Idrisiylar dirhami (arabcha: الدرهم الإدريسي) – Idrisiylar sulolasi davrida Marokash va gʻarbiy Magʻribda zarb qilingan kumush tanga[1].

Dirham (درهم) soʻzi yunon tangasi draxmadan (grekcha: δραχμή) soʻzidan olingan[2]. Dirham bugungi kunda Marokashda qoʻllaniladigan pul birligining nomi hamdir. Idrisiylar sulolasining asoschisi Idris I boʻlgan[3].

Tarixi

tahrir

Dirham birinchi marta Idris I (788–791) davrida Todgha va Volubilisda[4], keyinchalik, 20 ga yaqin turli ustaxonalarda zarb qilingan[5].

Tavsifi

tahrir

Tangalardagi yozuvlar Zaydiyya sulolasining shia mazhabiga eʼtiqod qilganligini koʻrsatadi[6]. Ular sulolaning nasl-nasabi Aliga borib taqalishini targʻib qildilar[6]. Ushbu tangalardagi Iroq kufiy yozuvi magʻribiy yozuvining dastlabki rivojlanish bosqichlariga oʻz taʼsirini koʻrsatgan[7]. Bu tangalardagi kufiy yozuvi asosiy qismda bezaksiz koʻrinishda keltirilgan boʻlib, Idrisiylar davlatining iqtisodiy ahvolini aks ettiradi[7].

Foydalanilishi

tahrir

Idrisiylar dirhamlari Yaqin Sharqda keng tarqalib, ular, shuningdek, Rossiya va Bolqon yarim orollari hududlaridan ham topilgan[8].

Manbalar

tahrir
  1. „Discover Islamic Art - Virtual Museum - object_ISL_ma_Mus01_F_2_en“. islamicart.museumwnf.org. Qaraldi: 2020-yil 22-may.
  2. Oxford English Dictionary, 1st edition, s.v. 'dirhem'
  3. Touri, ‘Abdelaziz. Andalusian Morocco: A Discovery in Living Art (ca). Museum With No Frontiers, MWNF (Museum Ohne Grenzen), 2010. ISBN 978-3-902782-09-0. 
  4. The Trans-Saharan Book Trade: Manuscript Culture, Arabic Literacy and Intellectual History in Muslim Africa (en). BRILL, 2010-12-07. ISBN 978-90-04-19361-1. 
  5. „Qantara - The Idrisids (789- 974)“. www.qantara-med.org. Qaraldi: 2020-yil 22-may.
  6. 6,0 6,1 „Qantara - The Idrisids (789- 974)“. www.qantara-med.org. Qaraldi: 2020-yil 22-may.
  7. 7,0 7,1 حجي، محمد.. معلمة المغرب : قاموس مرتب على حروف الهجاء يحيط بالمعارف المتعلقة بمختلف الجوانب التاريخية والجغرافية والبشرية والحضارية للمغرب الاقصى : بيبليوغرافيا الاجزاء الاثني عشر المنشورة. Maṭābiʻ Salā, 2000 — 3749-bet. OCLC 49744368. 
  8. „Qantara - The Idrisids (789- 974)“. www.qantara-med.org. Qaraldi: 2020-yil 22-may.