Granular pugolovka (Benthophilus granulosus) — Kaspiy dengizida keng tarqalgan gobiid baliqlari turi[1]. Uzunligi 5.6 centimetr (2.2 in). 2008-yilda IUCN tomonidan eng kam xavf ostida boʻlgan turlar qatoriga kiritilgan[2]. „Pugolovka“ soʻzi ukraincha „ itbaliq“ soʻzidan olingan.

Granular pugolovka
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Hayvonlar
Sinf: Baliqlar
Turkum: Benthophilus
Binar nomi
Benthophilus granulosus

Tavsif

tahrir

Benthophilus granulosusning boshi tekis. Tana rangi baliq yashaydigan yashash joyiga bogʻliq. Benthophilus granulosus oʻz turdoshlaridan tanasini zich siqilgani va yuqoridan qaralganda aniq ajralib turadigan 3 ta qora dogʻi bilan farqlanadi. Benthophilus granulosusning boshi tomonida qora nuqtalar ham bor[3][4]. Donador pugolovka oʻzining hayot siklini toʻgʻridan-toʻgʻri lichinka sifatida boshlaydi. Lichinkalar voyaga yetgan baliqdan tangachasi yoʻqligi bilan farqlanadi[4]. Bu turga mansub baliqlar bir yildan ortiq yashamaydi.

Yashash joyi

tahrir

Benthophilus granulosus shoʻr va chuchuk suvlarda yashaydi; shoʻrlanish darajasi past boʻlgan zonalarda koʻplab uchratish mumkin[2]. Donador pugolovka Ural va Volga daryolari atrofida shimoliy va sharqiy qirgʻoqlarda koʻp[4].

Hayot davrasi

tahrir

Benthophilus granulosus taxminan bir yil umr koʻradi va 6-7 oyda jinsiy yetuklikka erishadi. Apreldan iyulgacha sayoz suvlarda tuxum qoʻyadi[5]. Benthophilus granulosus tuxumlardan „itbaliq“ chiqadi[4]. Donador pugolovkaning hayot sikli taxminan bir yilni tashkil etadi. Donador pugolovkalarning hammasi tuxum qoʻygandan keyin koʻp oʻtmay nobud boʻladi[4]. Urgʻochi pugolovkalar erkaklardan oldin halok boʻladi.

Bu tur ancha kichik boʻlganligi va suv tubiga yaqin joyda yashaganligi sababli koʻproq bentos organizmlar bilan oziqlanadi. Benthophilus granulosus mizidlar, amfipodlar, ikki pallalilar, hasharotlar va boshqalarni isteʼmol qiladi[4].

Manbalar

tahrir
  1. Boldyrev V. S., Bogutskaya N. G. (2007) Revision of the tadpole-gobies of the genus Benthophilus (Teleostei: Gobiidae).
  2. 2,0 2,1 Freyhof, J. & Kottelat, M. (2008). "Benthophilus granulosus". The IUCN Red List of Threatened Species. 2008: e. T135682A4180004. doi:10.2305/IUCN.UK.2008.RLTS.T135682A4180004.en.
  3. Andoza:FishBase
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 Bogutskaya. „453: Volga Delta - Northern Caspian Drainages“. Freshwater Ecoregions of the World. 2015-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-aprel.
  5. Berg, L.S. „Freshwater fishes of the U.S.S.R. and adjacent countries. volume 3, 4th edition“. Encyclopedia of Life. Qaraldi: 2015-yil 10-fevral.