German Aleksandr Bryuk (nemischa: Hermann Alexander Brück; 1905-yil 15-avgust - 2000-yil 4-mart) — britaniyalik falakiyotshunosi, 1957—1975-yillarda Shotlandiya qirolligi falakiyotshunosi boʻlgan.

German Aleksandr Bryuk
nemischa: Hermann Alexander Brück
Asl ismi nemischa: Hermann Alexander Brück
Tavalludi 15-avgust 1905-yil
Vafoti 4-mart 2000-yil(2000-03-04)
(94 yoshda)
Edinburgh Birlashgan Qirollik
Kasbi falakiyotshunosi

Tarjimai holTahrirlash

Berlinda tugʻilib-oʻsgan. Kil, Bonn va Myunxen universitetlarida tahsil oladi. Uning dastlabki ilmiy faoliyati astrospektroskopiya sohasiga qiziqishi boʻldi. G.Bryuk 1928-yilda Myunxenda Ph.D ilmiy darajasini oladi, u professor Arnold Zommerfeld qoʻlida kristallarning toʻlqin mexanikasi boʻyicha doktorlik dissertasiyasini nihoyasiga yetkazadi[1][2].

Myunxen universitetini tamomlagandan soʻng Bryuk doʻsti A.Unzoldning taklifiga binoan Potsdamdagi Astrofizika rasadxonasida ishlay boshlaydi. Rasadxonada ishlagan vaqtida Bryuk Gumboldt nomidagi Berlin universitetida fizikaviy kollokviumda qatnashgan, uning ishtirokchilari Maks fon Laue, Albert Eynshteyn va astronom Valter Grotrianlar boʻlishgan. Hukumat nasistlar qoʻliga oʻtgach, 1936-yilda Bryuk Germaniyani tark etib,  dastlab Vatikan rasadxonasida assistent boʻlib ishlaydi, 1937-yilda esa Buyuk Britaniyaga koʻchib oʻtadi va u yerda Kembrij universitetiga ishga kiradi va Artur Eddington xodimlari davrasiga kiradi. Oradan bir qancha vaqt oʻtgach, Bryuk universitet rasadxonasi direktorining oʻrinbosari boʻladi va koʻplab falakiyotshunoschilarning oʻz oʻrniga ega boʻlishga hissa qoʻshgan talabalar astronomik jamiyatini yaratadi.

1947-yilda Irlandiya Prezidenti Imon de Valerning taklifiga koʻra, Bryuk Dublindagi ilgʻor tadqiqotlar instituti tarkibiga kiruvchi Dansin rasadxonasi ishini tashkil etish uchun Dublinga keladi. 1950-yilda Irlandiya qirolligi akademiyasi homiyligi ostida Dansin rasadxonasi qoshida Qirollik astronomiya jamiyatining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtadi va 1955-yilda Astronomiya xalqaro ittifoqi (AXI) oʻzining navbatdagi kongressini Dublinda oʻtkazadi. AXI yigʻilishida Kembrijdagi Bryukning talabasi boʻlgan M.D.Smit tomonidan ishlab chiqilgan fotometrik tadqiqot asbob-uskunalari, shuningdek, Utrext atlasini kengaytiruvchi va Roulend tomonidan quyosh spektri qayta koʻrib chiqilgan jadvallarining bir qismi boʻlgan ultrabinafsha quyosh spektroskopiyasi boʻyicha ishlar namoyish etiladi. Bryukning rafiqasi doktor Meri Bryuk ushbu tadqiqotlarda yetakchi xodimlardan biri boʻlgan[3].

1957-yilda Bryuk Edinburg universitetiga ishga keladi va bu dargohda Edinburg rasadxonasi direktori lavozimini egallaydi, bu Shotlandiya qirolligi astronomi nominal lavozimini egallashni bildirardi. Bryukning shijoati tufayli Edinburg rasadxonasi astronomik tadqiqotlar boʻyicha nufuzli xalqaro markazga aylanadi. Bryuk yulduzlar va galaktikalararo ob’yektlarning fotosuratlarini avtomatlashtirilgan skanerlash uchun asbob-uskunalar ishlab chiqqadigan falakiyotshunoslar va muhandislar guruhini tuzadi. Ushbu texnologiya ob’yektlar spektrini olish vaqtini bir necha daqiqaga qisqartirish imkonini beradi, agar ilgari bir necha oy kerak boʻlardi. Bryuk jamoasi teleskoplarni masofadan boshqarish texnologiyalarini ham oz fursat ichida ishlab chiqadi. Edinburgda boʻlgan paytida Bryuk talabalar astronomik jamiyatiga asos soladi va unga rasadxonaga kirish imkonini beradi. Bir muncha vaqt Bryuk Edinburg universitetining tabiiy fanlar fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritadi.

Bryuk 1975-yilda iste’foga chiqariladi. Ushbu vaqt mobaynida uning rafiqasi va hamkasbi Meri Bryuk XIX asr astronomiyasi tarixi boʻyicha tadqiqotlarni boshladi, natijada Brukning oʻtmishdoshlaridan biri boʻlgan Charlz Pyassi Smit haqida kitoblar va Edinburg astronomiyasi tarixiga oid kitoblarni, shuningdek, Edinburgdagi Qirollik rasadxonasining 19-asrda tiklanishiga hissa qoʻshgan Lord Kroufordning Danextdagi rasadxonasi haqidagi maqolalarni nashr etadi[4]. German Bryukning „Insoniyatga olimlarning ogohlantirishi“ (1992) maqolasi ham chop etilgan[5].

Butun faoliyati davomida Bryuk Papa fanlar akademiyasining a’zosi edi. Shuningdek, u Irlandiya qirolligi akademiyasi (1948), Maynsdagi Ilm va adabiyotlar akademiyasi (1955), Edinburg Qirollik jamiyati (1958) a’zosi boʻlgan.

CBE (1966), Irlandiya milliy (1972) va Sent-Endryus (1973) universitetlarining faxriy doktori.

2014-yilda Bryuk asteroidi (10737) uning nomi bilan atala boshlangan.

NashrlarTahrirlash

  • Hermann Brück Die Sterne Monatsschrift für alle Gebiete der Himmelskunde (Johann Ambrosius Barth Vlg., Leyptsig, 1933)
  • Hermann A. Brück Edinburgdagi astronomiya tarixi boshidan 1975-yilgacha (Edinburg universiteti nashriyoti, 1983)
  • Hermann A. Brück va Meri T. Brück peripatetik astronom, The: Life of Charlz Piazzi Smit (Fizika nashriyoti instituti, Bristol, Buyuk Britaniya, 1988)

ManbalarTahrirlash

  1. Rudolf Peierls Bird of Passage (Princeton, 1985) p. 25.
  2. Sommerfeld Arxivlandi 29-sentabr 2003-yil Wayback Machine saytida. — Personal Data
  3. Brück Arxivlandi 6-mart 2016-yil Wayback Machine saytida. — Biography, Royal Society of Edinburgh
  4. „Mary Brück“. 21-yanvar 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-yanvar 2015-yil.
  5. „World Scientists' Warning To Humanity“ (inglizcha). stanford.edu (18-noyabr 1992-yil). 6-dekabr 1998-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-iyul 2019-yil.