Hikmatillo Latipov (1976-yil 19-aprel, Izboskan tumani, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbek davlat arbobi, 2020-yil sentyabr oyidan buyon Jalaquduq tumani hokimi[1].

Hikmatillo Abdulhamidovich Latipov
 Jalaquduq tumani hokimi
Mansab davri
2020-yil 9-sentyabrdan – hozirgi vaqtgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Furqat Buzrukov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 19-aprel 1976-yil (1976-04-19) (48 yosh)
Izboskan tumani, Andijon viloyati, OʻzSSR
Millati oʻzbek
Taʼlim Toshkent davlat universiteti Oʻzbekiston Milliy universiteti

Tarjimai holi

tahrir

Hikmatillo Abdulhamidovich Latipov 1976-yilda Andijon viloyati Izboskan tumanida tugʻilgan. 1999-yilda Toshkent davlat universitetini iqtisodchi pedagog, 2001-yilda Oʻzbekiston milliy universitetini sotsiolog mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Shuningdek, 2012-yilda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini biznes boshqaruvi yoʻnalishini tugatgan. Hikmatillo Latipov ilk ish faoliyatini 2001-yilda Andijon viloyati hokimligi Moliya boshqarmasi jamlama byudjet boʻlimi iqtisodchisi vazifasidan boshlagan. U 2004-2007 y yillarda Moliya vazirligi Hududlar moliyasi bosh boshqarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning tuzilishi va ijro etilishi ustidan nazorat olib borish boʻlimi yetakchi iqtisodchisi, 2007-2008-yillarda Moliya vazirligi Davlat byudjeti bosh boshqarmasi byudjet siyosati va jamlangan byudjetni rejalashtirish boʻlimi bosh iqtisodchisi, davlat byudjeti va byudjetlararo munosabatlarni tahlil qilish boʻlimi bosh iqtisodchisi, 2008-2009-yillarda Moliya vazirligi Davlat byudjeti bosh boshqarmasi byudjet siyosati va jamlangan byudjetni rejalashtirish va byudjetlararo munosabatlar boʻlimi bosh iqtisodchisi hamda Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tashkiliy-uslubiy ishlar boʻlimi bosh nazoratchi-taftishchisi vazifalarida ishlagan.

Shuningdek, 2009-2012-yillarda Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tashkiliy-uslubiy ishlar boʻlimi boshligʻi, 2012-2013-yillarda Moliya vazirligi Andijon viloyatidagi nazorat-taftish boshqarmasi boshligʻi, 2013-2015-yillarda Surxondaryo viloyati hokimligi moliya boshqarmasi boshligʻi, 2015-2017-yillarda Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Monopoliyaga qarshi ishlarni tartibga solish bosh boshqarmasi monopoliyaga qarshi ishlarni tartibga solish boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchisi, 2017-2018-yillarda Hisob palatasi Mahalliy byudjetlarning shakllantirilishi va ijrosi guruhi inspektori, Pul-kredit va valyuta siyosati guruhining yetakchi inspektori, Hisob palatasi Soliq, moliya organlari va soliq toʻlovchilar bilan ishlash shoʻbasi bosh inspektori kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2018-yildan 2020-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi qoʻshimcha daromad manbalarini aniqlash va xarajatlarni tahlil qilish axborot-tahlil shoʻbasi mudiri sifatida mehnat qilgan.

2020-yil 9-sentyabridan buyon Jalaquduq tumani hokimi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda [2] [3].

Manbalar

tahrir