Goluboy vagon
„Goluboy vagon“ (ruscha: Голубой вагон, yaʼni „Moviy vagon“) — Cheburashka va Timsoh Gena personajlari haqidagi „Shapoklyak“ sovet multfilmi uchun yozilgan qoʻshiq. 1974-yil yozib olingan. Qoʻshiq matnini shoir va teleboshlovchi Eduard Uspenskiy yozgan, kuyini esa Vladimir Shainskiy bastalagan[1]. Multfilmda Timsoh Gena personaji ovozini Vasiliy Livanov yozgan boʻlsa-da, „Goluboy vagon“ qoʻshigʻini Vladimir Ferapontov ijro etgan. Ferapontov Shapoklyak va bolalardan tashqari multfilmdagi barcha qahramon ovozini yozgan.
„Goluboy vagon“ | |
---|---|
Vladimir Ferapontov qoʻshigʻi | |
Chiqarilgan sanasi | 1974 |
Yozib olingan | 1974 |
Davomiyligi | 3:24 |
Matn muallif(lar)i | Eduard Uspenskiy |
Bastakor(lar) | Vladimir Shainskiy |
Klipi | |
„Guluboy vagon“ YouTubeda |
Gena va Cheburashkaning sarguzashtlari haqidagi multfilm Shainskiy uchun animatsiyadagi ilk ishi boʻlgan[2]. Uspenskiy qoʻshiq yozilgan paytga kelib ancha tanilgan boʻlgan, garchi u oʻz personajlarida „pionerlik fazilatlari yoʻqligi“ uchun tanqidga uchrab kelgan boʻlsa-da. Uspenskiy „Goluboy vagon“ qoʻshigʻi matniga katta eʼtibor qaratgan hamda matn ustida uzoq ishlagan. Shuningdek, u multfilmni hozirlash bosqichlarini ehtiyotkorlik bilan nazorat qilgan.
1970-yillarda Sovet Ittifoqida koʻplab istirohat bogʻlarida bolalar temir yoʻllarining vagonlari moviy rangga boʻyalgan. 1980-yillarda Moskva-Rostov va Irkutsk-Moskva poyezdlarining vagonlari belidan qizil chiziq oʻtgan koʻk rangga boʻyalgan. Moskva-Kiyev va Moskva-Minsk yoʻnalishidagi poyezdlar esa moviy rangga boʻyalgan.
„Goluboy vagon“ qoʻshigʻi matni ijobiy boʻlishiga qaramay, uning ohangi unga gʻamgin tus bagʻishlaydi. Ashulada muallif orta qolayotgan yoqimli lahzalar haqida qaygʻuradi. Hozirgi kunni yana bir yilga uzaytirish istagi haqidagi satr esa muallifning hayot tez suratda oʻtib borayotganidan qaygʻuda ekanligini ifodalaydi. Ayni damda, qoʻshiq oʻtmishni oʻtmishda qoldirib, kelajakka umid bilan qarashga chorlaydi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Владимир Шаинский. Любимые песни «Голубой вагон», «Облака, белогривые лошадки», «На дальней станции сойду» и многие другие“. Meduza (26-dekabr 2017-yil). Qaraldi: 22-iyun 2022-yil.
- ↑ Kuriy, Sergey „Как создавались песни к мультфильмам про Чебурашку? Памяти Владимира Шаинского“. Shkola Jizni (25-yanvar 2018-yil). Qaraldi: 22-iyun 2022-yil.
.