Gibel Chyornogo konsula (ruscha: Гибель Чёрного консула; tarjimasi „Qora konsulning oʻlimi“) — 1970-yilda „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida ishlangan, rejissor Komil Yormatov tomonidan suratga olingan sovet rangli badiiy filmi.

Gibel Chyornogo konsula
Rejissyor(lar) Komil Yormatov
Ssenariynavis(lar)

Mixail Melkumov

Komil Yormatov
Rollarda Shukur Burxonov, Shuhrat Irgashev, Roman Xomyatov
Bastakor(lar) Ikrom Akbarov
Studiya(lar) „Oʻzbekfilm“
Chiqarilgan sanasi 1970
Davomiyligi 98 daqiqa
Mamlakat Sovet Ittifoqi SSSR
Til ruscha
Avvalgi film Burya nad Aziey
Keyingi film Vsadniki revolyutsii

Film Komil Yormatovning tarixiy-inqilobiy trilogiyasini (birinchi ikkita kartina — Burya nad Aziey va Vsadniki revolyutsii) yakunlovchi qismini qamrab oladi. Aznavurpolvon ikkinchi qismda paydo boʻlsa, uchinchisida mustaqil xarakterga ega boʻladi. Ikkinchi qismda yana chekist Trofimov personaji ham bor.

Film premyerasi 1971-yil 15-martda boʻlib oʻtadi.

Syujeti

tahrir

Filmning birinchi sahnasi Kogondagi temir yoʻl stansiyasi qochoqlar bilan limmo-lim toʻladi, bu yerda Budenovkada „inqilob chavandozlari“ Aznavur Trofimovdan „qora konsul“ laqabli Buxoro amiri tomonidan terrorga yoʻliqmaslik uchun „Yosh buxoroliklarning fitnasi“ni toʻxtatish toʻgʻrisida buyruq oladi. Shuningdek, u amir sarbozlarining vahshiyliklari va Chardjoudagi qirgʻin haqida ham maʼlumot oladi. Keyingi sahnada koʻrinishida oq salla kiygan yigitlar amirni oʻldirishga hozirlik koʻrishayotgan boʻladi. Shunda Kamol Ubaydulloh terrorni taʼqib qiladi, lekin qoʻrqoqlikda ayblanmaslik uchun shaxsan oʻzi zolimni qurol bilan oʻldirmoqchi boʻladi. Soʻng Kamol dehqon qiyofasiga kirib Aznavurni yoʻlidan qaytarmoqchi boʻladi, Amir esa haloskoriga hadya sifatida soat beradi, buxorolik yigit esa yer ostiga kiradi.

Buxoroga polkovnik Krasovskiyning qurollari bilan karvon yetib keladi. Biroq amir oʻz dushmanlari qarshisida „kommunistlar tuzumi“dan yengiladi. Amir esa qoʻzgʻolonchilarni ommaviy qatl qilishni buyuradi, ular orasida oʻqituvchi va shifokorlar ham bor edi. Biri oʻlimni shundoq qabul qilsa, ikkinchisi rahm-shafqat soʻrashni maʼqul koʻradi. Qatl etish hukmi olomonni gʻala-gʻovurga soladi va amir otishma yordamida olomonni tarqatib yuborishni buyuradi. Aznavur boʻlsa, Kamolni qutqarishga qaror qiladi va tunda qurollanib Buxoro polisiya boshligʻi Xudoyor Pansadning oldiga keladi. U Chekistligini bilib qoladi, lekin Aznavurning aytishicha, „bobosining bobosi“ Tamerlan qoʻl ostida xizmat qilganini, Aznavur Pansaddan ikki mahbusni ozod qilishga va kunlari sanoqli qolgan amirdan qochishga koʻndiradi.

Mahbuslardan biri Kamol, ikkinchisi esa Mahmud Budi boʻlib, ular amirning maxfiy josuslari edi. Kamol Leninga maktub yetkazish toʻgʻrisida amirga qarshi yer osti xizmatidan buyruq oladi. Polkovnik Krasovskiy Mahmud Budiyga xatni olib, Kamol va Xudoyor Pansadni esa xoin sifatida oʻldirishni buyuradi. Mahmud Budi topshiriqni qisman bajaradi, lekin Kamolning qoʻli baland keladi va Toshkentga ketayotgan poyezddan sakrab tushib qoladi.

Keyingi sahna koʻrinishi. Amir va polkovnik Krasovskiy saroyda bilyard oʻynab, Rossiya imperiyasining qulashi sabablarini muhokama qilishadi. Amir barchani eʼtiborini tortib, u rus armiyasida general boʻlib qolayotganini taʼkidlaydi. Buxoro amirligida Mirzo Rahmatullo boshchiligida xalq qoʻzgʻoloni boshlamoqchi. Ammo qoʻmondon Frunze qoʻzgʻolon rahbarlaridan Buxoroga hujumni kechiktirishni soʻraydi va talofatlarga yoʻl qoʻymaslik uchun amirga ultimatum qoʻyiladi.

Parlament aʼzolari orasida endi Rossiya bilan ittifoq tuzish zarurligiga ishonch hosil qilgan Aznavur va Kamol ham bor. Amir ultimatumni rad etadi va parlament aʼzolarini otib tashlashni buyuradi. Keyin Buxoro operasiyasi boshlanadi. Amir ayollar va bolalarni oldinga siljitishni buyuradi, ammo Qizil Armiya samolyotlari sarbozlarni qochishga majbur qiladi. Qizil Armiyaning qudrati va oʻz tarafdorlarining zaifligini koʻrgan „qora konsul“ Buxoroni tark etadi. Mahmud Budi shahar hokimi oʻrinbosari etib tayinlangan, biroq uning na mablagʻi, na qurol-aslahalari bor. U umidsizlikka tushib, hamma narsaga nafrat koʻzi bilan boqadi. Shunda qoʻlga kiritilgan shaharning boʻm-boʻsh masjidi hovlisida bir koʻzli Mahmud Budini qizil askarlar qurshab olishadi. Soʻng qoʻmondon Trofimov: „Alloh hamisha ular tomonda“, —  deydi.

Buxoroning qulashi haqida Moskvaga Frunze telegraflari orqali bong urilmoqda edi.

Rollarda

tahrir
  • Shukur Burxonov — Aznavurpolvon (Mixail Kuznesov ovozlashtirgan)
  • Shuhrat Irgashev — Kamol Ubaydulla (Vyacheslav Tixonov ovozlashtirgan)
  • Roman Xomyatov — M. V. Frunze
  • Zokir Muhamedjanov — Mirzo Rahmatullo (Aleksey Alekseyev ovozlashtirgan)
  • Yuriy Dedovich — Ivan Trofimov
  • Vladislav Kovalkov — Krasovskiy, polkovnik (Aleksandr Belyavskiy ovozlashtirgan)
  • Yoqub Ahmedov — Said Olimxon, Buxoro amiri (Vyacheslav Shalevich ovozlashtirgan)
  • Hamza Umarov — Mahmud Budi, amirning josusi (Vladimir Balashov tomonidan ovozlashtirilgan)
  • Abbos Bakirov — Xudoyor Pansad, amirning maxfiy polisiyasi boshligʻi (Yakov Belenkiy ovozlashtirgan)
  • Borislav Brondukov — Qizil Armiya askari Brondukov
  • Vahob Abdullayev — qism
  • Aleksey Rozantsev — amir qoʻshinlari shtab boshligʻi
  • Oʻlmas Alixoʻjayev — Yosh buxorolik
  • Evgeniy Segedi — epizod
  • Tugan Rejametov — Mirzo, Yosh buxorolik
  • Ulugʻbek Abdullayev — epizod
  • Sherali Poʻlatov — epizod
  • Rauf Baltaev — epizod
  • Vitaliy Leonov — Borodeyev, Qizil Armiya askari „Borodulin“ (taglavhalarda yoʻq)
  • Fedor Kotelnikov — Qizil Armiya askari (taglavhalarda yoʻq)

Filmni suratga olish guruhida

tahrir
  • Rejissor: Komil Yormatov
  • Ssenariy muallifi: Mixail Melkumov, Komil Yormatov
  • Operator: Miron Penson
  • Ikkinchi operator: E.Agzamov
  • Postanovkachi-rassom: Yevgeniy Pushin
  • Direktor: E.Xachaturov
  • Bastakor: Ikrom Akbarov
  • Ovoz operatori: D.Ahmedov
  • Pardozlash boʻyicha rassom: E.Gasparyan
  • Liboslar boʻyicha rassom: R.Sulaymonov
  • Dekorator boʻyicha rassom: E. Avanesov
  • Pirotexnik ustasi: F.Tyumenev
  • Montaj ustasi: M.Makarova
  • Kombinasiyalangan s’yomka ishida: M.Ponomarev, X.Rashitov
  • Rejissor yordamchisi: S.Shamsharov
  • Muharrir: K.Dimova
  • Harbiy maslahatchi: S.Belonojko
  • SSSR Davlat kinematografiya qoʻmitasi Bosh boshqarmasi orkestri
  • Dirijyor: D. Stilman
  • Film diretori: Yu. Rashragovich

SSSR davrida tomoshabinlar soni 19 700 000 nafarni tashkil etgan edi.


Havolalar

tahrir