Gulshan ul-muluk
Gulshan ul-muluk (Hukmdorlarning gulzori) — nomli tarixiy asar, muallifi XVIII asr 70-yillari — XIX asr 30-yillari tarixchisi Muhammad Yaʼqub Buxoriydir.
Tarixi
tahrirMuhammad Yaʼqub Buxoriy Amir Doniyolbiyning o‘n ikkinchi o‘g‘li boʻlib, boshqa bir ismi Kenja Alibek tug‘ilgan yili va vafoti maʼlum emas. N. D. Mikluxo-Maklayning fikricha XVIII asrning 70-yillari XIX asrning 30-yillarida yashagan. Asar fors tilida yozilgan bo‘lib, Sharq tarixining islomning dastlabki yillaridan to Amir Nasrullogacha (1827—1860) bo‘lgan davrini o‘zida aks ettiradi. „Gulshan ul-muluk“ asari oʻzining sodda bayoni, aniq sana va faktlarga boyligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa manbada mangʻitlar va ular bilan qardosh boʻlgan beklarga oid shajaraviy maʼlumotlar boshqa manbalarda bunday toʻliq uchramaydi[1]. Asar anʼanaga koʻra, Muhammad paygʻambar davridan boshlab, birinchi mangʻitlar davri hukmronligi davrigacha boʻlgan umumiy tarix haqida qisqacha maʼlumot berilgan. Asarning soʻnggi qismida Shayboniylar davridan to 1830-yilgacha boʻlgan davr tarixi, Amir Nasrulloxoning Buxoro tarixi uchun olib borgan kurashlari toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud. Asarda Shayboniylar, Ashtarxoniylar va Mang‘itlar davriga mos ravishda boblar qo‘shilgan. Asosiy eʼtibor Mang‘itlar davrini yoritishga bag‘ishlangan. „Gulshan ul-muluk“ asarining ikki tahriri maʼlum bo‘lib, birida Amir Haydar hukmdor ekanligi muqaddimada keltirilgan. Ikkinchi tahrirda esa, Buxoro hukmdori sifatida — Amir Nasrulloxon tilga olinadi. Oʻzbekiston Respublikasi FA Sharqshunoslik institutida „Gulshan ul-muluk“ning 4 ta qo‘lyozma nusxasi mavjud. Asarda Buxoro amirlaridan Doniyolbiy otaliq, Amir Shohmurod, Amir Haydar va Amir Nasrullo davridagi siyosiy voqealar muallif ko‘rganlari asosida yozilgan[2].