Gulia Dmitriy Iosifovich (1874-yil 21-fevral, Suxumi, Uarcha qishlogʻi – 1960-yil 7-aprel, Abxaziya, Agudzer qishlogʻi) – Abxaziya xalq shoiri (1937), yangi abxaz adabiyotining asoschisi; Abxaz teatri truppasi tashkilotchilaridan biri (1921).

Gulia Dmitriy Iosifovich
Tavalludi 21-fevral 1874-yil
Suxumi, Uarcha qishlogʻi
Vafoti 7-aprel 1960-yil(1960-04-07)
(86 yoshda)
Abxaziya, Agudzer qishlogʻi
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va SSSR
Kasbi Shoir
Mukofotlari ||||||

Gulia koʻplab doston, drama, roman, ballada, masal, lirik sheʼrlar yozgan. Uning asarlarida Abxaziyaning goʻzal tabiati, xalqining mehnatsevarligi, turli millatlar doʻstligi, abxazlarning turmush tarzi tasvirlangan. „Ona shahrim“, „Abxaziyada bahor“, „Choʻpon haqida qoʻshiq“ singari asarlari abxaz sheʼriyatining eng yaxshi namunalaridan hisoblanadi. Gulia abxaz nasri (hikoyachiligi)ning ham asoschisi („Begona yurtlarda“ (1919) va boshqalar). Xalq qismati haqida hikoya qiluvchi „Kamachich“ (1940) romani bilan milliy romanchilikni boshlab bergan. „Sharpalar“ (1946) dramasi abxaz teatrlari repertuaridan mustahkam oʻrin olgan. Gulia xalq ogʻzaki ijodi, tarix, til, adabiyot, etnografiyasiga oid ilmiy asarlar, shuningdek, „Abxaziya tarixi“ va boshqa qator darslik va oʻquv qoʻllanmalari muallifi. K. Machavariani bilan hamkorlikda abxaz alifbosini tuzgan (1892).

Mukofotlari

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil