Gruziya — Polsha munosabatlari


Gruziya — Polsha munosabatlari — Gruziya va Polsha oʻrtasidagi diplomatik aloqalar XV asrda boshlangan. Zamonaviy sub’ektlar oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar 1992-yil 28-aprelda oʻrnatilgan.

Gruziya — Polsha munosabatlari

Georgia

Polsha

Gruziya-Polsha munosabatlari tarixi tahrir

1495-yilda Kartli qiroli Konstantin II turklarga qarshi kurashda yordam soʻrab gʻarbga elchilar yuboradi. Missiyaning yakuniy maqsadi Rim papasi va ispan qirollari Ferdinand va Izabella qoʻllashi edi. Yoʻlda diplomatlar aka-uka Aleksandr va Yan Yagellonlar hukmronlik qilgan Litva va Polsha qirollik hududlariga tashrif buyurishgan. Ushbu qirolliklar ham Turkiyaning kengayishi bilan bogʻliq muammolarga duch kelishgandi, elchilar Elchilar Litva va Polsha qirolligini ittifoqqa koʻndirishga harakat qilishgan[1].

XVII asrda birlashgan Litva va Polsha Qirolligi va Gʻarbiy Gruziya knyazliklari oʻrtasida faol savdo va diplomatik yozishmalar olib borilgan[1].

  Polsha   Gruziya
Gerbi    
Aholisi 38,383,000 3,688,647
Hududi 312,696 km2 69,700 km2
Aholi zichligi 123/km2 57.6/km2
Poytaxti Varshava Tbilisi
Hukumat Unitar, Prezident boshqaruvidagi konstitutsion respublika Unitar, parlament respublikasi
Rasmiy tili Polyak tili Gruzin tili
Hozirgi rahbari Prezident Anjey Duda
Bosh vazir Mateuz Moravskiy
Prezident Salome Zourabichvili
Bosh vazir Irakli Garibashvili
Diniy mansublik 92.9 % Xritian, 3.1 % Ateist (dinsiz), 1.3 % boshqa dinlar, 2.7 % nomaʼlum 88,1 % xristianlik: —83,4 % gruzin pravoslavligi, −4,7 % Boshqa xristianlar; 10,7 % islom, 1,2 % Boshqalar
Etnik guruh 98 % polyaklar, 2 % boshqalar[2][3] 86,8 % gruzinlar, 6,2 % ozarbayjonlar, 4,5 % armanlar, 0,7 % ruslar, 2,1 % boshqalar
YaIM $1.353 trillion, 17,85 milliard dollar
Aholi jon boshiga YaIM $15,988 $4,808
Inson taraqqiyoti indeksi 0,843 0,754
Xalqaro qoʻngʻiroq kodi +48 +995


Ikki tomonlama aloqalar tahrir

1997-yilda Polsha Respublikasi Tbilisida elchixonasini ochdi. 2001-yilda Gruziyaning Germaniyadagi elchixonasi bir vaqtning oʻzida Polshada ham akkreditatsiyadan oʻtgan. Gruziya elchixonasi Varshavada 2005-yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda.

2013-yil 3-iyundan boshlab Anjey Cheykovski Polshaning Gruziyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi, 2011-yil aprel oyida esa Nikoloz Nikolozishvili Gruziyaning Polsha Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlandi.

2017-yil 30-may kuni Polsha Prezidenti Anjey Dudaning Tbilisiga tashrifi chogʻida Gruziya rahbari Giorgiy Margvelashvili bilan uchrashib qoʻshma deklaratsiya imzoladi. Deklaratsiyaga koʻra Polsha tomoni Gruziyaning NATO va Yevropa Ittifoqiga qoʻshilish intilishlarini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi. Hujjatda ikki davlatni munosabatlarning 100 yilligini nishonlashga tayyorlaydigan tarixchilar qoʻshma komissiyasini tuzish haqida ham soʻz boradi.

2017-yil dekabr oyida Gruziya va Polsha strategik hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni imzoladi[4].

2018-yilning 5-noyabr kuni Gruziya parlamenti rahbari Irakliy Kobaxidze va Tbilisida rasmiy tashrif bilan boʻlgan Polsha Seymi marshali Marek Kuchcinski ikki davlat parlament assambleyasi nizomini imzoladilar[5].

2008-yil voqealariga Polshaning pozitsiyasi tahrir

Janubiy Osetiyadagi Besh kunlik urush paytida Polsha Gruziya tomonida boʻlib, Rossiyaning ruslarning oʻldirilishi uchun javob qaytarganini qoraladi. Polshaning oʻsha paytdagi prezidenti Lex Kachinski quyidagicha fikr bildirdi[6]:

Bugun Gruziya, ertaga — Ukraina, indinga — Boltiqboʻyi mamlakatlari, keyin esa mening mamlakatim — Polshaga navbat keladi..

Doimiy diplomatik vakolatxonalar tahrir

Gruziyaning Varshavadagi elchixonasi
Gruziyaning Vrotslavdagi faxriy konsulligi

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir