Ibn (arabcha: ابن) — ayrim sharq xalqlarida erkak ismlari tarkibida keluvchi soʻz. Oʻtmishda Turkiston xalqlari oʻrtasida ham qoʻllangan. Oʻgʻli maʼnosini ifodalaydi. Masalan, Ahmad ibn Muhammad — Muhammad oʻgʻli Ahmad. I. izzat va hurmatini ifodalash uchun (mas, Ibn Sino, Ibn Battuta) yoki shaxsning avlod-ajdodlarini taʼkidlash, sanab koʻrsatish uchun (mas, Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir alfargʻoniy) ham xizmat qilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil