Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
Barpo etilishi
tahrirOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 19-fevral kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifida Guliston shahrida xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabi tashkil etilishi boʻyicha taklif bergan[1]. Oʻsha yilning mart oyida bu maktabga tamal toshi qoʻyildi hamda 2019-yil 18-may kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan „Guliston shahrida Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqur o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatni tashkil etish to‘g‘risida“gi qaror chiqarildi[2][3]. 25-avgustigacha qurib foydalanishga topshirilishi kutilgan[2].
Dars programmasi
tahrirPrezident taʼlim muassasalari agentligiga qarashli Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib o'qitishga ixtisoslashtirilgan. Shuningdek, 12 turdagi to'garaklar o'z faoliyatini yuritadi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabi ochildi“. Qaraldi: 2023-yil 19-yanvar.
- ↑ 2,0 2,1 „Gulistonda Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining tamal toshi qoʻyildi“ (2019-yil 13-mart). 2023-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-yanvar.
- ↑ „Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabiga direktor tayinlandi“ (2019-yil 31-iyul). Qaraldi: 2023-yil 19-yanvar.