„Ice Cream“ (tarjimasi: „Muzqaymoq“) — Janubiy Koreyada tashkil topgan „Blackpink“ qizlar guruhi va amerikalik qoʻshiqchi Selena Gomez tomonidan ijro etilgan qoʻshiq. Qoʻshiq 2020-yil 28-avgustda guruhning birinchi studiyaviy albomining ikkinchi singli sifatida chiqarilgan. Qoʻshiq Gomez, Teddy Park, Tomy Brown, Ariana Grande, Viktoria Monet, Bekuh BOOM, 24 va Mr.Franks tomonidan yozilgan; Teddy, Brown, 24 va Mr.Franks tomonidan esa hozirlangan. „Ice Cream“ trap unsurlariga ega elektropop va babblgam pop janridagi kompozitsiyadir.

„Ice Cream“
Blackpink Selena Gomez bilan hamkorlikdagi qoʻshigʻi
The Albumalbomidan
Chiqarilgan sanasi 28-avgust 2020-yil
Yozib olingan 2020
Janr
Davomiyligi 2:56
Leybl
Klipi
YouTube logotipi „Ice Cream“ YouTubeda

„Ice Cream“ Billboard Hot 100 xit paradlari roʻyxatida 13-oʻrinda debyut qilib, chartning eng yaxshi 20 taligiga kirgan „Blackpink“ning birinchi singliga aylangan. Qoʻshiq Singapur, Vengriya va Janubiy Koreya xit paradlarida birinchi oʻntalikka kirgan, shuningdek, boshqa 15 mamlakatda kuchli 40 talikdan joy olgan. Musiqa klipi singl bilan bir vaqtda 28-avgust kuni chiqarilgan va MTV Europe Music Awards taqdirlash marosimida „Eng yaxshi hamkorlik“ va „Yil klipi“ sifatida Peopleʼs Choice Awards mukofotiga nomzod bo‘lgan.

Yaratilish tarixi tahrir

Radio.com saytiga bergan intervyusida Gomez „Blackpink“ bilan birinchi marta 2019-yilda Nyu-York moda haftaligida Jisoo va Roze bilan uchrashganida tanishganini aytgan; „Blackpink“ aʼzolari Selenaning katta muxlisi ekanligini tan oladi va stajyorlik paytlarida uning qoʻshiqlariga raqsga tushishgan[1].

2020-yil 23-iyulda „YG Entertainment“ shirkati „Blackpink“ning avgust oyida chiqariluvchi nomaʼlum qoʻshiqchi bilan ijro etilgan singl tizerini ommaga namoyish etgan[2]. „#AriPink“ xeshtegi tez suratda ijtimoiy tarmoqlarda tarqala boshladi, koʻplab muxlislar Ariana Grande bilan uzoq kutilgan hamkorlik ijod mahsulini kutishardi[3]. 28-iyulda „Blackpink“ning „The Album“ nomli birinchi studiyaviy albomi 2-oktyabrda chiqishi eʼlon qilingan[4]. 11-avgust kuni boʻlajak singl Selena Gomez ishtirokida yozilgani maʼlum boʻlgan, Ariana Grande esa qoʻshiq yozuvchilardan biri ekanligi qayd etilgan[5]. Oʻn kundan keyin qoʻshiqning nomi eʼlon qilingan[6]. 25-avgust kuni Jennie va Rozening tizer fotosuratlari, 26-avgustda esa mos ravishda Lisa va Gomezning[7][8][9][10] suratlari rasmiy sahifalarga joylashtirilgan. Singl chiqqandan soʻng, Selena „Blackpink“ bilan qilgan hamkorligidan ilhomlanib, pushti vanilli muzqaymoq chiqargan va uni „Cookies va Cream Remix“[11][12][13] deb nomlagan.

Mukofotlar va nominatsiyalar tahrir

 
Selena Gomez „Blackpink“ bilan qoʻshiq aytgan (Dua Lipa va Lady Gagadan keyin) uchinchi amerikalik qoʻshiqchidir.
Mukofot va nominatsiyalar
Yil Taqdirlash marosimi Nominatsiya Natija Manba(lar)
2020 MTV Europe Music Award Eng yaxshi hamkorlik Nominatsiya [14]
People's Choice Awards Yil klipi Nominatsiya [15]
2021 Gaon Chart Music Awards Yil qoʻshigi — Avgust Kutilyapti [16]
Musiqiy namoyishlari
Dastur Sana Manba(lar)
Inkigayo 20-sentyabr, 2020-yil [17]
27-sentyabr, 2020-yil [18]
4-oktyabr, 2020-yil [19]

Xit paradlarda tahrir

(2020) Eng yuqori
pozitsiya
(Billboard Global 200)[20] 8
  Argentina (Argentina Hot 100)[21] 41
  Avstraliya (ARIA)[22] 16
  Avstriya (Ö3 Austria Top 40)[23] 57
  Belgiya (Ultratip Flanders)[24] 28
  Kanada (Canadian Hot 100)[25] 11
  Kanada (CHR/Top 40)[26] 24
  Chexiya (Singles Digitál Top 100)[27] 60
  Fransiya (SNEP)[28] 135
  Germaniya (Official German Charts)[29] 78
  Vengriya (Single Top 40)[30] 6
  Vengriya (Stream Top 40)[31] 31
  Irlandiya (IRMA)[32] 33
  Yaponiya (Japan Hot 100)[33] 22
  Yangi Zelandiya (Recorded Music NZ)[34] 18
  Portugaliya (AFP)[35] 25
  Shotlandiya (Scottish Singles and Albums Charts)[36] 20
  Slovakiya (Singles Digitál Top 100)[37] 38
  Shvetsiya (Sverigetopplistan)[38] 78
  Shveysariya (Schweizer Hitparade)[39] 45
  Birlashgan Qirollik (UK Singles Chart)[40] 39
  AQSh (Billboard Hot 100)[41] 13
  AQSh (Mainstream Top 40)[42] 21

Manbalar tahrir

  1. „Need More 'Ice Cream'? Here Are 5 Blackpink & Selena Gomez Interviews to Check Out“. Billboard (2020-yil 11-sentyabr). 2020-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-dekabr.
  2. „BLACKPINK to Release Second New Single on August… Shocking Collaboration Coming Up“. YG Life (2020-yil 23-iyul). 2020-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-dekabr.
  3. „#SelPink is a go! Selena Gomez joins K-pop group Blackpink for next single“. Chicago Tribune (2020-yil 12-avgust). 2020-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-dekabr.
  4. „BLACKPINK Announce New Album“. Pitchfork (2020-yil 28-iyul). 2020-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-dekabr.
  5. „Selena Gomez Officially Confirms Blackpink Collaboration“. Billboard (2020-yil 11-avgust). 2020-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-dekabr.
  6. „Blackpink & Selena Gomez Just Confirmed the Title of Their Collaboration & It's a Treat“. Billboard (2020-yil 21-avgust). 2020-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-dekabr.
  7. @. „#BLACKPINK X @SelenaGomez ‘Ice Cream’ D-3 POSTER New Single ‘Ice Cream’ ✅ 2020.08.28“. Qaraldi: 2020-yil 12-dekabr.
  8. @. „#BLACKPINK X @SelenaGomez ‘Ice Cream’ D-3 POSTER New Single ‘Ice Cream’ ✅ 2020.08.28“. Qaraldi: 2020-yil 12-dekabr.
  9. @. „#BLACKPINK X @SelenaGomez ‘Ice Cream’ D-2 POSTER New Single ‘Ice Cream’ ✅ 2020.08.28“. Qaraldi: 2020-yil 12-dekabr.
  10. @. „#BLACKPINK X @SelenaGomez ‘Ice Cream’ D-2 POSTER New Single ‘Ice Cream’ ✅ 2020.08.28“. Qaraldi: 2020-yil 12-dekabr.
  11. „Selena Gomez & Blackpink's "Ice Cream" Is the Crème de la Crème of 2020 Summer Bops“. Harper’s Bazaar (2020-yil 28-avgust). 2020-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-dekabr.
  12. „How Selena Gomez Came Up with Her New Serendipity Ice Cream Pint: 'I Had a Sugar Overload Day'“. People (2020-yil 25-avgust). 2020-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-dekabr.
  13. „Here’s the scoop on Blackpink and Selena Gomez’s new song, ‘Ice Cream’“. Los Angeles Times (2020-yil 28-avgust). 2020-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-dekabr.
  14. Heller, Corinne „BTS Wins Big at 2020 MTV EMA: See the Full List of Winners“. E! Online (2020-yil 8-noyabr). 2020-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-noyabr.
  15. Del Rosario, Alexandra „E! People's Choice Awards Nominees List: 'The Old Guard', 'Birds Of Prey' Among Honorees“. Deadline Hollywood (2020-yil 1-oktyabr). 2020-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-noyabr.
  16. „10th Gaon Chart Music Awards (Song of the Year) Nominees“ (ko). Gaon Chart Music Awards (2020-yil 7-dekabr). 2020-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-dekabr.
  17. „'인기가요' 블랙핑크, 출연없이 1위..태민·스트레이 키즈 등 컴백 [★밤TView“] (ko) (2020-yil 20-sentyabr). 2020-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-dekabr.
  18. „'인기가요' 블랙핑크, '아이스크림'으로 출연 없이 2주 연속 1위“ (ko) (2020-yil 27-sentyabr). 2020-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-dekabr.
  19. „<10월 첫째 주 인기가요 차트>“ (ko). Seoul Broadcasting System (2020-yil 4-oktyabr). 2020-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-dekabr.
  20. „Billboard Global 200 Chart“. Billboard. 2020-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-sentyabr.
  21. "Blackpink – Chart History (Argentina Hot 100)" Billboard Argentina Hot 100 Singles for Blackpink. Qaraldi: 2020-yil 24-oktyabr.
  22. "Blackpink x Selena Gomez – Ice Cream". ARIA Top 50 Singles. Qaraldi: 2020-yil 5-sentyabr.
  23. "Blackpink x Selena Gomez – Ice Cream" (olmoncha). Ö3 Austria Top 40. Qaraldi: 2020-yil 9-sentyabr.
  24. "Blackpink x Selena Gomez – Ice Cream" (niderlandcha). Ultratip. Qaraldi: 2020-yil 25-sentyabr.
  25. "Blackpink Chart History (Canadian Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 2020-yil 9-sentyabr.
  26. "Blackpink Chart History (Canada CHR/Top 40)". Billboard. Qaraldi: 2020-yil 14-oktyabr.
  27. "ČNS IFPI" (chexcha). Hitparáda – Digital Top 100 Oficiální. IFPI Czech Republic. Note: Change the chart to CZ – SINGLES DIGITAL – TOP 100 and insert 202036 into search. Qaraldi: 2020-yil 7-sentyabr.
  28. "Blackpink x Selena Gomez – Ice Cream" (fransuzcha). Les classement single. Qaraldi: 2020-yil 25-sentyabr.
  29. "Blackpink x Selena Gomez – Ice Cream" (olmoncha). GfK Entertainment Charts. Qaraldi: 2020-yil 4-sentyabr.
  30. "Archívum – Slágerlisták – MAHASZ" (vengercha). Single (track) Top 40 lista. Magyar Hanglemezkiadók Szövetsége. Qaraldi: 2020-yil 11-sentyabr.
  31. "Archívum – Slágerlisták – MAHASZ" (vengercha). Stream Top 40 slágerlista. Magyar Hanglemezkiadók Szövetsége. Qaraldi: 2020-yil 11-sentyabr.
  32. "Official Irish Singles Chart Top 50". Official Charts Company. Qaraldi: 2020-yil 4-sentyabr.
  33. "Blackpink Chart History (Japan Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 2020-yil 11-sentyabr.
  34. "Blackpink x Selena Gomez – Ice Cream". Top 40 Singles. Qaraldi: 2020-yil 25-sentyabr.
  35. "Blackpink x Selena Gomez – Ice Cream". AFP Top 100 Singles. Qaraldi: 2020-yil 18-sentyabr.
  36. "Official Scottish Singles Sales Chart Top 100". Official Charts Company. Qaraldi: 2020-yil 4-sentyabr.
  37. "ČNS IFPI" (slovakcha). Hitparáda – Singles Digital Top 100 Oficiálna. IFPI Czech Republic. Note: Select SINGLES DIGITAL - TOP 100 and insert 202036 into search. Qaraldi: 2020-yil 8-sentyabr.
  38. "Blackpink x Selena Gomez – Ice Cream". Singles Top 100. Qaraldi: 2020-yil 25-sentyabr.
  39. "Blackpink x Selena Gomez – Ice Cream". Swiss Singles Chart. Qaraldi: 2020-yil 6-sentyabr.
  40. "Official Singles Chart Top 100". Official Charts Company. Qaraldi: 2020-yil 4-sentyabr.
  41. "Blackpink Chart History (Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 2020-yil 8-sentyabr.
  42. "Blackpink Chart History (Pop Songs)". Billboard. Qaraldi: 2020-yil 7-oktyabr.