Germa (yun. hermes) — bosh haykali bilan tugallangan toʻrt qirrali ustun. Dastlab yunon mifologiyasidagi savdo xudosi va yoʻlovchilar homiysi Germesning (nomi shundan), keyinchalik boshqa xudolarning, milloddan avvalgi 5-asrdan davlat arboblari, faylasuflar va boshqa faylasuflarning portretlari tasvirlangan. Qadimgi davrda chegara belgilari, yoʻl koʻrsatkichlari va shu kabi vazifalarni oʻtagan. 16-asrdan bezak va bogʻ haykallari sifatida keng tarqalgan. Oʻzbekistonda ham Germaning namunalari yaratilgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil