Igor Anatolyevich Ponomaryov (ozarbayjoncha: İqor Anatolyeviç Ponomaryov; 1960-yil 24-fevral, Boku) — sovet va ozarbayjonlik futbolchi, yarim himoyachi, murabbiy. SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1989).

Igor Ponomaryov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Igor Anatolyevich Ponomaryov
Tavallud sanasi 24-fevral 1960-yil (1960-02-24) (64 yosh)
Tavallud joyi Boku, Ozarbayjon SSR
Ampluasi Yarim himoyachi

Tarjimai holi tahrir

Onasining qarshiligiga qaramay Igorning otasi uni futbolga olib borgan. Igorning otasi oʻgʻlini Alekper Jafarovga shogirdlikka berishni xohlagan. Ammo Jafarovning barcha guruhlari toʻla boʻlganligi sababli bu niyat amalga oshmagan. Jafarov Igorning otasiga murabbiy Vagif Oxundovning guruhini tavsiya qilgan[1].

Faoliyatining asosiy qismini Bokuning "Neftchi" jamoasida oʻtkazgan. 1982-yilda SSKA tarkibida harbiy xizmatni oʻtagan va shu klubda faoliyat yuritgan. 1989-yilda Shvetsiyaning „Norrköping“ jamoasida yarim mavsum oʻynagan va jamoa bilan mamlakat chempioni boʻlgan. Jarohat tufayli faoliyatini erta yakunlashga majbur boʻlgan[2].

Ketma-ket aniq amalga oshirilgan penaltilar soni (24 ta) boʻyicha SSSR chempionatining rekordchisi[3]. Igor faoliyati davomida jami 34 penaltining 31 tasini golga aylantirgan. Futbolchining fikricha, xotirjamligi va asablarining mustahkamligi uning muvaffaqiyat kaliti edi[1].

Faoliyatini tugatgandan soʻng Shvetsiyada yashab qolgan[4]. Shvetsiya quyi ligasi jamoalarini boshqargan. 2000—2001-yillarda Ozarbayjon terma jamoasini boshqargan.

2004-yilning yozidan 2005-yilning yozigacha „Qorabogʻ-Azersun“ klubiga murabbiylik qilgan. Ozarbayjon chempionatining 2004—05-yilgi mavsumida klub 6-oʻrinni egallagan[5]. Mavsum oxirida Ponomaryov klubni tark etgan.

2019-yilning sentyabr oyida Ozarbayjonning „Sabah“ klubiga murabbiylik qilgan[6].

Oʻgʻli Anatoliy ham futbolchi.

2010-yilda Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining Faxriy diplomi bilan taqdirlangan[7].

2020-yil 24-fevralda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning farmoni bilan Igor Ponomaryov „Shohrat“ ordeni bilan taqdirlangan[8].

Hozirda Ozarbayjonning „Sabah“ futbol klubi kuzatuv kengashi aʼzosi[9].

SSSR terma jamoasi tahrir

1988-yilda SSSR Milliy terma jamoasi tarkibiga jalb etilgan. Terma jamoadagi faoliyati davomida Ponomaryov 1 ta rasmiy va 14 ta norasmiy uchrashuvlarda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 9 ta toʻp kiritgan[10]. Seuldagi olimpiadada Koreya terma jamoasiga qarshi (0:0) oʻyinda maydonga tushgan[11].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „Игорь Пономарев: Вся жизнь в футболе“. 2016-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 29-oktyabr.
  2. „«Игорь Пономарев – 60! Интересные факты: Марадона, игры на асфальте, жизнь на корабле» (ФОТО)“. 2023-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-avgust.
  3. „СПОРТ-ЭКСПРЕСС ФУТБОЛ• АРХИВ Акселя ВАРТАНЯНА• НАСЛЕДНИКИ Владислава ЖМЕЛЬКОВА“. 2008-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 13-iyul.
  4. „Игорь Пономарёв“. 2020-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 10-oktyabr.
  5. „«Карабах» — единственный лидер“. 2016-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 29-oktyabr.
  6. „Игорь Пономарев назначен главным тренером «Сабах»“ (ru). https://1news.az. Qaraldi: 2019-yil 23-noyabr.
  7. „Распоряжение Президента Азербайджанской Республики от 23 февраля 2010 года № 756 «О награждении И. А. Пономарёва «Почётным дипломом Президента Азербайджанской Республики»“. 2021-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-avgust.
  8. „Распоряжение Президента Азербайджанской Республики о награждении И. А. Пономарева орденом «Шохрат»“. 2020-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-fevral.
  9. „Игорь Пономарев: Азербайджанские клубы стали лучше играть против соперников из других стран“. 2023-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-avgust.
  10. Iz knigi Viktora Xoxlyuka „Zolotie olimpiysi Seula“, str. 320
  11. „«Обзор матча СССР — Корея»“. 2023-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.