Germaniya Ayollar Bundesligasi (nemischa: Frauen-Bundesliga, yaʼni Ayollar Federal Ligasi; homiylik sabablariga koʻra hozirda „FLYERALARM Frauen-Bundesliga“ nomi bilan tanilgan) Germaniyadagi ayollar futbol assotsiatsiyasining eng yuqori darajadagi ligasi. 1990 yilda Germaniya futbol assotsiatsiyasi (DFB) erkaklar Bundesligasi modeli asosida Germaniya ayollar bundesligasini tashkil qildi. Germaniya Ayollar Bundesligasida dastlab shimoliy va janubiy divizionlarga boʻlingan holda oʻynalgan, ammo 1997-yilda ushbu ikki divizion yagona ligani tashkil qilish uchun birlashtirildi. Hozirda Germaniya Ayollar Bundesligasi oʻn ikkita jamoadan iborat boʻlib, mavsumlar odatda yoz oxiridan bahor oxirigacha (qishda tanaffus bilan) davom etadi. Germaniya Ayollar Bundesligasi jamoalari raqobatbardoshligiga va xalqaro maydonda yaxshi nufuzga ega boʻlishida qaramay, Germaniya Ayollar Bundesligasiyarim professional hisoblanadi[1].

Davlat Olmoniya bayrogʻi Germaniya
Konfederatsiya UEFA
Futbol tuzilmasidagi oʻrni 1-darajali
Tashkil etilgan 1990-yil
Jamoalar soni 12 ta
Pastki liga 2-Ayollar Bundesligasi
Ichki kuboklar DFB-Pokal kubogi
Xalqaro musobaqalar UEFA Ayollar Chempionlar Ligasida
Amaldagi chempion VfL Wolfsburg (7-marta)
Eng koʻp marta chempion 1. FFC Frankfurt
VfL Wolfsburg (har biri 7 martadan)
TV hamkorlar Deutsche Telekom telekanali
Veb-sayt dfb.de/flyeralarm-frauen-bundesliga/start/
Amaldagi oʻyin 2022-2023-yilgi mavsum Ayollar Bundesligasi

UEFA Ayollar Chempionlar Ligasida Germaniya Ayollar Bundesligasi jamoalari eng muvaffaqiyatli natijalarga erishgan (toʻqqizta chempionlik). Xususan, Frankfurt FFC jamoasi UEFA Ayollar Chempionlar Ligasida eng koʻp chempionlikni qoʻlga kiritgan.

Musobaqa formati tahrir

Germaniya Ayollar Bundesligasi oʻn ikkita jamoadan iborat. Mavsum oxirida birinchi oʻrindagi klub Deutscher Meister unvonini qoʻlga kiritib, chempion boʻladi va 11 va 12-oʻrinlarni egallagan klublar Germaniya 2-Ayollar Bundesligasi (quyi liga)da birinchi va ikkinchi oʻrinni egallagan tegishli jamoalar bilan almashtiriladi. Germaniya Ayollar Bundesligasi mavsumi ikki davra, jami 22 oʻyindan iborat. Germaniya Ayollar Bundesligasida har bir klub bir-biriga qarshi ikkitada oʻyin oʻynaydi: bir davrada maʼlum bir klubga qarshi uy oʻyini, ikkinchisida esa mehmonda oʻynaydi. Germaniya Ayollar Bundesligasi mavsumlari, odatda, avgust yoki sentabrda boshlanadi, birinchi davra oʻyinlari dekabrda tugaydi. Ikkinchi davra odatda fevral oyida boshlanadi va may yoki iyun oylarida tugaydi, lekin baʼzida ikkinchi davraning birinchi oʻyinlari dekabr oyida ham oʻtkaziladi. Jahon chempionati oʻtkaziladigan yillarda (har toʻrt yilda bir) Germaniya Ayollar Bundesligasi turnir jadvalini oʻzgartirishi mumkin[2].

Germaniya Ayollar Bundesligasi reytingi klublarning mavsum davomida toʻplagan ochkolari asosida aniqlanadi. Gʻalaba 3 ochko, durang 1 va magʻlubiyat 0 ochko hisoblanadi. Taybreyklarda esa toʻplar farqi, urilgan gollar va jamoalarning oʻzaro oʻyinlardagi natijalarining nisbati hisobga olinadi. Agar turnir jadvalida durang holati kuzatilsa, taybrek statistikasi hisobga olinadi.

Joriy klublar tahrir

Jamoa Joylashgan shahar Uy stadioni Uy stadionining

sigʻimi

Werder Bremen Bremen Weserstadion Platz 12 1,000
SGS Essen Essen Stadion Essen 20,000
Eintracht Frankfurt Frankfurt Stadion am Brentanobad 5,500
SC Freiburg Freiburg Möslestadion 18,000
1899 Hoffenheim Hoffenheim Dietmar-Hopp-Stadion 6,350
Carl Zeiss Jena Jena Ernst-Abbe-Sportfeld 10,800
1. FC Köln Cologne Südstadion 11,748
Bayer Leverkusen Leverkusen Jugendleistungszentrum Kurtekotten 1,140
Bayern Munich Munich FC Bayern Campus 2,500
Turbine Potsdam Potsdam Karl-Liebknecht-Stadion 10,786
SC Sand Willstätt Kühnmatt Stadion 2,000
VfL Wolfsburg Wolfsburg AOK Stadium 5,200

Germaniya Ayollar Bundesligasi chempionlari roʻyxati tahrir

Mavsum Chenpion Ikkinchi oʻrin
1990-1991 TSV Siegen FSV Frankfurt
1991-1992 TSV Siegen Grün-Weiß Brauweiler
1992-1993 TuS Niederkirchen TSV Siegen
1993-1994 TSV Siegen Grün-Weiß Brauweiler
1994-1995 FSV Frankfurt Grün-Weiß Brauweiler
1995-1996 TSV Siegen SG Praunheim
1996-1997 Grün-Weiß Brauweiler FC Rumeln-Kaldenhausen
1997-1998 FSV Frankfurt SG Praunheim
1998-1999 1. FFC Frankfurt FCR Duisburg
1999-2000 FCR Duisburg 1. FFC Frankfurt
2000-2001 1. FFC Frankfurt 1. FFC Turbine Potsdam
2001-2002 1. FFC Frankfurt 1. FFC Turbine Potsdam
2002-2003 1. FFC Frankfurt 1. FFC Turbine Potsdam
2003-2004 1. FFC Turbine Potsdam 1. FFC Frankfurt
2004-2005 1. FFC Frankfurt FCR Duisburg
2005-2006 1. FFC Turbine Potsdam FCR Duisburg
2006-2007 1. FFC Frankfurt FCR Duisburg
2007-2008 1. FFC Frankfurt FCR Duisburg
2008-2009 1. FFC Turbine Potsdam FC Bayern Munich
2009-2010 1. FFC Turbine Potsdam FCR Duisburg
2010-2011 1. FFC Turbine Potsdam 1. FFC Frankfurt
2011-2012 1. FFC Turbine Potsdam VfL Wolfsburg
2012-2013 VfL Wolfsburg 1. FFC Turbine Potsdam
2013-2014 VfL Wolfsburg 1. FFC Frankfurt
2014-2015 FC Bayern Munich VfL Wolfsburg
2015-2016 FC Bayern Munich VfL Wolfsburg
2016-2017[3] VfL Wolfsburg FC Bayern Munich
2017-2018[4] VfL Wolfsburg FC Bayern Munich
2018-209[5] VfL Wolfsburg FC Bayern Munich
2019-2020[6] VfL Wolfsburg FC Bayern Munich
2020-2021 FC Bayern Munich VfL Wolfsburg
2021-2022 VfL Wolfsburg FC Bayern Munich

Germaniya Ayollar Bundesligasi chempion jamoalari reytingi tahrir

Reyting Jamoa Chempionlik Ikkinchi oʻrin
1 1. FFC Frankfurt 7 6[n 1]
2 VfL Wolfsburg 7 3
3 1. FFC Turbine Potsdam 6 4
4 TSV Siegen 4 1
5 FC Bayern Munich 3 6
6 FSV Frankfurt 2 1
7 FCR Duisburg 1 7[n 2]
8 Grün-Weiß Brauweiler 1 3
9 TuS Niederkirchen 1 0

Xalqaro musobaqalarda tahrir

Germaniya Ayollar Bundesligasida har bir mavsum chempioni hamda ikkinchi o‘rinni egallagan jamoa keyingi mavsumda ayollar o‘rtasidagi UEFA Chempionlar Ligasiga yo‘llanma oladi. 2021-2022-yilgi mavsumdan boshlab Germaniya Ayollar Bundesligasida eng yaxshi natija koʻrsatgan uchta jamoa UEFA ayollar chempionlar ligasiga yoʻllanma oladi.

Germaniya Ayollar Bundesligasini translatsiya qilish tahrir

Davlat/Mintaqa Liga oʻyinlarini translatsiya qiladigan

telekanallar

  Avstriya Eurosport 1 telekanali (haftasiga bitta oʻyin)
Janubiy Amerika mamlakatlari Sky Sports telekani
  Dominikan Respublikasi
  Meksika
  Germaniya Magenta Sport (haftasiga 3 ta oʻyingacha)
Eurosport 1 (haftasiga bitta oʻyin)
NENT telekanali
  Shveysariya Eurosport 1 (haftasiga biitta oʻyin)
Golabl DFB

Yana qarang tahrir

  • Ayollar futboli bo‘yicha Germaniya chempionlari ro‘yxati
  • DFB-Pokal (ayollar)
  • Ayollar sporti

Manbalar tahrir

  1. „Vezéráldozattal, de megnyertük a rájátszást“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-may.
  2. „Vezéráldozattal, de megnyertük a rájátszást“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-may.
  3. „Bajnok az MTK Hungária FC! (GALÉRIA)“ (hu). mtk.hu (2017-yil 15-may). 2017-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-may.
  4. „Summary - Nöi NB I - Hungary - Results, fixtures, tables and news - Women Soccerway“. uk.women.soccerway.com. Qaraldi: 2019-yil 29-oktyabr.
  5. „Summary - Nöi NB I - Hungary - Results, fixtures, tables and news - Women Soccerway“. uk.women.soccerway.com. Qaraldi: 2019-yil 29-oktyabr.
  6. „Summary - Nöi NB I - Hungary - Results, fixtures, tables and news - Women Soccerway“. uk.women.soccerway.com. Qaraldi: 2019-yil 29-oktyabr.

Izohlar tahrir

  1. Two runners-up finishes as SG Praunheim.
  2. One runners-up finish as FC Rumeln-Kaldenhausen.