elliptic operators“ nomli doktorlik dissertatsiyasini tamomlagandan soʻng matematika fanidan Ph.D. darajasini olgan.[2]
Manbalar
tahrir- ↑ aspx?id=9829 George Lusztigning Xalqaro matematika olimpiadasi natijalari[sayt ishlamaydi]
- ↑ Lusztig, George. Novikov's higher signature and families of elliptic operators (en), 1971.