Gonsalo Ariel Montiel (1997-yil 1-yanvarda tugʻilgan) — argentinalik professional futbolchi, La Liganing "Sevilya" klubi va Argentina terma jamoasi oʻng qanot himoyachisi.

Gonzalo Montiel
Montiel River Plate safida to'p surmoqda, 2019-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Gonzalo Ariel Montiel[1]
Tavallud sanasi 1-yanvar 1997-yil (1997-01-01) (27 yosh)
Tavallud joyi González Catán, Argentina
Boʻyi 1.75 m[2]
Ampluasi O'ng qanot himoyachisi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Sevilla
Raqami 2
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
River Plate
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016-2021 River Plate 72 (3)
2021- Sevilla 26 (1)
Milliy terma jamoa
2017 Argentina U20 2 (0)
2019- Argentina 18 (0)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(6-noyabr uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

River Plate tahrir

Montiel oʻz faoliyatini „River Plate“ klubi akademiyasida boshlagan. 2016-yil 30-aprelda, u 19 yoshida klubning asosiy jamoasida debyut qildi. U 2016-17 yilgi mavsumda toʻrtta oʻyin oʻtkazib, asosiy jamoada oʻz oʻrniga ega boʻlishni boshladi. Aynan oʻsha mavsumda u Argentina kubogida ajoyib oʻyin koʻrsatdi. U finalgacha boʻlgan barcha oʻyinlarda maydonda harakat qildi va jamoasi CA Tucuman klubini magʻlub etib, kubokni boshi uzra koʻtardi. Himoyachi Libertadores kubogida ham yaxshi oʻyinlarni oʻtkazdi va bitta gol va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Jamoasi Lanus klubidan magʻlub boʻlgan oʻyingacha ham bir necha yorqin oʻyinlari bilan esda qoldi.

2017-18 yilgi mavsumda Montiel oʻz faoliyatida katta qadam tashladi. U 35 ta oʻyin oʻtkazdi, ulardan oʻn beshtasi liga oʻyini edi. U „Santyago Bernabeu“da „Boka Xuniors“ga qarshi oʻyinda Libertadores kubogini qoʻlga kiritgan yili oʻn toʻrtta oʻyinda maydonga tushdi. Argentina Kubogida beshta oʻyin oʻtkazgan jamoasi oʻtgan yilgi gʻalabasini takrorlashga yaqin edi, biroq yarim finalda „Ximnaziya“ jamoasiga qarshi oʻyinda penaltilar seriyasida magʻlubiyatga uchradi. Oʻsha mavsumda jamoa Argentina Superkubogida „Boka Xuniors“ni magʻlub etib, ikki kubokka ega chiqdi.

Keyingi mavsum „River Plate“ klubida oʻng qanot himoyachisining roli yanada muhim ahamiyatga ega boʻla boshladi. Montiel ligada oʻn ikkita oʻyinda toʻliq maydonda harakat qildi. Ketma-ket ikkinchi mavsumda Montiel oʻn ikki uchrashuvdan soʻng Libertadores kubogi finaliga chiqdi, ammo River Plate bu safar Flamengo klubiga magʻlub boʻldi. Uning jamoasi Markaziy Kordova jamoasi ustidan gʻalaba qozonib, yana bir bor Argentina kubogini qoʻlga kiritdi. U esa kubokning barcha oʻyinida maydonda harakat qildi. Oʻtgan mavsumda Libertadores Kubogida gʻalaba qozonganidan soʻng, River Plate FIFA klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etib, uchinchi oʻrinni egalladi. Montiel jarohati sabab Superkubok oʻyinlarida ishtirok etmadi, biroq tez orada sogʻayib, Recopa musobaqasiga tayyor boʻldi. River birinchi oʻyinda 1:0 hisobida gʻalaba qozondi, keyin „Atletiko Paranaense“ klubiga qarshi oʻyinda 3:0 hisobida gʻalaba qozonib, kubokni qoʻlga kiritdi.

Sevilla tahrir

2021-yil 13-avgust kuni, La Liganing "Sevilya" klubi Montiel bilan 3 yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[3].

Xalqaro martaba tahrir

2019-yilning mart oyida, Montiel bosh murabbiy Lionel Skaloni tomonidan Argentina terma jamoasining Venesuela va Marokashga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari uchun qaydnomaga kiritildi[4]. 22-mart kuni Montiel Venesuelaga qarshi oʻyinda oʻz debyutini amalga oshirdi[5].

2021-yil 11-iyunda, Montiel Argentina milliy terma jamoasining 2021- yilgi Kopa Amerika turniri uchun eʼlon qilingan 28 kishilik tarkibidan joy oldi[6]. U jamoaning turnirda oʻtkazgan yettita oʻyinidan toʻrttasida qatnashdi, shu jumladan final oʻyinining birinchi yarmida Fredning zarbasi natijasida u toʻpigʻidan qon ketishi sababli maydonni erta tark etdi. 

Faoliyatidagi statistikasi tahrir

Klub tahrir

2022-yilning 13-noyabrigacha bo'lgan o'yinlar[7]
Klublardagi oʻyinlar, mavsumlar va musobaqalar
Klub Mavsumlar Liga Kubok Mintaqaviy Boshqa Umumiy
Divizyonlar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
River Plate 2016 Argentine Primera División 1 0 0 0 0 0 0 0 1 0
2016-17 4 0 5 0 3 1 - 12 1
2017-18 15 0 6 0 6<ref> 0 1 0 28 0
2018-19 12 0 5 0 13<ref> 0 3 0 33 0
2019-20 19 0 0 0 8<ref> 0 - 27 0
2020-21 9 0 1 0 10<ref> 1 - 20 1
2021 12 3 1 0 5<ref> 1 - 18 4
Umumiy 72 3 18 0 45 3 4 0 139 6
Sevilla 2021-22 La Liga 18 1 4 0 6 0 - 28 1
2022-23 8 0 1 0 4 1 - 13 1
Umumiy 26 1 5 0 10 1 - 41 2
Umumiy statistikasi 98 4 23 0 55 4 4 0 180 8

Xalqaro tahrir

2022-yilning 16-noyabrigacha bo'lgan o'yinlar
Terma jamoa safidagi oʻyinlar va gollar
Milliy terma jamoa Yillar Oʻyinlar Gollar
Argentina 2019 4 0
2020 4 0
2021 yil 5 0
2022 5 0
Jami 18 0

Yutuqlari tahrir

River Plate

  • Argentina Primerasi : 2021-yil
  • Argentina kubogi : 2015-16, 2016-17, 2018-19
  • Argentina Superkubogi : 2017, 2019
  • Libertadores kubogi : 2018-yil
  • Recopa Sudamericana : 2016, 2019

Argentina

  • Kopa Amerika : 2021
  • KONMEBOL — UEFA Chempionlar Kubogi 2022

Manbalar tahrir

  1. „Acta del Partido celebrado el 28 de agosto de 2021, en Elche“ [Minutes of the Match held on 28 August 2021, in Elche] (es). Royal Spanish Football Federation. 2020-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-sentyabr.
  2. „FIFA World Cup Qatar 2022: List of players: Argentina“. FIFA (2022-yil 15-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 15-noyabr.
  3. „Gonzalo Montiel joins Sevilla FC“. Sevilla FC (2021-yil 13-avgust). Qaraldi: 2021-yil 13-avgust.
  4. „"Hay que trabajar para el futuro de la Selección"“. AFA (2019-yil 7-mart). 2019-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-mart.
  5. „"argentina-se-medira-ante-venezuela"“. AFA (2019-yil 22-mart). 2019-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-mart.
  6. „Lista de convocados por el entrenador Lionel Scaloni para disputar la Copa América 2021“ (es-AR). Sitio Oficial de la Asociación del Fútbol Argentino. Qaraldi: 2021-yil 13-avgust.
  7. „G. Montiel“. Soccerway. Qaraldi: 2018-yil 12-oktyabr.

Lua xatosi in package.lua at line 80: module 'Module:CountryData/cacheB' not found.