Hind-Tinch ummoni mintaqasi (shuningdek, Hindiston-Vestpasifik yoki Hind-Gʻarbiy Tinch okeani mintaqasi) — Dunyo ummonining eng keng zoogeografik mintaqasi boʻlib, qit’adagi qolgan hayvonot dunyosini va Hind okeani va Gʻarbiy Tinch okeanining hududiy tropik orol qirgʻoqlarini qamrab oladi.

Hind-Tinch okeani xaritasi

Geografiyasi

tahrir

Tropik mintaqada joylashgan. U Afrikaning sharqiy sohillari va Qizil dengizdan Mikroneziya, Melaneziya, Polineziya va Indoneziyagacha, shimolda Koreya, Yaponiya va Gavayi orollari qirgʻoqlarigacha, janubda esa Afrikaning janubiy chegaragacha va Avstraliyaning gʻarbiy qirgʻogʻi (sharqiy sohilidagi Sidneygacha) boʻlgan hududni egallaydi. Murakkab yoriqli qirgʻoq chizigʻi bilan ajralib turadi: koʻrfazlar, buxtalar — kichik dengiz koʻrfazi , boʻgʻozlar, orollar va arxipelaglar mavjud.

Hind va Tinch okeanining 40° shimoliy va 40° janubiy kenglikdagi suvlarini oʻz ichiga oladi. Janubiy Amerikaning gʻarbiy sohilida, sovuq Peru oqimi ta’sirida chegarasi shimolga keskin siljigan. Ushbu atama biogeografiya, okean biologiyasi va ixtiologiyada qoʻllanadi, chunki bu hududning dengizlari, Madagaskardan Yaponiyagacha, koʻpgina hayvon turlarining yashash makonidir.

Iqlim sharoiti

tahrir

Suv harorati 27-28 ° C, shimolda u 24 ° C dan past boʻlmagan haroratni yil davomida doimiy ushlab turadi. Kun va tun alshinuvi 12 soatlik ritmga ega. Yilning faqat ikki mavsumida — qishi quruq va yozi yomgʻirli musson shamollari yoʻnalishining oʻzgarishi bilan bogʻliq.

 
Ostracion meleagris

Sayoz suvlarning katta maydoni tufayli qulay iqlim sharoitlari va koʻplab geologik davrlarda atrof-muhitning barqarorligi bu yerda juda boy faunaning rivojlanishiga olib keldi. U boy va xilma-xil hayvonot dunyosi bilan ajralib turadi, bu turlarning koʻpligi va endemik vakillarining mavjudligi jihatidan Dunyo ummonining boshqa hududlari bilan taqqoslab boʻlmaydi. Hayvonot olamining ayrim vakillari:

  • Sutemizuvchilar — dyugon;
  • Dengiz qushlari — sayohat qiluvchi albatros;
  • Baliqlar olami — tangalari silliq va tez tushuvchi, kapalak-baliqlar, oq sazanlar, nashtarqanotlilar, likotrissa (jumladan, Lycothrissa crocodilus), tikonbaliqlar (Ostraciontidae) kabi koʻp va xilma-xil baliqlarning turi va turkumi bilan ifodalanadi. Tirik qoldiqlar — latimeriya.. Baliqlar — yelkanli baliqlar, qilich-baliq, tikonbaliq, baliq-toʻtiqush, jarroh baliqlar uchraydi.
  • acropora jinsi vakillari Hind-Tinch okeani mintaqasida rif hosil qiluvchi marjonlar turlarining asosiy massasini tashkil etadi, ularning 50 ga yaqin turi mavjud.
  • Umurtqasizlar marjon riflarini hosil qiluvchi turli xil marjonlar bilan ifodalanadi. Gubkalar, turli chuvalchanglar polixetlar, sipunkulidlar), moʻylovoyoqli qisqichbaqasimonlar, krablar (jumladan, Pachygrapsus, Percnon turkumi yassi qisqichbaqalari), qilichdumli qisqichbaqalari va boshqalar keng tarqalgan. Qisqichbaqasimonlar orasida Tinch okeanida yapon oʻrgimchak qisqichbaqasi (Macrocheira kaempferi)  uch metrgacha boʻlgan oyoq-qoʻllarining uzunligi bilan qisqichbaqasimonlar va umuman boʻgʻimoyoqlilarning eng kattasi ekanligi bilan ajralib turuvchi turi topilgan.
  • Har xil mollyuskalar faunasi — ikki pallalilar, koʻp sonli qorinoyoqlilar (siprey, mitralar, konuslar, lyambislar, olivlar xarplar), boshoyoqlilar ham keng tarqalgan

Adabiyotlar

tahrir