Jacob Harry Maguire (1993-yil 5-martda tugʻilgan) — ingliz professional futbolchisi, Premier Leaguening „Manchester Yunayted“ klubi va Angliya terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Harry Maguire
2018-yil Angliya safida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jacob Harry Maguire[1]
Tavallud sanasi 5-mart 1993-yil (1993-03-05) (31 yosh)[2]
Tavallud joyi Sheffield, Angliya
Boʻyi 6 feet 4 inches (1.94 m)[3]
Ampluasi Markaziy himoyachi[4]
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Manchester United
Raqami 5
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000-2011 Sheffield United
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011-2014 Sheffield United 134 (9)
2014-2017 Hull City 54 (2)
2015 → Wigan Athletic (ijara) 16 (1)
2017-2019 Leicester City 69 (5)
2019- Manchester United 102 (4)
Milliy terma jamoa
2012 Angliya U21 1 (0)
2017- Angliya 46 (7)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(22-may uchun)

Maguire 2011-yilda yoshlar jamoasidan Sheffield United asosiy jamoasiga oʻtgan. U klub uchun jami 166 professional oʻyin oʻtkazdi va ketma-ket uch marta ,,Yilning eng yaxshi oʻyinchisi‘‘ boʻldi, shuningdek, PFA Birinchi Liga uchun yilning eng yaxshi jamoasida ham koʻp marta ishtirok etdi. 2014-yilda u 2,5 million funt sterling evaziga „Hull Siti“ga oʻtdi, uni 2015-yilda „Uigan Atletik“ga ijaraga bergan. U 2017- yilda „Lester Siti“ga 12 million funt sterling evaziga kelib qoʻshilgan edi. Ikki yil oʻtgach, u 80 million funt sterling evaziga „Manchester Yunayted“ga oʻtdi, bu himoyachi uchun jahon rekordi summasi edi va olti oy ichida klub sardori etib tayinlandi.

Maguire 2012-yilda U21 Angliya terma jamoasida bitta oʻyin oʻtkazgan. 2017-yil oktyabr oyida u Angliya terma jamoasining 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati va UEFA Evro-2020 uchun tarkibiga jalb etildi.

Yoshlik tahrir

Maguire Janubiy Yorkshirning Sheffild shahrida tugʻilgan[5] va Mosboro qishlogʻida[6]. Uning akalari Jo va Lorens ham futbolchi[7]. U Spinkhilldagi Immaculate Conception katolik boshlangʻich maktabida[8] va Chesterfilddagi Avliyo Meri Rim-katolik oʻrta maktabida oʻqigan[9]. 7 yoshdan 16 yoshgacha Maguire „Sheffild Yunayted“ akademiyasida markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynadi, bu esa unga bugungi kunda yuqori darajada oʻynaydigan markaziy himoyachiga aylanishiga yordam berdi[10].

Klubdagi faoliyati tahrir

Sheffild Yunayted tahrir

„Sheffild Yunayted“da yoshlar jamoasida, jamoa quyi ligaga tushib ketmaslikga harakat qilgan, Maguire asosiy jamoa tarkibida 2011-yil aprel oyida Kardiff Siti bilan oʻyinda debyut qiladi[11] Oʻsha mavsumda u yana toʻrtta oʻyinda maydonga tushdi, ammo klubning birinchi ligaga tushib ketdi[12].

 
Maguire 2016-yilgi chempionat pley-off finalida „HullCity“ning Sheffild Uensdey" ustidan qozongan g‘alabasidan keyin.

Birinchi jamoadagi oʻrnini mustahkamlagan Maguire 2011-12-Liga Birinchi mavsumining ochilish kunida „Oldxem Athletic“ga qarshi oʻyinda 2:0 hisobidagi gʻalabada oʻzining birinchi golini urdi[13]. U ajoyib formada davom etdi, chunki „Blades“ Birinchi ligadan koʻtarilish uchun harakat qildi va mavsum oxirida klub tomonidan „Yilning eng yaxshi futbolchisi“ va „Yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi“ deb Maguire mukofotlandi[14]. BBC jurnaliga koʻra Maguire 2011-12-yilgi mavsumning birinchi ligada yilning eng yaxshi oʻyinchisi deb tanladi[14].

Hull City tahrir

2014-yil 29-iyulda Maguayr 2,5 million funt sterling evaziga „Hull Siti“ga qo‘shildi[15]. U 21-avgust kuni UEFA Yevropa Ligasi pley-off bosqichining dastlabki uchrashuvida Belgiyaning " Lokeren " klubiga qarshi oʻyinda „yo‘lbarslar“ safida debyut qildi.[16] U Premer-ligadagi debyutini 20-dekabr, „Suonsi Siti“ga qarshi oʻyinning soʻnggi 13- daqiqasida jarohat olgan Kertis Devisning oʻrniga maydonga tushdi[17].

 
Maguire (oʻngda) 2021-yilda "Manchester Yunayted" safida.

Lester Siti tahrir

2017-yilning 15-iyunida Maguayr Premer-liganing „Lester Siti“ klubi bilan dastlabki shartnomasini imzoladi. Uning transferi 12 million funt sterling tushadi va 5 yillik shartnoma imzoladi[18]. Uning debyuti 11-avgust kuni "Arsenal" ga 4:3 hisobidaga mag‘lubiyat bilan boshlandi[19] U 2017-18-yilgi mavsumning har bir oʻyinida oʻynadi va mavsumning eng yaxshi futbolchisi, shuningdek, klubning mavsum yakuni boʻyicha eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi[20].

Manchester Yunayted tahrir

2019-20 yilgi mavsum tahrir

2019-yilning iyul oyida „Manchester Yunayted“ 80 million funt sterling evaziga Maguireni transfer qildi[21]. Transfer 5- avgust kuni yakunlandi, Maguayr yana bir yil varianti bilan olti yillik shartnoma imzoladi[22]. U „Yunayted“ safidagi debyutini Premer-liga mavsumining dastlabki oʻyinida oʻtkazdi, 11-avgust kuni "Chelsi" ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozonilgan va „Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi“ sovrinini Maguire oldi[23].

 
Maguire 2011-yilda „Sheffild Yunayted“ safida

Terma jamoadagi faoliyat tahrir

Yoshlar jamoasi tahrir

 
Maguire 2018-yilgi Jahon chempionatida Angliya terma jamoasi safida.

Maguire Angliya shuningdek, Shimoliy Irlandiya va Irlandiya Respublikasi terma jamoasida o‘ynashi mumkin edi [24] Biroq, u birinchi marta 2012-yilning noyabr oyida Shimoliy Irlandiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida uchun Angliyaning U21 terma jamoasiga chaqirildi[25]. Danny Wilsonning taʼkidlashicha, "U oʻz yoshiga koʻra ajoyib yetuklikka ega, u hamma narsani oʻz zimmasiga oladi va hech narsa uni bezovta qilmaydi. Men ham bu chaqiruvni kutmayman, chunki u juda saviyali xarakterga ega[26]. Shimoliy Irlandiyaga qarshi ushbu o‘yinda Maguayr 60-daqiqada maydonga tushadi Angliya terma jamoasi safida debyut qildi[27].

Milliy terma jamoa tahrir

2017-yilning 24-avgust kuni Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Southgate Maguayrni JCh-2018 saralash bosqichi doirasida Malta va Slovakiyaga qarshi oʻyinlar uchun terma jamoa safiga jalb etdi[28]. U Angliyaning Litva ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonilgan uchrashuvida debyut qildi, bu jamoaning Jahon chempionati saralash bosqichidagi soʻnggi oʻyini edi[29].

Shaxsiy hayot tahrir

Maguire Fern Hawkins bilan unashtirilgan[30]. 2019-yil 3-aprelda Maguire o‘zining Instagram sahifasida Hawkins bilan o‘zining birinchi farzandi Lilli Sent-Maguayr qizini dunyoga kelganini maʼlum qildi. Maguire va Hawkins ikkinchi qizi Piper Rouz 2020-yil 9-mayda dunyoga keldi[31].

Manbalar tahrir

  1. „Updated squad lists for 2019/20 Premier League“. Premier League (2020-yil 6-fevral). Qaraldi: 2020-yil 3-aprel.
  2. „Harry Maguire: Overview“. ESPN. Qaraldi: 2020-yil 3-aprel.
  3. „Harry Maguire: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2018-yil 4-iyul.
  4. Andoza:Hugman
  5. „Harry Maguire“. 11v11.com. AFS Enterprises. Qaraldi: 2020-yil 3-aprel.
  6. Kelner, Martha. „Mosborough to Moscow: England's Harry Maguire a huge source of pride“. The Guardian (2018-yil 5-iyul). Qaraldi: 2020-yil 3-aprel.
  7. „Laurence Maguire – Defender – First Team“. Chesterfield F.C.. Qaraldi: 2017-yil 8-dekabr.
  8. Hall, Danny. „Sheffield United: 'He's just Big H from Mosborough' – How Manchester United's Harry Maguire became the most expensive defender in football history“. The Star (2019-yil 5-avgust). Qaraldi: 2020-yil 3-aprel.
  9. „Chesterfield school welcomes back England star and his Spireite brother“. Derbyshire Times (2018-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 3-aprel.
  10. Association. „Becoming a skilful player: Harry Maguire“ (en). thebootroom.thefa.com. Qaraldi: 2021-yil 3-oktyabr.
  11. „Sheffield Utd vs Cardiff City“. Sheffield United F.C. (2011-yil 12-aprel). 2015-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 12-aprel.
  12. „Sheffield United chief admits 'we got it wrong' after relegation from Championship following Barnsley draw“. The Daily Telegraph (2011-yil 1-may). 2022-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-avgust.
  13. „Blades too sharp for Latics“. Sky Sports (2011-yil 6-avgust). Qaraldi: 2011-yil 7-avgust.
  14. 14,0 14,1 „Evans named in League One team“. The Football League (2012-yil 23-aprel). 2013-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 29-aprel.
  15. „Tigers Complete Maguire And Robertson Deals“. Hull City AFC. 2014-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-iyul.
  16. „KSC Lokeren 1–0 Hull City“. BBC Sport (2014-yil 21-avgust). Qaraldi: 2018-yil 8-iyul.
  17. „Premier League: Ki Sung-yueng's goal gives Swansea 1–0 win at Hull“. Sky Sports (2014-yil 22-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 8-iyul.
  18. „Harry Maguire: Leicester City sign Hull City defender in £17m deal“. BBC Sport (2017-yil 15-iyun). Qaraldi: 2017-yil 16-iyun.
  19. Jurejko, Jonathan. „Arsenal 4–3 Leicester City“. BBC Sport (2017-yil 11-avgust). Qaraldi: 2018-yil 8-iyul.
  20. Stevens. „Maguire bags a brace of awards at end of season dinner“. Leicester City F.C. (2018-yil 1-may). Qaraldi: 2018-yil 7-iyul.
  21. Stone. „Harry Maguire: Manchester United bid £70m for Leicester City defender“. BBC Sport (2019-yil 2-iyul). Qaraldi: 2019-yil 2-iyul.
  22. „Maguire signs for United“. Manchester United (2019-yil 5-avgust). Qaraldi: 2019-yil 5-avgust.
  23. Smyth, Rob. „Man Utd 4–0 Chelsea“. The Guardian (2019-yil 11-avgust). Qaraldi: 2019-yil 11-avgust.
  24. „english-players-irish-roots“. Irish Central (2021-yil 11-iyun). Qaraldi: 2021-yil 11-iyun.
  25. „Duo called up to under-21s“. The Football Association (2012-yil 11-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 12-noyabr.
  26. „Recognition deserved“. Sheffield United F.C. (2012-yil 12-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 12-noyabr.
  27. „Harry makes England bow“. Sheffield United F.C. (2012-yil 13-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 13-noyabr.
  28. „England: Nathaniel Chalobah and Harry Maguire in squad for World Cup qualifiers“. BBC Sport (2017-yil 24-avgust). Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
  29. McNulty, Phil. „Lithuania 0–1 England“. BBC Sport (2017-yil 8-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 8-oktyabr.
  30. McCallum, Shiona. „Harry Maguire memes himself with 'put the bins out' caption“. BBC News (2018-yil 9-iyul). Qaraldi: 2018-yil 25-avgust.
  31. Keating. „Maguire welcomes second child as Man Utd skipper shares news with adorable post“. Mirror (2020-yil 9-may). Qaraldi: 2020-yil 25-noyabr.