Harold Rhode (talaffuzi: Herold Rooʻd) (1949-yil 19-sentabrda tavallud topgan) — AQShlik sharqshunos va siyosiy sharhlovchi. U 28 yil Pentagonda analizchi boʻlib ishlagan.[1] Harold Rhode musulmon mamlakatlarida oʻqib sayohat qilgan. Misr, Isroil, Siriya, Iordaniya, Eron, Afgʻoniston, Turkiya, Oʻzbekiston va Qozogʻiston kabi mamlakatlarning universitet va kutubxonalarida izlanishlar olib boran. Rhode arab, ivrit, fors, ingliz va turk tillarini biladi.[2]

Harold Rhode
Tavalludi 19-sentyabr 1949-yil (1949-09-19) (74 yosh)
Fuqaroligi AQSh

Taʼlimi tahrir

Harold Rhode 1949-yil 19 sentabrda Filadelfiyada tugʻilan. U Kolumbiya Universitetidan Islom dinining tarixi boʻyicha Ph.D. darajasini olgan. Xususan, u turklar, arablar va eronliklar tarixini oʻrgangan. Eronda Ruhulloh Homayniyni davlat tepasiga olib kelgan koʻtarilish paytida Harold Rhode Erondagi Firdavsiy Universitetida tahsil olayotgan boʻlgan.[3][4]

Faoliyati tahrir

1979-yildan 1981-yilgacha Harold Rhode Delaware universitetida Islom dinining tarixini oʻqitgan. 1982-yil mayda Pentagonda AQSh Mudofaa Ministri Yordamchisi Ofisiga muluslom dunyo boʻyicha mutaxassis boʻlib ishga kiradi. U asosan Turkiya, Eron va Iroq haqida izlanishlar olib borgan. Bu ishini Rhode 2010-yil yakunlagan. Ishlagan payida Turkiya, Eron, Iroq, Oʻrta Osiyo va boshqa arab mamlakatlari haqida izlanish olib borgan.

Fors qoʻltigʻida boʻlib oʻtgan urush davomida Rhode AQSh Mudofaa Ministrligida Turkiya boʻyicha ish olib borgan. Bu ishda ministrlikdagi ishchilar uchun Eron, Iroq va boshqa Oʻrta sharq mamlakatlari haqida ilmiy maʼruzalar yozgan.

1991-yildan 1994-yilgacha Harold Rhode Mudofaa Ministrligining rejalashtirish guruhida ishlagan. Bu lavozimda ham Rhode Oʻrta sharq va Oʻrta Osiyo mamlakatlari haqida ilmiy ishlar yozgan.

1994-yildan 2010-yilgacha Harold Rhode Pentagonda joylashgan Baholash Ofisida Islomiy ishlar boʻyicha maslahatchi boʻlib ishlagan.

Manbalar tahrir

  1. Levinson, Charles. „Isroilning Eron oppozitsiyasiga boʻlgan ishonchi qoʻllab-quvvatlandi (ingl.). Wall Street Journal (2010-yil 10-mart). Qaraldi: 2012-yil 21-iyul.
  2. Evyatar, Ilan. „Pentagonning izlanish markazidan (ingl.). Jerusalem Post. Qaraldi: 2012-yil 21-iyul.
  3. Evyatar, Ilan. „Erondagi "Telba"lar haqida (ingl.). Jerusalem Post (2010-yil 9-aprel). Qaraldi: 2012-yil 26-oktyabr.
  4. Chehab, Zaki. Iroq olov qaʼrida: koʻtarilish ichida. I.B.Tauris, 2006 — 78 bet. ISBN 978-1-84511-110-6. 2010-yil 16-aprelda qaraldi. 

Havolalar tahrir