Shohrux Mirzoning oʻgʻli Ibrohim Mirzo bilan adashtirib yubormang.

Ibrohim Mirzo (1440 – 1459) – temuriy shahzoda, Hirot hokimi. U Alouddavla Mirzo va Murod Sulton ogʻolarning oʻgʻli. Amir Temurning chevarasi.

Ibrohim Mirzo
Temuriylar imperiyasi amiri
Saltanat 1457 – 1459
Oʻtmishdoshi Mirzo Shohmahmud
Davomchisi Abu Said Mirzo
Tugʻilishi 1440-yil
Temuriylar imperiyasi
Vafoti 1459 (yoshi 18–19)
Temuriylar imperiyasi
Dafn etilgan joy
Uy Temuriylar xonadoni
Otasi Alouddavla Mirzo
Onasi Murod Sulton ogʻo
Dini Islom

Abulqosim Bobur vafotidan soʻng Hirotda Ibrohim Mirzo hokimyat tepasiga kelasi. Boburning oʻgʻli Mirzo Shohmahmud dastlab taxtga oʻtiradi, biroq yoshligi tufayli taxtni berib qoʻyadi. Ibrohim Mirzo Abulqosim Bobur vafotidan bir necha hafta oʻtib Shohmahmuddan hokimyatni tortib oladi va Xuroson hukmdoriga aylanadi.

1457-yil iyulda Movarounnahr temuriylari hukmdori Abu Said Mirzo Xurosonga bostirib kiradi. Abu Said Balxni egallaydi, ammo Hirotni zabt eta olmaydi. Koʻp oʻtmay Jahonshoh boshchiligidagi qora qoʻyunli turkmanlari bostirib kiradi, Goʻrgonni egallagach, Astrobod tashqarisida Ibrohim Mirzoni magʻlub etadi. Ibrohimning otasi Alouddavla Mirzo Hirotda oʻgʻli bilan uchrashadi va yordam taklif qiladi, biroq oxir oqibat ikkala temuriyzoda mintaqani tark etadi. Jahonshoh 1458-yil 28-iyunda Hirot kirib keladi, lekin tez orada chekinadi. Ibrohim saltanatni tiklay olmaydi, natijada Xuroson ham Abu Said Mirzo tasarrufiga oʻtadi.

Oradan koʻp oʻtmay Ibrohim va Alouddavla Mirzo Abu Said Mirzoga qarshi Sulton Sanjar Mirzo (Temurning oʻgʻli Umarshayxning nabirasi) bilan ittifoq tuzadilar. Qarama-qarshi kuchlar 1459-yil mart oyida Saraxs jangida toʻqnash kelib, Abu Said ularni magʻlub etadi. Ibrohim va uning otasi qochib ketishdi, Sulton Sanjar Mirzo esa qatl etiladi. Ibrohim bir necha oydan keyin vafot etadi; keyingi yili otasi vafot etadi.

Ajdodlari tahrir

Ibrohim Mirzo ibn Alouddavla
Oʻtmishdoshi:
Mirzo Shohmahmud
Temuriylar imperiyasi (Hirotda)
1457-1459
Vorisi:
Qora qoʻyunlilar,
keyin Abu Said Mirzo

Adabiyotlar tahrir

  • J. Aubin: Abū Sa'īd. W: H.R.A. Gibb, J.H. Kramers, E. Lévi-Provençal, J. Schacht: The Encyclopaedia of Islam. New Edition. Volume I. Leiden: E.J. Brill, 1986, s. 147—148. ISBN 90-04-08114-3.
  • Wasilij Bartold: Four Studies on the History of Central Asia. Volume III. Mir Ali Shir A History of the Turkman People. Leiden: E.J. Brill, 1962.
  • Edward G. Browne: A History of Persian Literature under Tartar Dominion (A.D. 1265—1502). Cambridge: Cambridge University Press, 1920.
  • Beatrice Forbes Manz: Power, Politics and Religion in Timurid Iran. Cambridge: Cambridge University Press, 2007. ISBN 0-521-86547-6.
  • R.M. Savory. The Struggle for Supremacy in Persia after the death of Tīmūr. «Der Islam». 1965. 40. DOI: 10.1515/islm.1964.40.1.35. ISSN 1613-0928 (ang.).
  • Maria E. Subtelny: Timurids in Transition. Turko-Persian Politics and Acculturation in Medieval Iran. Leiden Boston: Brill, 2007. ISBN 978 9004160316.