Ibrohim ibn Hishom ibn Ismoil al-Maxzumiy

Ibrohim ibn Hishom ibn Ismoil al-Maxzumiy (arabcha: إبراهيم بن هشام بن إسماعيل المخزومي) – VIII asr Damashq xalifaligining amaldori boʻlib, Hishom ibn Abdulalik hukmronligi davrida Madina, Makka va Toif hokimi boʻlib xizmat qilgan. Ibrohim va uning ukasi Muhammad 743-yilda Uchinchi Islom fuqarolar urushigacha boʻlgan davrda qiynoqqa solinib, azoblangan.

Ibrohim ibn Hishom ibn Ismoil al-Maxzumiy
arabcha: إبراهيم بن هشام بن إسماعيل المخزومي
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Ota-onasi
  • Hishom ibn Ismoil al-Maxzumiy (otasi)
Tanilgan sohasi VIII Damashq xalifaligi amaldori

Faoliyati tahrir

Hishom ibn Ismoil al-Maxzumiyning oʻgʻillari Ibrohim va Muhammad xalifa Hishom ibn Abdulmalikning (hukmronligi: 724–743) amakilari boʻlib, xalifa oʻz hukmronligining koʻp davrida Hijoz hokimi sifatida ularga tayangan[1]. Tarixiy manbalarda bu ikki aka-uka haqida maʼlumot berishda tez-tez chalkashliklarga yoʻl qoʻyiladi[2]. Ibrohim 724-yilda Madina, Makka va Toif viloyatlariga hokim etib tayinlangan va 732-yilda lavozimidan ozod etilgan[3], biroq xalifaning topshirigʻi bilan 724, 726–731 va katta ehtimol bilan 732-yilda ham haj ziyoratlarini nazorat qilish topshirigʻi berilgan[4]. Uning hukmronligi davrida Madina qoziligiga Muhammad ibn Safvon al-Jumahiy va as-Salt ibn Zubayd al-Kindiy tayinlangan[5].

Hishom hukmronligining soʻnggi yillarida Ibrohim va Muhammad xalifaning merosxoʻr ogʻli al-Volid ibn Yazidni uning oʻz oʻgʻli Maslama bilan almashtirish boʻyicha muvaffaqiyatsiz rejasi tarafdorlari boʻlgan, biroq 743-yilda Hishom vafoti sababli ularning siyosiy taʼsiriga ham putur yetgan. Valid xalifalikka kirishi bilan ikki aka-ukani Madinaning yangi hokimi Yusuf ibn Muhammad ibn Yusuf at-Saqafiyga topshiradi, yangi hokim esa ularni shahar aholisi oldida qamchilattiradi. Koʻp oʻtmay, xalifa Valid Yusufga Ibrohim va Muhammadni Iroqdagi Yusuf ibn Umar at-Saqafiyga topshirishni buyurgan, u erda aka-ukalar Xolid ibn Abdulloh al-Qasriy bilan birga qiynoqqa solingan[6]. Ibrohim va Muhammadning yomon muomalasi xalifa Valid bilan oʻrtalarida dushmanlikning kuchayishiga sabab boʻlgan, bu esa xalifaning hokimiyat tepasidan qulashi va oʻlimida, shuningdek, keyingi yili sodir boʻlgan fuqarolar urushining boshlanishida muhim rol oʻynagan[7].

Manbalar tahrir

  1. Hinds 1991, s. 139; McMillan 2011, ss. 140–41.
  2. Khalifah ibn Khayyat 1985, s. 357 states that Muhammad ibn Hisham was the governor of Mecca, Medina and al-Taʼif from 724 to 732 instead of Ibrahim, while Yarshater 1985–2007, v. 26: p. 8 and Al-Ya'qubi 1883, s. 397 claim that Ibrahim was governor in 739 and 743 respectively instead of Muhammad.
  3. Yarshater 1985–2007, v. 25: pp. 8, 23, 28, 32, 44, 63, 68, 94, 96, 97-98; Khalifah ibn Khayyat 1985, s. 361; McMillan 2011, s. 139. According to al-Tabari, op. cit., p. 29, Ibrahim also went campaigning on the Byzantine frontier in 726.
  4. Yarshater 1985–2007, v. 25: pp. 3-4, 28, 32, 44, 63, 68, 94, 96; Al-Ya'qubi 1883, s. 394; Khalifah ibn Khayyat 1985, ss. 337–41, 343, 360; Al-Mas'udi 1877, s. 61; McMillan 2011, s. 139.
  5. Yarshater 1985–2007, v. 26: p. 9; Khalifah ibn Khayyat 1985, s. 361; Waki' n.d., ss. 168–69; Judd 2014, s. 156.
  6. Yarshater 1985–2007, v. 26: pp. 89, 119, 177; Al-Ya'qubi 1883, ss. 397, 400; Khalifah ibn Khayyat 1985, s. 362; Hinds 1991, s. 139; McMillan 2011, ss. 147–48.
  7. McMillan 2011.

Adabiyotlar tahrir

Oldingisi Madina hokimi
724–732
Keyingisi
Oldingisi Makka hokimi
724–731 yoki 732
Keyingisi