Ibn Muqla (toʻliq ismi Abu Ali Muqammad binni Ali binni alhasan ibn Muqla, 886940) — mashhur xattot, tilshunos olim, davlat arbobi. Arab yozuvini isloh qilib, harflarning oʻzaro mutanosibligini yaratgan. Kufiy xati asosida arab yozuvining muhaqqaq, suls, rayhoniy, nasx, tavqe, riqo, taʼliq kabi asosiy xat usullarini ixtiro qilgan. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, arab alifbosidagi nuqta (harakat) lar ham I. M. tomonidan kiritilgan. Bu, oʻz navbatida, qad. yozma yodgorliklarni xatosiz toʻgʻri oʻqish imkonini bergan. 16-asr adibi Kozi Ahmadning "Risola oid ba xattoton va naqqoshon" ("Xattotlar va naqqoshlar haqida risola") asarida I. M. haqida, uning mohir kotibligi haqida muhim maʼlumotlar keltiradi. Hayoti ogʻir kechgan (oʻng qoʻli kesib tashlanganda, chap qoʻli bilan yoza boshlagan) I. M. fo-jiali halok boʻlgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • Murodov A., Oʻrta Oyeiyo xattotlik sanʼati tarixidan, T., 1971.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil