Gregory Lawler
Gregory Lawler (talaffuzi: Gregori Louler) (1955-yil 14-iyulda tugʻilgan) — amerikalik matematik. Ehtimollar nazariyasi hamda Schramm–Loewner evolyutsiyasi boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 2019-yil Jean-François Le Gall bilan bir qatorda Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.
Gregory Lawler | |
---|---|
Tavalludi |
14-iyul 1955-yil |
Fuqaroligi | AQSh |
Sohasi | Matematika |
Ish joylari |
Duke universiteti Cornell universiteti Chicago universiteti |
Taʼlimi | Princeton universiteti |
Akademik rahbarlari | Edward Nelson |
Mashhur ishlari | Schramm–Loewner evolyutsiyasi |
Mukofotlari |
George Pólya mukofoti (2006) Wolf mukofoti (2019) |
Lawler 1979-yil Princeton universitetidan PhD darajasini olgan. 1979–2001-yillarda Duke universitetida, 2001–2006-yillarda Cornell universitetida ishlagan. 2006-yildan beri Chicago universiteti xodimidir.