Halima Alimovna Alimova — (1940-yil, 21-aprel, Namangan, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — taniqli oʻzbekistonlik olima. Texnika fanlari doktori (1994), professor (1991).

Halima Alimova
Tavalludi 21.04.1940
Namangan, O'zbekiston SSR
Fuqaroligi  Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Sohasi texnika
Mukofotlari


Tarjimayi holi tahrir

Halima Alimova 1940-yil 21-aprelda Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumanida tavallud topgan. Oliy maʼlumotli. Texnika fanlari doktori (1994), professor (1991). U 1961-yil Toshkent to’qimachilik institutini tugatgan. Halima Alimova dastlabki mehnat faoliyatini Margʻilon ipak kombinatida boshlagan. U 1970—1990-yillar Oʻzbekiston SSR yengil sanoat vaziri oʻrinbosari, Davlat plan qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston SSR oliy soveti deputati, Sobiq ittifoq xalq deputati, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari raisi, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, 1990—2005-yillar Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti rektori, 2005-yildan buyon „Ipak texnologiyasi“ kafedrasi professori. Halima Alimova hozirgi kunda jamoat ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda[1].


Ilmiy faoliyati tahrir

Halima Alimova ipakning chiqindisiz texnologiyasini, toʻqimachilik texnika-texnologiyasini yaratish boʻyicha oʻz ilmiy maktabini yaratdi. U oʻz sohasi boʻyicha 400 dan ortiq ilmiy maqola, 2 ta darslik, 52 ta patent, 12 ta monografiya muallifi. Halima Alimova 7 nafar texnika fanlari doktori, 9 nafar texnika fanlari nomzodini tayyorlagan. U Xitoyning Sichuan yengil va qog’oz sanoati universiteti hamda Ivanovo to’qimachilik akademiyasining faxriy professori, „Xalqaro to’qimachilik Akademiyasi“ ning akademigi, „Nufuzli tinchlik elchisi“ faxriy unvoniga ega[2].

Mukofotlari tahrir

Halima Alimovaning ilmiy faoliyati va davlat oldidagi xizmatlari munosib baholanib, 1966-yil II darajali Fidokorona mehnati uchun medali, 1976-yil Hurmat belgisi ordeni, 1991—2001-yil Mustaqillik ko’krak nishoni, 2017-yil Doʻstlik ordeni, 2018-yil Mehnat faxriysi I darajali koʻkrak nishoni bilan mukofotlangan.

Manbalar tahrir

  1. Alimova Halima
  2. Jovliyev I, Yaxshiboyeva U, Arzikulova D, Hasanova L. Oʼzbekiston ayollari. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2019 — 224 bet. ISBN 978-9943-07-694-5.