Igor Anatolyevich Kirillov (ruscha: Игорь Анатольевич Кириллов; 1970 yil 13 iyul – 2024-yil 17-dekabr) rus general-leytenanti va harbiy jinoyatchi edi[1]. U 2024-yilda Ukraina xavfsizlik kuchlari tomonidan oʻldirilgunga qadar Rossiya Qurolli Kuchlarining Kimyoviy, Biologik va Yadroviy mudofaa qoʻshinlari boshligʻi boʻlgan. Kirillov Rossiyaning 2022-yilda Ukrainaga bostirib kirishidan keyin frontdan tashqarida oʻldirilgan eng yuqori martabali rossiyalik harbiy amaldor edi[2]. Kirillov Ukrainada xloropikrin kimoyiviy qurolidan foydalanishga ruhsat bergan, bu Kimyoviy qurollar boʻyicha konventsiyaga muvofiq urush jinoyati hisoblanadi.

Igor Kirillov

Kirillov 2019-yilda
Asl ismi ruscha: Игорь Анатольевич Кириллов
Tavalludi 13-iyul 1970-yil
Kostroma, RSFSR
Vafoti 17-dekabr 2024-yil(2024-12-17)
(54 yoshda)
Moskva, Rossiya
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRRossiya bayrogʻi Rossiya
Qoʻshin turlari  Rossiya quruqlikdagi kuchlari
Xizmatdagi yillari 1987—2024
Unvoni General-leytenant
Harbiy  qism Rossiya Federatsiyasining radiatsiya, kimyoviy va biologik mudofaa qoʻshinlari
Lavozimi Rossiya Federatsiyasining radiatsiya, kimyoviy va biologik mudofaa qoʻshinlari boshligʻi
Jang/urush Rossiya harbiylarining Suriyadagi operatsiyasi
COVID-19 pandemiyasi
Rossiyaning Ukrainaga bosqini

Suiqasd

tahrir
Kirillovning oʻlimini aks ettiruvchi Dashcam videolari

Kirillov 2024-yilning 17-dekabrida Moskvada taxminan soat 6:12 (MSK)da sodir boʻlgan portlashdan so'ng halok boʻlgan. U Rossiya hukumatidagi Ilya Polikarpov ismli yordamchisi bilan birga Ryazanskiy prospekti hududidagi turar-joy majmuasidan chiqib ketayotgan vaqtida vafot etgan. Portlash elektr skuterga oʻrnatilgan portlovchi qurilmaning portlashi natijasida sodir boʻlgan. Portlovchi qurilma koʻchaning narigi tomonidagi binoning derazalarini sindirish darajasida yetarlicha kuchli edi[3][4][5]. Rossiya davlat matbuotiga koʻra, portlovchi qurilmada 2010-yilda Moskva metrosida 40 kishi halok boʻlgan va 80 kishi jarohatlangan portlashlarda qoʻllanilgan portlovchi moddalar bilan bir xil miqdorda portlovchi moddalar boʻlgan[6][7].

Reaksiyalar

tahrir

Suiqasd uchun javobgarlikni Ukraina xavfsizlik xizmati oʻz zimmasiga olgan[8]. Ukraina Xavfsizlik xizmatidagi manba Kirillov „harbiy jinoyatchi va mutlaqo qonuniy nishon“ ekanligini taʼkidlab, „ukrainaliklarni oʻldirganlarning hammasini shunday sharmandali yakun kutmoqda“ deb ogohlantirgan. Rossiya davlat ommaviy axborot vositalarining TASS xabariga koʻra, tergovchilar yaqin atrofdagi avtomashinada Kirillovni kuzatish uchun foydalanilgan yashirin kamerani topdilar[9].

Suiqasddan soʻng Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisining oʻrinbosari boʻlib ishlayotgan sobiq prezident Dmitriy Medvedev Ukraina harbiy va siyosiy rahbariyatidan „muqarrar oʻch olish“ga vaʼda berdi. Rossiyaning boshqa rasmiylari Kirillovning oʻlimidan keyin unga hurmat bajo keltirishdi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarovaning aytishicha, Kirillov „qoʻrqmasdan ishlagan“ va „orqasiga yashirinmagan“. Davlat Dumasi Mudofaa qoʻmitasi raisi Andrey Kartapolov uni „obroʻli rus generali“ va „oʻz tashkilotining yuqori baholangan rahbari“ deb atadi. Suiqasddan keyin Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin Kirillov uchun bir daqiqa sukut saqladi va uni „nafaqat harbiy rahbar, balki birinchi navbatda olim“ deb taʼrifladi.

Britaniya Bosh vaziri Keir Starmerning matbuot kotibi London Kirillovning oʻlimi uchun „aza tutmoqchi emas“ va u „Ukraina xalqiga azob-uqubat va oʻlim solganini“ aytdi.

Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller Qoʻshma Shtatlar „oldindan xabardor emasligini va bunga aloqasi yoʻqligini“ tasdiqladi va Kirillovning „vahshiyliklari“ va Ukraina kuchlariga qarshi kimyoviy qurol qoʻllanilishiga aloqadorligini qoraladi[10].

Gumonlanuvchini hibsga olish

tahrir

18-dekabr kuni, suiqasddan bir kun oʻtib, Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) suiqasdga aloqadorlikda gumon qilinib, 29 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi erkak hibsga olinganini maʼlum qildi[11]. FSB gumondor Ukraina razvedka idoralari tomonidan suiqasd uyushtirish uchun yollangani va operatsiyani Dneprda joylashgan ukrainalik operativlar jonli efirga uzatganini daʼvo qildi[12][13][14].

Manbalar

tahrir
  1. Troianovski, Anton; Méheut, Constant. „Who Was Gen. Igor Kirillov, the Russian General Assassinated in Moscow?“. The New York Times (2024-yil 17-dekabr). 2024-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-dekabr.
  2. Timsit, Annabelle; Abbakumova, Natalia; Stern, David L.. „Who is Igor Kirillov, the Russian nuclear defense chief killed in Moscow?“. The Washington Post (2024-yil 17-dekabr). 2024-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-dekabr.
  3. Sauer, Pjotr; Harding, Luke „Lieutenant General Igor Kirillov: Russian general killed in Moscow explosion“. The Guardian (2024-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 18-dekabr.
  4. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named nyt20242
  5. „Chief of Russian nuclear protection forces killed in Moscow bomb blast“ (en-GB). Al Jazeera. Qaraldi: 2024-yil 17-dekabr.
  6. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named economist2024
  7. „Igor Kirillov: Russian general killed in Moscow explosion“ (en-GB). BBC News. Qaraldi: 2024-yil 17-dekabr.
  8. „Key Russian general killed in Moscow bomb blast claimed by Ukraine“. CNN (2024-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 17-dekabr.
  9. Troianovski, Anton; Méheut, Constant. „Ukraine Says It Killed General Who Led Russia's Nuclear Defense Force“. The New York Times (2024-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 17-dekabr.
  10. „Who Was Igor Kirillov, the Highest-Ranking Assassinated Russian General?“. The Moscow Times (2024-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 17-dekabr.
  11. „Moskvada rossiyalik generalning o‘ldirilishida O‘zbekiston fuqarosi gumonlanmoqda.“ (2024-yil 18-dekabr).
  12. „What is known about apprehension of perpetrator of terror attack on Russian general“. TASS (2024-yil 18-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 18-dekabr.
  13. Walker, Amy „Igor Kirillov: Russia detains Uzbek man over general's killing“ (en-GB). BBC News (2024-yil 18-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 18-dekabr.
  14. „Russia detains Uzbek suspect over murder of top general in Moscow blast“ (en). Al Jazeera (2024-yil 18-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 18-dekabr.

Havolalar

tahrir