Grazia Deledda
Grazia Maria Cosima Damiana Deledda (27-sentyabr 1871, Nuoro, Sardiniya — 15-avgust 1936, Rim) — italyan adibasi. Ijodi 19-asr oxirida italyan adabiyoti, operasi va tasviriy sanʼatida vujudga kelgan realistik yoʻnalishning verizm oqimiga yaqin. Deledda roman va qissalari Sardiniya dexdonlari va baliqchilari hayotiga bagʻishlangan ("Sardiniya hikoyalari", 1894). Deleddaning "Elias Portolu" (1903), "Kul" (1904), "Vatan sogʻinchi" (1905), "Ona" (1920) asarlari ruhiy kechin-malarga boy, oʻzi tugʻilgan joy tabia-tini lirik tasvirlagan. Nobel mukofoti laureati (1926).[3]
Grazia Deledda | |
---|---|
Grassia Deledda | |
![]() | |
Tavallud sanasi | 27-sentyabr 1871 |
Vafot sanasi | 15-avgust 1936[1] |
Fuqaroligi | Kingdom of Italy |
Asarlari tili | Sard tili, Italyan tili[2] va Fransuz tili |
ManbalarTahrirlash
- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ "DELEDDA (Deledda) Gratsiya" OʻzME. D-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil