Husayin Norchayev (ruscha: Норчаев, Хусаин Туракул оглы; 2002-yil 6-fevral, Yakkabogʻ) – Oʻzbekistonlik professional futbolchi, „FC Alania Vladikavkaz“ jamoasidan Fargʻonaning „Neftchi“ klubiga ijaraga berilgan. Markaziy va qanot hujumchisi pozitsiyalarida oʻynaydi.

Husayin Norchayev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Husayin Toʻraqul oʻgʻli Norchayev
Tavallud sanasi 6-fevral 2002-yil (2002-02-06) (22 yosh)
Tavallud joyi Yakkabogʻ, Oʻzbekiston
Boʻyi 180 cm (5 ft 11 in)
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Neftchi
Raqami 9
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Nasaf
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2020—2023 Nasaf 71 (25)
2023— FC Alania Vladikavkaz 13 (0)
2024   Neftchi 1 (0)
Milliy terma jamoa
2021— Oʻzbekiston U-23 10 (10)
2021— Oʻzbekiston 8 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati tahrir

2020-yil 14-iyun kuni Oʻzbekiston Superligasidagi debyutini „Navbahor“ga (2:2) qarshi oʻtkazib, 84-daqiqada Oybek Bozorov oʻrniga maydonga tushgan[1][2]. 2020-yil 17-avgust kuni u oʻz maydonida „Soʻgʻdiyona Jizzax“ga qarshi oʻyinda (3:0) ilk golini kiritdi.

2023-yilgi mavsumda Rossiyaning „FC Alania Vladikavkaz“ jamosining katta qiziqishiga sabab boʻldi va qishgi transfer oynasi vaqtida rus klubig 500 000 $ transfer qilindi va 3,5 yillik shartnoma imzoladi[3][4][5]. Bu vaqtga qadar u „Nasaf“ safida barcha turnirlarda 100 ta oʻyin oʻtkazgan (globalsportsarchive.com sayti maʼlumotlariga koʻra – 98 ta oʻyin), 40 ta gol urgan[6][7].

2024-yil 4-fevralda „FC Alania Vladikavkaz“ jamoasi Norchayevni Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga bir yilga ijaraga bergani eʼlon qilindi[8].

Xalqaro tahrir

2021-yildan buyon Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynab kelmoqda. U Oʻzbekiston birinchi terma jamoasi safida debyutini 2021-yil 9-oktyabr kuni Malayziya bilan oʻrtoqlik uchrashuvida (5:1) amalga oshirdi[9][10][11][12].

2022-yilda 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilardan iborat Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida yoshlar terma jamoalari oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etgan va jamoa bilan finalga chiqqan. 6 uchrashuvda 2 ta gol urdi[6][7].

Oʻzbekiston terma jamoasi
Yil Oʻyin Gollar
2021-yil 1 1
Jami 1 1

2023-yil 19-mart oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika.

Yutuqlari tahrir

Nasaf

Individual

Manbalar tahrir

  1. „UzPFL :: Насаф— Навбахор“ (7-noyabr 2021-yil).
  2. „Nasaf vs. Navbahor— 14 June 2020“ (7-noyabr 2021-yil).
  3. „Rasman: Husayn Norchaev - "Alaniya" futbolchisi“. 2023-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-mart.
  4. „⚡️⚡️⚡️ Breaking: Husayn Norchaev faoliyatini Rossiyada davom ettiradi“. 2023-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-mart.
  5. „Norchaev "Alaniya"da qaysi raqamda o'ynashiga aniqlik kiritildi“. 2023-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-mart.
  6. 6,0 6,1 Николай Егорычев. „Станет ли Норчаев для «Алании» вторым Шомуродовым или новым Касымовым?“ (ru). t.me. ФНЛ с Ильёвым (2022-yil 24-fevral).
  7. 7,0 7,1 „«Алания» приобрела у «Носафа» Хусаина Норчаева“ (ru). transfermarkt (2022-yil 22-fevral).
  8. „Ҳусайн Норчаев Ўзбекистон чемпионатига қайтди“ (2024-yil 4-fevral).
  9. Norchaev.html Husain Norchaev National-football-teams.com.
  10. „Uzbekistan v Malaysia game report“. ESPN (9-oktabr 2021-yil).
  11. „Uzbekistan vs. Malaysia (5:1) | National Football Teams“. 7-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-noyabr 2021-yil.
  12. „Архивированная копия“. 7-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-noyabr 2021-yil.
  13. „Хусаин Норчаев стал лучшим бомбардиром Кубка АФК сезона-2021 | Sport“. 7-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-noyabr 2021-yil.

Havolalar tahrir