Habibulla Gʻaybullayevich Rahimov (1946.31.10, Tojikistonning Xujand tumani) — kompozitor, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (2001). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1974). Qodiriy nomidagi Madaniyat institutida oʻqituvchi (1977—89), hozirgi Oʻzbekiston konservatoriyasida dotsent (1990-yildan), Oʻzbekiston bastakorlar uyushmasi kotibi (1992-yildan). 3 simfoniya, turli (alt, violonchel, ovoz, fortepiano, qashqar rubobi va boshqalar) sozlar uchun konsertlar va konsertinolar, "Ona qalbi", "Alpomish va Oybarchin" operalari, shuningdek, "Parvona", "Kelin tanlov" kabi musiqali drama va komediya, oratoriya va kantata, puflama sozlar orkestri, oʻzbek xalq cholgʻulari orkestri uchun, arab, turk, yapon, koreys va boshqa xalqlar kuylari asosida kamer orkestr uchun musiqalar, kamervokal, kamercholgʻu asarlar yozgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil