Harry Potter (qahramon)

J. K. Rowlingning romanlar to‘plami

Harry James Potter (talaffuzi: Harri Jeyms Potter) J. K. Rowling qalamiga mansub Harry Potter turkum romanlaridagi xayoliy qahramondir.

Harry Potter
Harry Potter obrazi

Daniel Radcliffe Harry Potter sifatida
(Harry Potter va Ajal tuhfasi: 2-qism filmidan)
Ilk bora koʻringan Harry Potter va hikmatlar toshi
Soʻnggi bora koʻringan Harry Potter va Ajal tuhfasi: 2-qism
Muallif(lar) J. K. Rowling
Jonlantirgan(lar) Daniel Radcliffe
Ovoz bergan(lar)
Umumiy maʼlumotlar
Toʻliq ismi Harry James Potter
Oilasi James Potter (otasi)
Lily Potter (onasi)
Bolalari
  • James Sirius Potter
  • Albus Severus Potter
  • Lily Luna Potter
Millati Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Tugʻilgan sanasi 31-iyul 1980-yil

Tarjimai holi tahrir

Ilk yillar (1980—1981) tahrir

Harry James Potter 1980-yil 31-iyul kuni (J. K. Rowling bilan bir kunda) tugʻilgan, ota-onasi — James va Lily Potterlar. James Potterning eng yaqin doʻsti Sirius Black, Harryning choʻqintirgan otasi boʻladi. Sirius, James va Lily Qaqnus ordeni — Qora Lord Voldemortga qarshi jon-jahdi bilan kurashuvchi insonlar guruhi tarkibiga kirganlar. Ular son jihatidan ustuvorlik qilmaganlar, ammo koʻp yoʻqotishlarga qaramasdan kurashishni davom ettirganlar. James va Lily Lord Voldemort qoʻli oʻlimidan uch marta saqlanishga muvaffaq boʻlganlar.

Harry tugʻilishidan oldin bir vahiy aytiladi — iyul ohirida yoki avgustning boshida Zulmat Lordini yengmasa, Zulmat Lordi uni oʻldirishi tayin boʻlgan bola tugʻiladi. Vahiyning shartlariga 31-iyulda tugʻilgan Harry va 30-iyulda tugʻilgan Nevill Longbottom mos keladilar. Lord Voldemort oʻzining tarafdori Severus Sneggdan vahiyning bir qismini eshitib, bolani oʻldirishga qaror qiladi. Oʻzining oʻljasi sifatida Voldemort Harryni tanlaydi. James va Lily Voldemort Harryni oʻldirmoqchi boʻlayotganini bilib, Qora Lorddan berkinish uchun 1981-yilning oktyabrida Sadoqat afsunini ishlatadilar. Baxtga qarshi, ohirgi soniyada James Potterning eng yaqin doʻsti Sirius Black Sirning Saqlovchisi sifatida oʻzining oʻrniga Peter Pettigrewni tanlashga Potterlarni undaydi. Keyinchalik, Peter Pettigrew sotqin va Voldemortning aygʻoqchisi boʻlib chiqadi va ularning saqlanish joyini xursandchilik bilan ochib beradi.

1981-yil 31-oktyabr kechqurun Zulmat Lordi Godrik Jarligida paydo boʻladi, u yerda magllar koʻrinishida James va Lily berkinayotgan paytda ularga hujum qiladi. James oilasini himoya qilishga harakat qiladi, ammo jangda halok boʻladi. Zulmat Lordi Lilyni avf etmoqchi boʻladi, lekin u uning yoʻlini toʻsib oʻgʻlini himoya qiladi. Shunda u Harryga yetmoq uchun Lilyni oʻldiradi. Lilyning bu shahidligi Harry uchun hayotbaxsh masalaga oʻgirilib, chaqaloqni himoyalovchi qadimgi sehrga aylanadi. Voldemort Avada Kedavra sehrli soʻzini Harryga qarshi qoʻllaganida, Lilyning shahidlik himoyasi Soʻzni qaytaradi va unga teskari hususiyat beradi. Qaytarilgan Soʻz Voldemortni deyarli oʻldiradi (tanasidan ruhini ajratadi), lekin Harryning peshonasida yashin shaklidagi iz qoldiradi. Shunday qilib, Harry bir necha yilga Voldemortni toʻxtatadi.

Potterlar va Voldemort oʻrtasidagi jang uyni xarobalarga aylantiradi. Yaxshi sehrgar Albus Dumbledore, Sehrgarlik va Jodugarlik Maktabi „Hogwarts“ning direktori Godrik Jarligiga chalagigant Hagridni yuboradi. U Harryni magllar nima sodir boʻlganini tekshirishlaridan oldin qutqaradi. Potterlarning uyi oldida Hagrid tasodifan Sirius Blackni uchratadi. Sirius Harryni choʻqintirgan otasi sifatida unga berishlarini soʻraydi. Hagrid rozi boʻlmaydi, chunki u Dumbledorening buyrugʻini bajarayotgandi. Sirius Rubeus Hagridga Harryni havfsiz joyga eltishi uchun oʻzining uchar mototsiklini berib turadi.

Rubeus Hagrid va Harry keyingi 24 soat ichida hamon yoʻlda edilar. Albus Dumbledore aniqki, Tis koʻchasining havfsizligini taʼminlayotgan edi. Ertasi kechqurun Minerva Makgonagall Dumbledoreni Tis koʻchasida uchratadi, oz oʻtmay uchar mototsiklda Hagrid Harry bilan paydo boʻladi. Uchovlari Harryni 4-uy ostonasida, Harryning ohirgi qarindoshlari — Vernon va Petunia Dursleylarning uyi oldida qoldiradilar.

Yomon taasurotlar oʻn yilligi (19811991) tahrir

Keyingi oʻn yil Harryning hayoti haqoratlar va yoʻqliklarga toʻla boʻladi. Uning xolasi, Lilyning singlisi Petunia va amakisi Vernon oʻzining oʻgʻillari Dudlini, jonidan ortiq koʻrib, koʻngli istaganini bajo keltiradilar. Harryni esa yertoʻlada ushlab, ovqat qoldiqlarini beradilar, Dudlining eski kiyimlarini kiydiradilar, unga baqiradilar, haqoratlaydilar va uradilar. Dudli ota-onasining qoʻllovi va oʻzining fizik kuchidan (Dudli 6 oʻlchovga katta va semiz boʻlgan paytda, Harry — ozgʻingina koʻzoynakli bola boʻladi) foydalangan holda Harry ustidan ayovsiz kuladi. Shu yillar ichida uch marta Dursleylarni Vernon amakining singlisi, Marj, keladi. U Harryga nasihat qilishdan ulkan qoniqish olar edi. U Dudleyga qimmatbaho sovgʻalarni hadya qilib, Harryni umuman esdan chiqarardi. Koʻpincha u oʻzi bilan sevimli buldogi Zlydenni olardi. Harry 9 yoshda boʻlganida, u kuchukka bolani daraxtga haydashga izn bergan. Harry u yerda yarim tungacha, Marj kuchugini chaqirib olguniga qadar qolishga majbur boʻladi. Bundan tashqari, holasi va amakisi undagi sehrgarlik xususiyatini yoʻqotishga qaror qiladilar. Ular hech qachon unga haqiqiy kelib chiqishini aytmaganlar. Unga ota-onasi avtohalokatda nobud boʻlganlar, deb aytishadi, huddi shundan peshonasidagi shram ham paydo boʻlgan, deyishadi. Dursleylarning uyidagi birinchi qonun — „savollarni berma“, edi. Ularning maqsadi Harryni qullikda ushlab, ularning fikricha normal boʻlmagan sehrgarlik xususiyatini yoʻqotish edi. Ular Harryni Dudleyning maktabiga yuborishadi. U yerda Dudley Harryning ustidan kulishni davom ettiradi. Dudleyning oʻrtoqlari kulishlarga qoʻshilishadi, boshqa oʻquvchilar esa Dudley va uning oʻrtoqlaridan qoʻrqib, Harry bilan muloqot qilishdan qochishadi. Dursleylarning harakatlariga qaramay, Harry sehrgarlik xususiyatlarini namoyon qila oladi. Bir kuni Petuniani Harryning toʻzgʻigan sochlari sabrini tugatadi va u ularni oshxona qaychisi bilan kesib tashlaydi, ertasi kuni esa Harry yana oʻsgan sochlari bilan uygʻonadi. Boshqa safar Dudley oʻrtoqlari bilan Harryni quvlayotgan paytda, Harry toʻsatdan maktab tomida paydo boʻlib qoladi. Harry oʻqituvchisining parikini koʻk sochga boʻyaydi va Dudleyning badbashara sviterini kiymaslik uchun kichraytiradi. Oʻn yoshiga kelib Harry ozgʻin, uzunchoq yuzli, hamisha toʻzgʻigan qora sochli hech kimga keragi boʻlmagan bola boʻladi. Uning koʻzlari, onasi koʻzlari kabi, qahrabodek yashil boʻladi. U Dudley bilan doimiy kelishmovchiliklarda singan yelimlangan koʻzoynakni taqib yuradi. Harry juda tezkor boʻladi, bu hususiyatning rivojlanishiga uning kuzenidan doimiy qochishlari yordam bergan. Uning hayoti 1991-yil yozida keskin oʻzgardi. Harry Potterga uning holasi va amakisini qoʻrqituvchi xatlar kela boshladi. Ular xatlarni Harryga oʻqishga bermasdan yoʻq qilishar edi, ammo xatlar juda koʻp miqdorda kelishni davom etardilar. Xatlardan qochish harakatida ular dengiz bilan oʻralgan qal’adagi hujrada berkinishadi. Kechasi, kuchli shtorm paytida Harry oʻzining uhlayotgan kuzenining qoʻlidagi soatga qarab, oʻn bir yoshga toʻlishiga qolgan daqiqa va soniyalarni sanab oʻtirardi. Harryning tugʻilgan kuni kelishi bilan hujraga Hagrid bostirib keladi va Harryning oʻzini sehrgarligi haqida hech narsa bilmasligini anglab, hayratga tushadi. Hagrid unga oʻtmishi haqida hamma narsani aytib beradi va 1991-yil 31-iyul kuni ertalab Harryni Qiyishiq koʻchaga olib boradi, u yerda maktab qurollarini sotib olishadi. Bir oy oʻtib, 1-sentabr kuni Harry Hogwarts Expressga oʻtiradi va Sehrgarlik va Jodugarlik maktabi „Hogwarts“ga yetib keladi.

Manbalar tahrir