Hwang In-beom
Hwang In-beom (talaffuzi: Xvan In Bom) (1996-yil 20-sentyabrda tugʻilgan) — Janubiy Koreyalik professional futbolchi, Gretsiya Superligasining „Olympiacos“ klubi va Janubiy Koreya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Hwang In-beom | ||
Tavallud sanasi | 20-sentyabr 1996-yil | ||
Tavallud joyi | Daejeon, Janubiy Koreya | ||
Boʻyi | 1.77 m | ||
Ampluasi | Markaziy yarimhimoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Olympiacos | ||
Raqami | 33 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2009—2014 | Daejeon Citizen | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2015—2018 | Daejeon Citizen | 88 | (15) |
2018 | Asan Mugunghwa | 18 | (1) |
2019—2020 | Vancouver Whitecaps FC | 40 | (3) |
2020—2022 | Rubin Kazan | 35 | (5) |
2022 | → FC Seoul (Ijara) | 9 | (0) |
2022 | Olympiacos | 3 | (0) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2012 | Janubiy Koreya U17 | 3 | (0) |
2014 | Janubiy Koreya U20 | 0 | (0) |
2017—2018 | Janubiy Koreya U23 | 10 | (2) |
2018 | [[Janubiy Koreya] | 36 | (4) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 18-sentyabr uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 23-sentyabr uchun) |
Klubdagi faoliyati
tahrirHwangg Daejeon Citizen jamosi bilan 2015-yilda shartnoma imzolagan. U 30-may kuni Poxang Stilersga qarshi liga oʻyinida oʻzining birinchi golini urgan va Daejeon tarixidagi eng yosh toʻpurarga aylangan.
2019-yilning 30-yanvarida Hwangg 2021 va 2022-yilgi mavsum uchun Vancouver Whitecaps jamosi bilan shartnoma imzolagan[1]. U 2-mart kuni „Minnesota United“ga qarshi „Waytcaps“ safida debyut qilgan[2]. 17-aprel kuni „Los-Angeles“ ga qarshi oʻyinda (1:0) jamoa uchun birinchi golini kiritgan[3]. 2019-yilgi mavsumning 30-haftasida Hwangg „LA Galaxy“ga qarshi o‘yinda uchta golli uzatmani amalga oshirib haftaning eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan[4].
2020-yilning 14-avgustida Hwangg Rossiyaning „Rubin“ klubiga o‘tgan[5]. U 2020/2021-yilgi mavsum oʻrtalariga qadar Rossiya Premer-ligasining eng yaxshi pleymeykerlaridan biri boʻlgan[6], ammo keyin koronavirus va tovonidan olgan jarohati bu natijaga putur yetkazgan.
2022-yilning 3-aprelida Hwanggning „Rubin“ bilan shartnomasi Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi bilan bog‘liq maxsus FIFA qoidalariga ko‘ra, 2022-yilning 30-iyuniga qadar to‘xtatildi[7][8]. Hwangg 5-aprel kuni „Seoul“ klubiga qoʻshilgan[9].
2022-yilning 29-iyulida Hwangg Gretsiyaning „Olympiacos“ klubiga qo‘shilgan[10]. 2022-yil 18-avgustda u Yevropa Ligasi pley-off o‘yinida „Apollon Limassol“ mehmoni bo‘lib, 1:1 hisobida yakunlangan o‘yinda hisobni tenglashtirgan gol muallifiga aylangan[11].
Xalqaro faoliyati
tahrirHwangg Janubiy Koreyani 2018-yilgi Osiyo o‘yinlari chempioni boʻlishida muhim rol o‘ynagan[12]. Mukofot sifatida u Asan Mugunghwadan harbiy xizmatni yarmiga yetmasdan ozod etilgan va Daejeon Citizenga qaytib kelgan.
Hwangg terma jamoadagi debyutini 2018-yil sentyabrida o‘tkazgan va o‘sha yilning oxirida u o‘zining milliy terma jamoasidagi birinchi golini 16-oktyabr kuni Panamaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida (2:2) kiritgan.
2019-yilgi OFK Osiyo kubogida Hwangg ajoyib oʻyin koʻrsatgan va ESPN turnirining eng yaxshi jamoasiga kiritilgan[13]. Shuningdek, u Janubiy Koreyani chempionlikka olib chiqqanidan keyin 2019-yilgi EAFF chempionatining eng qimmat futbolchisi deb topilgan[14].
Oʻyin uslubi
tahrirThe National Post jurnalisti JJ Adamsning taʼkidlashicha, Hwangg „markaziy yoki qanotda oʻynay oladi, ammo hujumkor yarim himoyachi sifatida muvaffaqiyat qozongan. U aniq toʻp uzatishlari, hujumkorligi, toʻpga egalik qilishi bilan mashhur“ [15].
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Kubok | Qitʼa | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Daejeon Citizen | 2015 | K Liga 1 | 14 | 4 | 1 | 0 | — | 15 | 4 | |
2016 | K Liga 2 | 35 | 5 | 2 | 0 | — | 37 | 5 | ||
2017 | K Liga 2 | 32 | 4 | 3 | 0 | — | 35 | 4 | ||
2018 | K Liga 2 | 7 | 2 | 0 | 0 | — | 7 | 2 | ||
Jami | 88 | 15 | 6 | 0 | — | 94 | 15 | |||
Asan Mugunghwa | 2018 | K Liga 2 | 18 | 1 | 0 | 0 | — | 18 | 1 | |
Vancouver Whitecaps FC | 2019 | MLS | 34 | 3 | 1 | 1 | — | 35 | 4 | |
2020 | MLS | 6 | 0 | 0 | 0 | — | 6 | 0 | ||
Jami | 40 | 3 | 1 | 1 | — | 41 | 4 | |||
Rubin Kazan | 2020—2021 | RPL | 18 | 3 | 2 | 1 | — | 20 | 4 | |
2021—2022 | RPL | 17 | 2 | 0 | 0 | 1 | 0 | 18 | 2 | |
Jami | 35 | 5 | 2 | 1 | 1 | 0 | 38 | 6 | ||
FC Seoul (Ijara) | 2022 | K Liga 1 | 9 | 0 | 1 | 0 | — | 10 | 0 | |
Olympiacos | 2022—2023 | SLG | 3 | 0 | 0 | 0 | 2 | 1 | 5 | 1 |
Karyerada jami | 193 | 24 | 10 | 2 | 3 | 1 | 206 | 27 |
Xalqaro
tahrirMilliy terma jamoa | Yil | Oʻyin | Gol |
---|---|---|---|
Janubiy Koreya | 2018 | 7 | 1 |
2019 | 16 | 2 | |
2021 | 6 | 1 | |
2022 | 7 | 0 | |
Karyerada jami | 36 | 4 |
# | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 16.10.2018 | Cheonan stadioni, Cheonan, Janubiy Koreya | Panama | 2-0 | 2-2 | Oʻrtoqlik |
2 | 11.12.2019 | Busan Asiad asosiy stadioni, Pusan, Janubiy Koreya | Gonkong | 1-0 | 2-0 | 2019-yilgi EAFF chempionati |
3 | 18.12.2019 | Busan Asiad asosiy stadioni, Pusan, Janubiy Koreya | Yaponiya | 1-0 | 1-0 | 2019-yilgi EAFF chempionati |
4 | 7.10.2021 | Ansan Wa~ stadioni, Ansan, Janubiy Koreya | Suriya | 1-0 | 2-1 | 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi |
Yutuqlar
tahrirJanubiy Koreya U23
- Osiyo oʻyinlari : 2018
Janubiy Koreya
- EAFF chempionati : 2019-yil
Shahsiy yutuqlar
- K liga 2 eng yaxshi oʻyinchi : 2016, 2017, 2018
- EAFF chempionatining eng qimmat futbolchisi: 2019-yil
Manbalar
tahrir- ↑ „Whitecaps FC acquire South Korean international midfielder Hwang In-beom“. Vancouver Whitecaps FC (2019-yil 30-yanvar).
- ↑ Dailey. „9 players make Whitecaps debut in MLS season opener“ (2019-yil 2-mart).
- ↑ Karstens-Smith. „Whitecaps top LAFC for 1st win of season“. Canadian Broadcasting Corporation (2019-yil 18-aprel). Qaraldi: 2019-yil 18-aprel.
- ↑ „Hwang named to MLS Team of the Week following three-assist performance“. Vancouver Whitecaps FC (2019-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 30-iyul.
- ↑ „ХВАН ИН БОМ – В "РУБИНЕ"“ (ru). Rubin Kazan (2020-yil 14-avgust). 2020-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-avgust.
- ↑ Markstats. „Игроки Российской Премьер-Лиги, которые создают наибольшее количество голевых моментов для партнеров.“ (ru) (2020-yil 24-noyabr). 2022-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-sentyabr.
- ↑ FC Rubin Kazan (2022-yil 3-aprel). „ИН БОМ ХВАН ПРИОСТАНОВИЛ КОНТРАКТ С "РУБИНОМ"“ (ru). Press-reliz.
- ↑ „FIFA adopts temporary employment and registration rules to address several issues in relation to war in Ukraine“. FIFA (2022-yil 7-mart).
- ↑ „FC서울, 국가대표 미드필더 황인범 영입“ (ko). FC Seoul (2022-yil 5-aprel).
- ↑ „Στον Ολυμπιακό ο Ίνμπομ Χουάνγκ“ (el). ΟΛΥΜΠΙΑΚΟΣ - Olympiacos.org (2022-yil 29-iyul). Qaraldi: 2022-yil 29-iyul.
- ↑ UEFA.com. „Apollon-Olympiacos | Stats | UEFA Europa League 2022/23“ (en). UEFA.com. Qaraldi: 2022-yil 18-avgust.
- ↑ „U-23 football team players return to heroes' welcome with Asiad gold“. Yonhap News Agency (2018-yil 3-sentyabr).
- ↑ „Qatar's record-breaking Almoez Ali leads Asian Cup Team of the Tournament“. ESPN (2019-yil 3-fevral). Qaraldi: 2020-yil 14-avgust.
- ↑ „EAFF E-1 Football Championship 2019 Final Korea Republic“. EAFF. Qaraldi: 2020-yil 14-avgust.
- ↑ Adams, J.J.. „Whitecaps thrilled to be signing tantalizing potential, so Hwang on“. The National Post (2019-yil 26-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 4-mart.