Guzmics Richard (veng.: Guzmics Richárd) 1987-yil 16-aprelda Vengriyada tugʻilgan. Vengriyalik futbolchi „Yanbian Fude“ klubi va Vengriya terma jamoasi himoyachisi.

Guzmics Richard Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Taxallusi veng. Ricsi, angl.Richie
Tugʻilgan 16-aprel 1987-yil(1987-04-16)[1]

(35 yosh)
Sombatxey, Vengriya

Fuqaroligi
Boʻyi 190 sm
Vazni 88 kg
Pozitsiyasi himoyachi
Hozirgi jamoasi
Klub Flag Kitayskoy Narodnoy Respubliki Yanbyan Fude
Raqib 26
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyati tahrir

 
Guzmich Haladás klubi tarkibida

Guzmics Richard faoliyatini „Haladás“ klubida boshlagan. 2005-yilda Vengriya chempionatida debyut qilgan. „Haladás“ uchun Richard toʻqqiz mavsum oʻynadi va 247 oʻyin bilan klub rekordchilaridan biri hisoblanadi. 2014-yilning yozida Guzmics Richard „Wisła Kraków“ga koʻchib oʻtdi[2]. 28-sentabr kuni „Krakoviya“ga qarshi oʻyinda u Polsha Ekstraklasasida debyut qildi[3]. 2016-yilning 1-oktabr kuni „Visla Plok“ga qarshi kechgan bahsda Richard jamoadagi ilk golini urdi[4].

2017-yil boshida Guzmics Richard Xitoyning „Yanbian fude“ga koʻchib oʻtdi. 5-mart kuni u Xitoy Superligasidagi debyutini „Chongsin Lifan“ga qarshi o‘tkazdi[5]. 10-sentabr kuni „Pekin Guoan“ga qarshi bahsda Richard oʻzining birinchi golini „Yanbian Fude“ darvozasiga kiritdi[6].

Xalqaro faoliyati tahrir

2012-yil 14-noyabrda Norvegiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Guzmics Richard Vengriya terma jamoasi safida debyut qildi[7]. 2015-yilning 7-sentabrida Shimoliy Irlandiyaga qarshi 2016-yilgi Yevropa chempionati saralashida Richard terma jamoadagi ilk golini urdi[8].

Guzmics Vengriyaning Euro-2016 terma jamoasiga tanlangan. 2016-yil 14-iyun kuni Guzmics UEFA Euro-2016 F guruhidagi Fransiyada Avstriya ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozongan birinchi guruh o‘yinida maydonga tushdi. Uch kundan soʻng, 2016-yil 18-iyunda u Marseldagi „Stade Velodrom“ stadionida Islandiyaga qarshi 1:1 hisobida durang oʻynadi. Shuningdek, u 2016-yil 22-iyun kuni Liondagi „Parc Olympique Lion“ stadionida Portugaliya bilan 3:3 hisobida durang o‘ynagan guruhdagi so‘nggi o‘yinda maydonga tushdi.

Statistika tahrir

Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2015-yil 7-sentabr Windsor Park, Belfast, Shimoliy Irlandiya   Shimoliy Irlandiya 0: 1 1: 1 Yevropa chempionati-2016 saralash
2. 2017-yil 7-oktabr Sent-Yakob parki, Bazel,Shveytsariya   Shveysariya 4: 1 5: 2 JCh-2018 saralashi

Manbalar tahrir

  1. Richárd Guzmics // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
  2. „Légiósok: Guzmics aláírt a Wisla Kraków-hoz - hivatalos“. Nemzeti Sport (2014-yil 10-sentyabr). 2018-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-yanvar.
  3. „Краковия VS. Висла Краков 1:0“ (en). soccerway.com (2014—09—28). 2015-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-yanvar.
  4. „Висла Плоцк VS. Висла Краков 2:3“ (en). soccerway.com (2016—10—01). 2018-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-mart.
  5. „Чунцин Лифань VS. Яньбянь Фуде 0:0“ (en). soccerway.com (2017—03—05). 2018-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-mart.
  6. „Бэйцзин Гоань VS. Яньбянь Фуде 4:4“ (en). soccerway.com (2017—09—10). 2018-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-mart.
  7. „Венгрия VS. Норвегия 0:2“ (en). soccerway.com (2012—11—14). 2013-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-yanvar.
  8. „Северная Ирландия VS. Венгрия 1:1“ (en). soccerway.com (2015—09—07). 2020-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-yanvar.