Ichki energiya — jismning faqat ichki holatiga bogʻliq boʻlgan energiya; jismni tashkil etuvchi molekulalarining xaotik (tartibsiz) ilgarilanma va aylanma harakat kinetik energiyalari bilan molekulalarning oʻzaro taʼsirlashishi natijasida vujudga kelgan potensial energiyalari hamda mo-lekulalardagi atomlarning xaotik teb-ranma harakat kinetik va potensial energiyalarining umumiy yigʻindisiga teng. Jismlar sistemasining I.e.si har bir jismning alohida olingandagi I.e.lari yigʻindisi bilan jismlar orasidagi oʻzaro taʼsir energiyasining yigʻindisidan iborat.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil