Gulhumor Abdullayeva – teatr, kino va dublyaj aktrisasi. 1976-yil 22-aprel kuni Andijon viloyati Izboskan tumanida tugʻilgan. U teatr, kino va dublyaj sohasida koʻplab ijodiy loyihalarda ishtirok etgan va oʻzining yorqin rollari bilan tomoshabinlar eʼtiborini qozongan.

Taʼlim va Kasbiy Faoliyati

tahrir

Gulhumor Abdullayeva oʻzining dastlabki taʼlimini mahalliy maktabda olgan. 1993-1997-yillarda Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent Davlat sanʼat institutida drama va kino aktyori yoʻnalishida tahsil olgan. Uning sanʼatga boʻlgan muhabbati va iqtidorini institutda oʻqiyotgan paytdayoq sezilgan.

Maktabni tamomlagach, 1997-2001-yillarda Andijon viloyatidagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan gimnaziyada toʻgarak rahbari sifatida faoliyat olib borgan. Bu davrda u yosh isteʼdodlarni kashf etishda va ularning rivojlanishiga hissa qoʻshgan.

2002-2023-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida butafor-dekorator sifatida ishlagan. Bu davrda u teatrda sahna dekoratsiyalarini yaratishda va ularni tayyorlashda faol ishtirok etgan.

Teatr Faoliyati

tahrir

Gulhumor Abdullayeva 2007-2009-yillarda Oʻzbek milliy akademik drama teatrida aktrisa sifatida ishlagan. Uning teatr sahnalaridagi rollari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  1. "Usmon Nosir" – Munavvara (sahnalashtiruvchi rejissor: Marat Azimov)
  2. "Makr va muhabbat" – Sofi (sahnalashtiruvchi rejissor: Turgʻun Azizov)
  3. "Tun albatta oʻtadi" – Mariya (sahnalashtiruvchi rejissor: Aleksandr Gamirov)
  4. "Jiydali qaerda" – oq kabutar (sahnalashtiruvchi rejissor: Marat Azimov)
  5. "Halala" – Zahro (sahnalashtiruvchi rejissor: Nodira Mahmudova)
  6. "Neksiya" – Nilufar (sahnalashtiruvchi rejissor: Marat Azimov)
  7. "Andishali kelinchak" – mardikor ayol (sahnalashtiruvchi rejissor: Munavvara Abdullayeva)
  8. "Talvasa" – Latofat (sahnalashtiruvchi rejissor: Tojiboy Isroilov)
  9. "Uvaysiy" – shoiraning shogirdi (sahnalashtiruvchi rejissor: Valijon Umarov)
  10. "Tortadurman jabrini" – Oygul (sahnalashtiruvchi rejissor: Tojivoy Isroilov)

Abdulla Qahhor nomidagi Oʻzbekiston davlat satira teatrida:

  1. "Internet kelin" – amma (sahnalashtiruvchi rejissor: Mansur Holiqov)
  2. "Qoʻsh arafa yuki" – Meri (sahnalashtiruvchi rejissor: Mansur Holiqov)
  3. "Quduq" – qiz (sahnalashtiruvchi rejissor: Joʻra Roʻzimatov)

„Turon“ davlat harbiy teatrida:

  1. "Oʻlan" – Zulfiya (muallif: Shahodat Isaxonova)
  2. "Xoʻja Nasriddin" – Guljon (muallif: V.Solovyev)
  3. "Yashash uchun kechikma" – Yulya (muallif: Nodar Dumbadze)
  4. "Chachvon" – Bashorat (muallif: Sharof Boshbekov)
  5. "Tilla tabassumlar" – Shirvon (muallif: Abdulla Qodiriy)
  6. "Jaloliddin Manguberdi" – Chingizxonning kelini (muallif: …)
  7. "Chiston" – ustaning birinchi ayoli (muallif: Narine Abgaryan)

Kino Faoliyati

tahrir

Gulhumor Abdullayeva kino sohasida ham katta muvaffaqiyatlarga erishgan. U ellikka yaqin kino-seriallarda rol ijro etgan. Quyida uning kino sohasidagi asosiy rollari keltirilgan:

  1. "Orzu ortida" (2005) – Lobar (rejissor: Yolqin Toʻychiyev)
  2. "Chashma" (2006) – Rahmat akaning qizi (rejissor: Yolqin Toʻychiyev)
  3. "Kelgindi kelin" (2006) – Hamidning opasi (rejissor: Rustam Saʼdiyev)
  4. "Jazo" (2007) – sotuvchi ayol (rejissor: Akbar Bekturdiyev)
  5. "Panoh" (2007) – ilmiy rahbar (rejissor: Rustam Saʼdiyev)
  6. "Zabarjad" (2007) – Adolat (rejissor: Bahodir Odilov)
  7. "Notanish" (2007) – shifokor (rejissor: Yolqin Toʻychiyev)
  8. "Ada emas, dada" (2009) – qoʻshni ayol (rejissor: Mirmaqsud Oxunov)
  9. "Uqubat" (2009) – yanga (rejissor: Orif Yoʻldoshev)
  10. "Uchar qiz" (2010) – qoʻshni ayol (rejissor: Yolqin Toʻychiyev)
  11. "Dada" (2010) – xola (rejissor: Abduvohid Gʻaniyev)
  12. "Kechikkan hayot" (2011) – uy egasi (rejissor: Ayub Shahobiddinov)
  13. "Jasur" (2011) – garovga olingan ayol (rejissor: Bahodir Odilov)
  14. "Aldangan ayol" (2011) – oʻqituvchi (rejissor: Hilol Nasimov)
  15. "Sehrli qalpoqcha" (2012) – oʻqituvchi (rejissor: Sarvar Karimov)
  16. "Janob qoravul" (2012) – … (rejissor: Otabek Mirzaxolov)
  17. "Zirapcha" (2012) – Halima (rejissor: Akrom Isakov)
  18. "Tubanlik" (2012) – shifokor (rejissor: Hilol Nasimov)
  19. "Ojiza" (2013) – ona (rejissor: Durdona Toʻlaganova)
  20. "Hasan ibn Husan" (2013) – Olimning xotini (rejissor: Javlon Shodmonov)
  21. "Bekatdagi odam" (2013) – militsiya xodimasi (rejissor: Temur Musoqov)
  22. "Muhabbatimsan" (2014) – Durdona Toʻlaganova (rejissor: Jondir Sagdiyev)
  23. "Vaqt" (2016) – ona (rejissor: Nodira Murodxoʻjayeva)
  24. "Nomus" (2016) – Lola (rejissor: Hilol Nasimov)
  25. "Novda" – … (rejissor: Zulfiqor Musoqov)
  26. "Xazonrezgi" – … (rejissor: Zulfiqor Musoqov)
  27. "Issiq non" (2018) – … (rejissor: Umid Hamdamov)
  28. "Katta hovli" – … (rejissor: Nilufar Ibrohimxoʻjayeva)
  29. "Ayriliq-2" – … (rejissor: Durdona Toʻlaganova)
  30. "Yoʻqotilgan jannat" (2016) – … (rejissor: Sherzod Umarov)
  31. "Puling boʻlsa" (2023) – labarant (rejissor: Ilhom Muhammadibrahimov)
  32. "Merskvich" – xola (rejissor: Dilmurod Masaidov)