Ikkinchi Shlezvig urushi
Ikkinchi Shlezvig urushi (daniyacha: Krigen i 1864; nemischa: Deutsch- Dänischer Krieg) baʼzan Daniya-Prussiya urushi yoki Prussiya-Avstriya-Daniya urushi deb ham ataladi, XIX asrda Shlezvig-Golshteyn masalasi boʻyicha yuzaga kelgan ikkinchi harbiy mojaro. Urush 1864-yil 1-fevralda, Prussiya va Avstriya qoʻshinlari Shlezvig chegarasini kesib oʻtgandan soʻng boshlandi. Daniya Prussiya Qirolligi va Avstriya imperiyasiga qarshi kurashdi. Birinchi Shlezvig urushi kabi (1848-1852), Shlezvig, Golshteyn va Lauenburg gersogliklarini nazorat qilish uchun kurash olib borildi, chunki ular bilan bogʻliq kelishmovchiliklar Germaniya Konfederatsiyasi taʼsir doirasidagi Daniya qirolining merosxoʻrsiz vafot etishi boʻldi. Urush 1863-yil noyabr oyida Daniyaning yangi Konstitutsiyasi qabul qilingandan keyin boshlandi, unda London protokolini buzgan holda Shlezvig gersogligini Daniya qirolligi taʼsir ostida deb eʼlon qilindi.
Ikkinchi Shlezvig urushi | |||||
---|---|---|---|---|---|
| |||||
Qoʻmondonlar | |||||
Vilgelm I | Christian IX | ||||
Kuchlar | |||||
Urush boshlanganda:
61 000 askar 158 ta to'p Keyinchalik: 20 000 askar 64 ta to'p |
38 000 askar
100 dan ortiq to'p |
Urush 1864-yil 30-oktabrda Vena shartnomasiga binoan Daniya va Shlezvig gersogliklarining, Golshteyn va Saks-Lauenburgning Prussiya va Avstriyaga berilishi bilan yakunlandi.
Urush sabablari
tahrirXIX asr oʻrtalarida Daniya va Prussiya oʻrtasida Shlezvig va Golshteyn gersogliklari uchun raqobat yuzaga keldi. Birinchi urush 1848-yilda boshlanib, 1850-yilgacha davom etdi. Urush yakunida gersogliklarning maqomi London protokoli boʻyicha buyuk davlatlar tomonidan tasdiqlangan. Golshteyn aholisi aksariyati nemislar edi, Shlezvig aholisining esa toʻrtdan uch qismi daniyaliklardan iborat edi. Nemislar Shlezvigning janubiy qismida yashashar edi va ular gersoglikning deyarli barcha yirik yer egalari ham edi.
Daniya qiroli Fridrix VII ning befarzandligi Oldenburglar sulolasini tugashini anglatardi. Taxtga ayol kishi oʻtirishga ruxsat berildi va Glyuksburg shahzodasi Kristian Fridrix VII vorisi sifatida tan olindi. Germaniyada esa merosxoʻrlikka faqat erkaklar haqli edi va Prussiya Augustenburg gersogi Fridrixni taxtga daʼvogarligini qoʻllab quvvatladi. Daniyada qirol Fridrix VII ning yaqinda vafot etishini hisobga olib, 1863-yil 13-noyabrda Daniya va Shlezvigning boʻlinmasligini belgilovchi yangi konstitutsiya qabul qilindi. 15-noyabrda Fridrix VII vafot etdi va Daniya taxtiga Glyuksburg sulolasi vakili Kristian IX oʻtirdi. Germaniya Konfederatsiyasining Dieti Shlezvig va Golshteynni Fridrix Augustenburgga topshirishni talab qildi va 1863-yil dekabrda dastlab Saksoniya va Gannover qoʻshinlari, undan keyin Prussiya va Avstriya qoʻshinlari, jami 22 mingga yaqin kishi Golshteyn hududiga kirdi. Daniya qoʻshinlari jangsiz Shlezvigga chekinishdi.
Tomonlarning harbiy kuchlari
tahrirRossiya Bosh shtabi kapitani V.N.Chudovskiy hazil tariqasida taʼkidlaganidek, „Agar Prussiya va Avstriya oʻzlarining barcha quruqlikdagi kuchlarini kichik Daniyaga qarshi qoʻyishsa, unda Daniyaning deyarli barcha erkak aholisi soniga teng armiya tuziladi. …lekin bunday qoʻshinni hatto jang maydoniga sigʻdirib boʻlmaydi“[1]. Shuning uchun ittifoqchilar yetarli sonli ustunlikni taʼminlash bilan cheklandi. Ittifoqchilarning texnik ustunligi jangovar harakatlarga ham taʼsir qildi: Prussiya armiyasi Dreyse miltig'i bilan qurollangan, uni qayta oʻqlash tez va oson edi, daniyaliklar esa nisbatan eski qurollardan foydalangan va uni qayta oʻqlash ham sekin edi, bu esa ularning Prussiya askarlari uchun yaxshi nishonga aylantirdi. Avstriyaliklar yangi Lorenz Model 1854 nayzali miltiqlar bilan qurollangan edi. Ammo Daniya miltiqlari avstriyaliklardan deyarli ikki baravar va prussiyaliklardan bir yarim barobar uzoqroqqa zarba bera olardi. Daniya armiyasi Avstriyadan koʻra yaxshiroq qurollangan edi.
Urush boshlanishiga qadar Daniya armiyasi uchta piyoda va bitta otliq diviziyadan iborat boʻlib, ularning har birida uchtadan polk brigadasi mavjud edi. Zaxirada toʻrtta piyoda polki va qoʻriqchilar bataloni bor edi. Umuman olganda, Daniya armiyasida 104 ta toʻpga ega 42 ming kishi bor edi.
Prussiya qoʻshinlari 1-korpusni — ikkita piyoda va bitta otliq diviziyani, 3-korpusni — qoʻshma gvardiya diviziyasini urushga jalb qilgandi. Prussiya qoʻshinlari 43 ming kishi va 110 ta toʻpdan iborat edi.
Avstriya qoʻshinlari 2-korpusni — toʻrtta piyoda va bitta otliq dviziyani tashkil etdi. Hammasi boʻlib — 26 ming kishi va 48 ta toʻp bor edi.[2]
Urush harakatlarining borishi
tahrir1864-yil yanvar oyi
tahrir1864-yilning yanvar oyiga kelib garchi jang harakatlari boʻlmasa-da ammo vaziyat keskinligicha qolayotgandi. Daniya qoʻshinlari Eyder daryosining shimoliy qirgʻogʻini va nemis kuchlari janubiy qirgʻogʻini nazorat qilardi.
Prussiyada Bismark 1862-yilgi konstitutsiyaviy inqirozdan beri katta bosim ostida edi va u Shlezvigning „ozod qilinishi“ ga erishish orqali Prussiya liberallari orasida jamoatchilik tomonidan qoʻllab-quvvatlanishga umid qilardi. Prussiya Golshteyn gersogligining bosib olinishi bilan kifoyalanmay, Shlezvigga bostirib kirish toʻgʻrisidagi qarorni Prussiya va Avstriya hukumatlari qabul qildi. Germaniya Konfederatsiyasining boshqa aʼzolari bunga rozi boʻlmadilar va hatto Avstriya va Prussiyaga urush eʼlon qilish haqida ham muhokamalar boshlanib ketdi. Biroq, prussiyaliklar va avstriyaliklarning harbiy ustunligi tufayli ushbu muhokamalar shunchaki „muhokamaligicha qolib ketdi“.
1864-yil 14-yanvarda Avstriya va Prussiya Germaniya konfederatsiyasining qarorini olmasdan Daniyaga qarshi chora koʻrishlarini eʼlon qildilar[3]. 1864-yil 16-yanvarda Bismark Daniyaga ultimatum qoʻyib, konstitutsiyani 48 soat ichida bekor qilishni talab qildi. Buni amalga oshirish qisqa muddatda siyosiy jihatdan imkonsiz edi va shuning uchun talab Daniya hukumati tomonidan rad etildi.
Fevral oyi
tahrirPrussiya va Avstriya qoʻshinlari 1864-yil 1-fevralda Germaniya Konfederatsiyasi Federal Assambleyasi qarshiligiga qaramay Shlezvigga qoʻshin kirgizishdi[3] va shu tariqa urush boshlanib ketdi. Avstriyaliklar mustahkamlangan Dannevirke tomon hujum qilishdi, taxminan 36 000 askar Dannevirkeni himoya qilardi, aslida himoyalanish uchun 50 000 kishi kerak boʻlar edi. Prussiya qoʻshinlari Mysunde (Shlezvigning sharqi) shahridagi Daniya istehkomlariga zarba berishdi.
1864-yil 3-fevralda Selk yaqinidagi Königshyugel (Daniya Kongshøj , tarjimasi Qirol tepaligi) uchun boʻlib oʻtgan jangda general Gondrekurt qoʻmondonligidagi Avstriya qoʻshinlari daniyaliklarni Dannevirke shahriga chekinishga majbur qildi. Jang qor boʻronida −10 °C (14 °F)da boʻlib oʻtdi. 1864-yil 5-fevralda Daniya bosh qoʻmondoni, general-leytenant Kristian Yuliy De Meza qurshovga tushib qolmaslik uchun Dannevirkeni tark etdi va qoʻshinini Flensburg tomon olib ketdi. Chekinish 600 kishining oʻlimiga va asirga olinishiga sabab boʻldi. Oʻn askar muzlab oʻldi[4]. Shoshilinch chekinish, shuningdek, daniyaliklarni muhim ogʻir artilleriyalaridan voz kechishga majbur qildi. Ushbu chekinish Daniya tarixiga Daniya askarlari duchor boʻlgan eng yomon voqealardan biri sifatida kirdi. Hatto buni Napoleonning Moskvadan chekinishi bilan solishtirgan. Uzoq tarixi tufayli Daniya milliy mifologiyasida katta rol oʻynagan Dannevirkening jangsiz yoʻqotilishi Daniyada jiddiy noroziliklarga olib keldi va natijada de Meza oliy qoʻmondonlikdan isteʼfoga chiqishga majbur boʻldi. Daniya hech qachon Dannevirke ustidan hukmronlikni yoʻqotmagan edi. General Lyudvig Karl Vilgelm fon Gablenz boshchiligidagi avstriyaliklar Flensburgdan shimolga, prusslar esa Sonderborgdan sharqqa qarab yurish qildi.
Mart oyi
tahrir- Avstriya armiyasi qattiq janglardan soʻng Vejle shahrini egalladi. Jangda Iishtirok etgan Daniya qoʻshini dastlab Horsensga, keyinroq Vendsysselga chekinishdi.
- 15-mart: Prussiya qamal artilleriyasi Broagerdagi pozitsiyalardan Dybboldagi Daniya istehkomlarini bombardimon qila boshladi.
- 17-mart: Prussiya armiyasi Dybbol oldidagi Daniya postlarini chekinishga majbur qildi. Jasmund dengiz jangida (shuningdek, Ryugen jangi sifatida ham atalgan) Prussiya dengiz kuchlari Daniyaning Shlezvig va Golshteyn dengiz blokadasini buzishga harakat qildi, ammo uddalay olmadi.
- 28-mart: Dybbol yana hujumga uchradi, ammo hujum qaytarildi
Aprel oyi
tahrir- 2-aprel: Prussiya artilleriyasi Dybbol va Sonderborg shahridagi Daniya istehkomlarini bombardimon qila boshladi. 1864-yil 18-aprelga kelib prussiyaliklar 65000 ga yaqin snaryadlardan foydalanib boʻlgandi.
- 4-aprel: Daniyaliklar Prussiyaning Dybbolga hujumini qaytarishdi.
- 18-aprel: Dybbol jangi. Olti soatlik artilleriya zarbalaridan soʻng, 10 000 Prussiya askari Dybbol qal’asiga bostirib kirishdi, Daniyaning 8-batalyoni jasorat bilan qarshilik qildi, ammo 1700 nafar Daniya askarlari qurbon boʻlgan jangda magʻlub boʻldi
- 25-aprel — 25-iyun: 1864-yilgi London konferensiyasida siyosiy masalalarning muhokama qilinishi.
May oyi
tahrir- 9-may: Helgoland dengiz jangi.
- 12-may: Londondagi konferentsiyada oʻt ochishni toʻxtatish haqida kelishib olindi, ammo tomonlar chegaralarni aniq belgilash boʻyicha kelisha olmagani uchun tez orada kelishuv buzildi. Prussiyaliklar Dybbol yonidagi Sonderborg shahrini bombardimon qilishdi.
- 26-may: Prussiya artilleriyasi Als orolini oʻqqa tutdi.
Iyun oyi
tahrir- 5-iyun: Londondagi konferensiya hech qanday kelishuvga erish olmay tarqaldi.
- 29-iyun: Dybboldan chekingan Daniya garnizoni Als orolida panoh topgan edi. Prussiyaliklar 29-iyun kuni kechqurun orolga hujum uyushtirdi va bu jang Als jangi sifatida tarixda qoldi. Prussiyaliklar orolni egallab olishdi. Bu urushning soʻnggi yirik jangi edi.
Urushning tugashi
tahrir1864-yil 1-avgustda tinchlik shartnomasining dastlabki shartlari imzolandi: Daniya qiroli Avstriya imperatori va Prussiya qiroli foydasiga gersogliklardagi barcha huquqlaridan voz kechdi. 1864-yil 30-oktabrdagi Vena shartnomasida Daniya Shlezvig, Golshteyn va Lauenburgni Prussiya va Avstriyaga berdi. Daniya, shuningdek, Shlezvigning gʻarbiy qismidagi anklavlarni topshirishga majbur boʻldi, ular qonuniy ravishda Daniya tarkibiga kirardi, ammo Erro orolini (Shlezvigning bir qismi), Ribe shahri va uning atrofidagi hududni saqlab qolishga, muvaffaq boʻldi. Tinchlik shartnomasi natijasida Daniya yer maydoni 40 % ga qisqardi va umumiy aholi soni 2,6 milliondan 1,6 milliongacha (taxminan 38,5 %) kamaydi. Daniya chegarasi Lauenburg gersogligining eng chekka burchagidan Kongea daryosi boʻyidagi yangi chegaragacha taxminan 250 km qisqardi.
Ushbu urushdan keyin Daniya armiyasi Kopengagenga qaytib kelganida, Birinchi Shlezvig urushidan keyin gʻalaba qozonganidan farqli oʻlaroq, ular hech qanday xursandchilik yoki boshqa jamoatchilik eʼtirofiga sazovor boʻlmadi.
Oqibat
tahrirPrussiya qoʻshinlarining qayta tashkil etilganidan keyin birinchi toʻqnashuvida ularning qay darajada ekanligi aniq boʻldi, avstriyaliklar 18 oy oʻtgach, Avstriya-Prussiya urushida ushbu jihatni eʼtiborsiz qoldirdilar va magʻlub boʻlishdi. Prussiya va Avstriya 1865-yil 14-avgustdagi Gashteyn konventsiyasiga binoan Shlezvig va Golshteynning tegishli maʼmuriyatini oʻz qoʻliga oldi. 200 000 ga yaqin daniyaliklar Germaniya hukmronligi ostiga oʻtdi.
Magʻlubiyatdan soʻng, Kristian IX Prussiya bilan bogʻlanib, agar Daniya Shlezvig va Golshteyn bilan birlashsa, butun Daniya Germaniya konfederatsiyasiga qoʻshilishi mumkinligini taklif qildi. Bu taklifni Bismark rad etdi, u Shlezvigdagi daniyaliklar va nemislar oʻrtasidagi etnik nizolar hal etilmay qolishidan qoʻrqdi[5]
1866-yildagi Praga tinchligi Daniya ikki gersoglikdan voz kechishini tasdiqladi, ammo Shimoliy Shlezvig Daniya hukmronligiga qaytishni xohlaydimi yoki yoʻqligini hal qilish uchun plebissitni vaʼda qildi. Ushbu qoida 1878-yildagi Prussiya va Avstriya rezolyutsiyasi bilan bir tomonlama tartibda bekor qilingan.
Qizil Xoch jamiyati
tahrirIkkinchi Shlezvig urushi 1863-yilda Qizil Xoch harakati tashkil etilgandan keyin olib borilgan birinchi urush edi. Daniya ham, Prussiya ham milliy Qizil Xoch jamiyatlarini tashkil qilishgan va Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasi ularning faoliyatini baholash uchun kuzatuvchilarni yuborgan. Ikkala Qizil Xoch jamiyati ham kasalxonalar tashkil etdi va yarador askarlarga xolis yordam koʻrsatdi va bu xalqaro gazetalarda yoritildi[6]
Manbalar
tahrir- ↑ Chudovskiy V. N. Voyna za Shlezvig-Golshteyn 1864 goda. Arxivnaya kopiya ot 25-oktabrya 2014 na Wayback Machine — SPb.: Tip. t-va „Obщestvennaya polza“, 1866.
- ↑ Chudovskiy V. N. Voyna za Shlezvig-Golshteyn 1864 goda. Arxivnaya kopiya ot 25-oktabrya 2014 na Wayback Machine — SPb.: Tip. t-va „Obщestvennaya polza“, 1866.
- ↑ 3,0 3,1 Jürgen Müller: Der Deutsche Bund 1815-1866, Oldenbourg Verlag, München 2006, p. 46-47
- ↑ "Bornholm besat". 29 September 2014. Retrieved 28 August 2015.
- ↑ "Hemmeligt arkiv: Kongen tilbød Danmark til tyskerne efter 1864". 18 August 2010. Retrieved 28 August 2015.
- ↑ Dromi, Shai M. (2020). Above the fray: The Red Cross and the making of the humanitarian NGO sector. Chicago: Univ. of Chicago Press. p. 64. ISBN 978-0-226-68010-1.
Adabiyotlar
tahrir- Peter Yding Brunbech (3 November 2014). „Krigen i 1864“, [The War in 1864]. danmarkshistorien.dk (in Danish). Aarhus University. Retrieved 20 December 2014.
- Germano-datskaya voyna 1864 goda // Ensiklopedicheskiy slovar Brokgauza i Yefrona : v 86 t. (82 t. i 4 dop.). — SPb., 1890—1907.
- Vsemirnaya istoriya voyn. / Avt.-sost. A. G. Mernikov, A. A. Spektor. — Mn.: Xarvest, 2005. — ISBN 985-13-2607-0