Plazmatik membrana
Plazmatik membrana (plazmolemma, sitolemma). Hujayrani tashqi tarafdan oʻrab turuvchi sitoplazma qobigʻi biologik membrananing oʻzidan iborat boʻlishi mumkin. Lekin koʻpincha, hujayra murakkab tuzilgan 3 qismdan: tashqi, oʻrta va ichki qismlardan hujayra (sitoplazma) qobigʻi bilan oʻralgan.
Eukaryotik hujayra organellalari:
|
Sitoplazma qobigʻining tashqi qismi glikokaliks deb nomlanib oqsil va karbonsuvlardan hosil boʻlgan. U elektron mikroskop ostida uzluksiz struktura holida koʻrinadi. Glikokaliks tashqi qavat boʻlgani uchun hujayraning tashqi muhit bilan aloqasida muhim rol oʻynaydi. Glikokaliks zonasi turli hujayralarda farqlanadi. Bazi bir hujayralarda glikokaliks moddalarni parchalovchi fermentlarga boy boʻlsa, boshqa hujayralardagi glikokaliksni hosil qiluvchi glikoproteidlar immunologik xususiyatga ega. Plazmatik membranaga kimyoviy tarkibiga koʻra, yogʻlar, oqsillar, uglevodlar va juda oz miqdorda boshqa organik birikmalar kiradi. Suyuklikmozaika modeliga koʻra, Plazmatik membrananing asosiy qismi fosfolipid qoʻsh qavatdan iborat. Bu qavatning ichkariga qaragan qismi gidrofob (suvda erimaydigan), tashqi qis-mi esa gidrofil (suvda eruvchan) xusu-siyatga ega. Fosfolipid qavatda oqsil molekulalari suzib yuradi. Fosfolipid qavati sirtida esa murakkab organik birikmalardan hosil boʻlgan glikopro-teinlar joylashgan. Ular retseptorlar tarkibiga kiradi. Plazmatik membrana baryer (toʻsiq), moddalarni tashish (transport), regulyator (boshqarish) va katalitik funksiyalarni bajaradi (yana qarang Hujayra).[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |