Ibrohim al-Falxoriy
fiqh olimi
(Abu Isʼhoq) Ibrohim ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Ali ibn Ato al-Falxoriy al-Marvarruziy (hijriy 453-yil (milodiy 1061-yil)da tugʻilib, 536-yil (milodiy 1142-yil)da vafot etgan) — solihligi va diyonati bilan tavsiflangan. U Marvarruzda yashab, unda fiqh ilmini to‘la egallagan, ko‘plab hadislar eshitgan. Xorazmshohning Marvga qilgan jangida shahid ketgan. U namoz o‘qib turgan paytda, tasodifan kelib tekkan o‘qdan halok bo‘lgan. Bu voqea 536-hijriy yilning rabiulavval oyi Marvda yuz bergan[1].
Ibrohim al-Falxoriy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | milodiy 1061-yil (hijriy 453-yil) |
Vafoti | milodiy 1142-yil (hijriy 536-yil) |
Dini | Islom |
Manbalar tahrir
- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 84 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |