Ikkinchi Turk xoqonligi
Ikkinchi Turk xoqonligi (qad. turkcha: 𐱅𐰇𐰼𐰰:𐰃𐰠𐱅𐰇𐰼𐰰:𐰃𐰠[1], xitoycha: 後突厥i[2]) — Oʻrta va Sharqiy Osiyodagi Koʻkturklarning Ashina urugʻi tomonidan asos solingan xoqonlik. Ushbu davlat 682—744-yillar orasida hukm surgan. Xoqonlikdan avval bu hududlarda Sharqiy Turk xoqonligi (552—630) va Tan sulolasi (630—682) mavjud boʻlgan. Xoqonlik markazi Oʻtukenda joylashgan[3][4][5]. Xoqonlik qulagach, Toʻqqizoʻgʻuz konfederatsiyasi kuchayib, bu konfederatsiya Uygʻur xoqonligiga asos solgan.
Ikkinchi Turk xoqonligi 𐱅𐰇𐰼𐰰:𐰃𐰠 Türük el Xoqonlik | |||||||
| |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
Xoqonlik hududi xaritasi, 720-yil. | |||||||
Poytaxti | Oʻtuken (yozgi poytaxt), Yarγan yurtï (qishki poytaxt). | ||||||
Til(lar)i | Qadimgi turkcha | ||||||
Dini | Tangrichilik | ||||||
Boshqaruv shakli | Irsiy monarxiya | ||||||
Xoqon | |||||||
- 682 – 691 | Eltarish xoqon | ||||||
- 691 – 716 | Qapagʻon xoqon | ||||||
- 716 | Inal xoqon | ||||||
- 716 – 734 | Bilga xoqon | ||||||
- 744 | Oʻzmish xoqon | ||||||
Tarxon | |||||||
- 682 – 716 | Toʻnyuquq | ||||||
- 716 – 731 | Kultegin | ||||||
Maʼlumotlar
tahrirSharqiy Turk xoqonligi qulaganidan bir necha oʻn yil oʻtgach (630-yil), Ashina urugʻidan boʻlgan Nishufu 679-yilda xoqon deb eʼlon qilingan va tez orada Tan sulolasiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan[6]. 680-yilda u Pei Xinnjiang boshliq Tan qoʻshinidan qaqshatqich zarba olgan[6]. Nishufu oʻlimidan soʻng xoqonlik urugʻining yana bir aʼzosi Funian xoqon boʻlgan. Uning davrida ham Sharqiy turklar yana Tang hukmronligiga qarshi isyon koʻtargan[7]. Qoʻzgʻolonning dastlabki bosqichlarida Funian bir necha gʻalabalarga erishgan, ammo oxir-oqibat ular yana Pei Xiangjinning qoʻshini tomonidan magʻlubiyatga uchragan[7]. Toʻnyuquqning fikricha, Tanga qarshi urush koʻtarib gʻolib boʻlgan odamni taxtga egalik qilishi, taxtga munosib nomzodni tanlashning eng yaxshi yoʻli boʻlgan. Masalan, xalq Nishufuni taxtdan agʻdarib, soʻngra oʻldirgan. Sabab sifatida esa turk xalqining Tan sulolasiga vassal boʻlishida Nishufu aybdor sifatida koʻrsatilgan[8].
Ilig xoqonning uzoqroq qarindoshi Qutlugʻ 681-yilda qoʻzgʻolon koʻtargan. Qutlugʻ, Qapagʻon va eng yaqin quroldoshi boʻlgan Toʻnyuquq Yin togʻlarida oʻrnashgan, turk xalqining katta qismining qoʻllab-quvvatloviga erishgan. Shansi shahrida Tan hukmdorining qoʻshinlariga qarshi muvaffaqiyatli harbiy amaliyotlar oʻtkazgan. 682 va 687-yilda xoqon Eltarish Yin Shan togʻlarini tark etgan va oʻzining birlashgan, jangovar qoʻshini bilan hozirgi Markaziy va Shimoliy Moʻgʻulistondagi Turk oʻlkalarini zabt etishga e'tibor qaratgan. 687—691-yillarda bu hududlarni bosib olgan toʻqqizoʻgʻuz va uygʻurlarni boʻysundirilgan. Ularning boshligʻi Abuz xoqon jangda halok boʻlgan. Shundan soʻng, Ikkinchi Turk xoqonligining markazi Oʻtuken togʻlariga, Oʻrxun, Selenga va Toʻla daryolari vodiylariga koʻchgan[9].
Yuksalishi
tahrir691-yilda xoqon Eltarish vafot etgan. Uning oʻrniga ukasi Qapagʻon xoqon taxtga oʻtirgan. 696—697-yillarda Qapagʻon kidonlarni oʻziga boʻysundirgan. Turklar Tan qoʻshinlarining shimoli-sharqqa – Xingan etaklariga tomon yurishiga toʻsqinlik qilgan Kumo Xi (turkiy matnlarda Tatabi) bilan ittifoq tuzgan. Shu ittifoq orqali imperiyaning sharqiy chegarasining xavfsizligini taʼminlagan. 698—701-yillar oraligʻida xoqonlik chegaralari shimoliy va gʻarbiy tarafdan Tannuoʻla, Oltoy va Tarbagʻatoy togʻ tizmalari bilan chegaralangan. 706—707-yillarda Bayirku qabilasini magʻlub etgandan soʻng turklar Kerulenning yuqori oqimidan Baykal koʻligacha boʻlgan yerlarni egallab olishgan. 709—710-yillarda turk qoʻshinlari Az va Chiklarni oʻziga boʻysundirib, Sayan togʻlarini (turk matnlarida Kögmen yïš) kesib oʻtgan. Yenisey qirgʻizlarini magʻlub qilgan. Qirgʻiz hukmdori Barsbek jangda halok boʻlgan. Uning avlodlari bir necha oʻn yillar davomida Koʻkturklarning vassali boʻlib qolgan. 711-yilda Tonyuquq boshchiligidagi turk qoʻshinlari Oltoy togʻlarini kesib oʻtib, Boluchu daryosi boʻyida Jungʻoriya tekisligida turgesh qoʻshinlari bilan toʻqnash kelishgan. Bu jangda Koʻkturklar gʻalaba qozongan. Toʻnyuquq qoʻshinlarini Toxariston chegarasigacha olib kelgan, ammo orqaga chekinayotgan turgeshlarni quvib yana Sirdaryoni kesib oʻtishga majbur boʻlgan. Samarqand yaqinida arablar bilan boʻlgan janglarda turk qoʻshinlari taʼminotdan uzilib, katta yoʻqotishlarga uchragan. Shu sababli, 713—714-yillarda Oltoyga qaytishda katta qiyinchiliklarga uchragan[10].
Inqirozi
tahrir716-yilda odatni buzgan holda taxtni Qapagʻonning oʻgʻli Inel Xoqon egallagan. Taxtga hech qanday huquqi boʻlmagan Inel va uning tarafdorlari Kultegin tomonidan oʻldirilgan. Kulteginni koʻplab turk zodagon oilalari qoʻllab-quvvatlagan. Soʻngra, taxtga 716—734-yillarda hukmronlik qilgan Bilga xoqon oʻtqazilgan[11].
Otasi asos solgan imperiya qulash arafasida turgan bir paytda Bilga xoqon taxtga oʻtirgan. Bu sharoitda xoqonlikda inqiroz davrlari boshlangan edi: gʻarbiy yerlar butunlay ajralib chiqqan, turkashlar boshligʻi Suluk oʻzini xoqon deb eʼlon qilgan. Kidan va tatabi qabilalari soliq toʻlashdan bosh tortishni boshlagan, toʻqqizoʻgʻuzlar qoʻzgʻoloni davom etayotgan, turk qabilalari oʻzlari isyon koʻtara boshlagan edi. Vaziyatni nazorat qila olmaganini his qilgan Bilga xoqon taxtni ukasi Kulteginga berishlikni taklif qilgan. Biroq bu taklif merosning qonuniy tartibiga zid boʻlgan. Lekin qoʻshin boshiga Kultegin qoʻyilgan, qabilalar orasida katta obroʻga ega boʻlgan Toʻnyuquq xoqonning eng yaqin maslahatchisiga aylangan.
720-yilda Tan imperatori Xuanzong Xoqonlikka hujum qilgan, ammo Toʻnyuquq Tan qoʻshinining asosiy qismi boʻlgan Bosmil otliqlarini magʻlub etgan. Soʻngra Turklar Gansuga bostirib kirishgan. Kultegin imperator Xuanzondan 727-yilda 30 ot evaziga 100 000 toʻp ipak olgan. Kultegin buni oʻlpondek qabul qilgan, shu sababli Tan sulolasiga qarshi Tibet imperiyasi bilan ittifoq tuzishdan bosh tortgan.
Kuchsizlanib borishi
tahrirToʻnyuquq (726-yil) va Kultegin (731-yil) oʻlimi Bilga xoqonning eng yaxshi maslahatchilaridan mahrum boʻlishiga olib kelgan. Bilga xoqon zaharlangan, ammo zahar sekin taʼsir qilgan va u oʻlimidan oldin qotillarini oʻldirishga muvaffaq boʻlgan. Bilga xoqondan keyin toʻngʻich oʻgʻli Yoʻllugʻ tegin xoqon, keyinroq Yoʻllugʻning oʻrniga ukasi Tangri xoqon taxtga oʻtirgan. Tangri xoqon vafotidan keyin imperiya parchalana boshlagan. Ashina sulolasi ichki boʻlinishlarga bardosh bera olmay qolgan. Yosh Tangri xoqonni amakisi Qutlugʻ Yabgʻu oʻldirib, hokimiyatni qoʻlga kiritgan. Uygʻurlar, basmillar va qarluq qabilalari bilan urush boshlanib, Qutlugʻ Yabgʻu xoqon va uning tarafdorlari jangda halok boʻlgan.
Qulashi
tahrirUygʻurlardan boʻlgan Qutlugʻ I Bilga xoqon qarluqlar va bosmillar bilan ittifoq tuzib, koʻkturklarni magʻlub etgan. 744-yilda Qutlugʻ I Oʻtukenni qoʻlga olgan va shu yili soʻnggi Koʻkturk xoqoni Oʻzmish xoqonning boshini olgan. Uning boshi Tan saroyiga yuborilgan[12]. Bir necha yil ichida uygʻurlar Ichki Osiyoni egallab, Uygʻur xoqonligini tuzishgan. Kulun beg otasi Oʻzmishning oʻrniga oʻtirgan. Tan imperatori Xuanzong turk xoqonligining soʻnggi vakillarini ham yoʻq qilishga qaror qilgan. U General Van Zhongsi boshliq qoʻshinlarni yuborgan. Van Zhongsi Apa Tarxon boshchiligidagi turk qoʻshinining sharqiy qanotini magʻlub etgan. Kulun beg qochishga uringan boʻlsa-da, uygʻurlar tomonidan qoʻlga olinib, 745-yilda xuddi otasi kabi boshi kesilgan. Turklarning aksariyati Bosmil kabi boshqa turkiy qabilalarga qochib, qorishib ketishgan. Biroq, Bilga xoqonning bevasi Qutlug Säbäg Xotun va Toʻnyuquqning qizi Tan sulolasi saroyidan panoh topgan. Tan imperatori uni malika sifatida tan olib oʻz xalqining hukmdori etib tayinlagan[13].
Ikkinchi Turk xoqonligi hukmdorlari
tahrirXoqonlar
tahrirXoqon | hukmronlik | ota, bobo |
Xoqonlik ismi
(Xitoycha oʻqilishi) |
Shaxsiy ism
(Xitoycha oʻqilishi) |
---|---|---|---|---|
Eltarish xoqon | 682–692 | Yetmish beg, nomaʼlum |
Xiédiēlìshī Kèhán | 阿史那骨篤祿
Āshǐnà Gǔdǔlù |
Qapagʻon xoqon | 692–716 | Yetmish beg, nomaʼlum |
Qianshàn Kèhán | 阿史那默啜
Āshǐnà Mòchuài |
Inel xoqon | 716–717 | Qapagʻon xoqon, Yetmish beg |
Taxī Kèhán | 阿史那匐俱
Āshǐnà Fújù |
Bilga xoqon | 717–734 | Eltarish xoqon, Yetmish beg |
Pijia Kèhán | 阿史那默棘連
Āshǐnà Mòjílián |
Yollugʻ xoqon | 734–739 | Bilga xoqon, Eltarish xoqon |
Yiran Kehan | 阿史那伊然
Āshǐnà Yīrán |
Tangri xoqon | 739–741 | Bilga xoqon , |
Dēnglì Kèhán | 阿史那骨咄
Āshǐnà Gǔduō |
Oʻzmish xoqon | 742–744 | Pan Kul Tegin, Ashina Duoxifu |
Wūsūmǐshi Kèhan | 阿史那乌苏米施
Āshǐnà Wūsūmǐshī |
Taxtga daʼvogarlar (741-745)
tahrirXoqonlar | hukmronlik | ota, bobo |
Hukmronlik ismi
(Xitoycha oʻqish) |
Shaxsiy ism
(Xitoycha oʻqish) |
---|---|---|---|---|
Qutlugʻ Yabgʻu xoqon (taxtni tortib olgan) |
741–742 | Nomaʼlum (Ashina emas) |
Yoʻq | Gǔduō Yèhù |
Ashina Shi (daʼvogar, Basmillar boshligʻi) |
742–744 | Uti beg, Ashina Duoxifu |
Hèlà Pijia Kèhán | Yīdiēyishi |
Kulun beg (daʼvogar) |
744–745 | Özmish xoqon, Pan Kul Tegin | Báiméi Kèhán |
Siyosiy va ijtimoiy tuzilma
tahrirEltarish davrida turkiy davlatning anʼanaviy tuzilishi tiklangan. Eltarish va uning vorislari tomonidan yaratilgan imperiya etnik jihatdan bir-biriga bogʻlangan va iyerarxik jihatdan muvofiqlashtirilgan qabilalarning hududiy birlashmasi boʻlgan. Ular mafkuraviy jihatdan umumiy eʼtiqodlar va qabul qilingan nasabnomalar bilan, siyosiy jihatdan esa yagona harbiy va maʼmuriy tashkilot (el) va umumiy huquqiy meʼyorlar (toru) bilan birlashgan. Qabila tashkiloti (budun) va siyosiy tuzilma (el) bir-birini toʻldirib, ijtimoiy aloqalarning mustahkamligini belgilab bergan. Turk yozuvlariga koʻra, xoqon davlatni boshqargan va qabila guruhiga bosh boʻlgan. Imperiyadagi asosiy elita guruh Ashina sulolasi boshchiligidagi oʻn ikki turkiy qabila boʻlgan[14]. Keyingi oʻrinlarda siyosiy ahamiyatga ega boʻlgan qabilalar toʻqqizoʻgʻuzlar boʻlishgan[15].
Iqtisodiyoti
tahrirTurk qabilalari xoʻjaligining asosini koʻchmanchi chorvachilik tashkil etgan. Choʻl va togʻlarda uyushtirilgan ovchilik harbiy va iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan: bu ovlar davomida jangchilar tayyorlangan, turli otryadlar tuzilgan. Xitoy yilnomachisi turklarning xoʻjaligi va turmush tarzini shunday tasvirlagan: „Ular kigiz oʻtovlarda yashaydilar, suv va oʻt-oʻlanlar ortidan kezishadi“. Turklar uchun otlar hayotiy ahamiyatga ega boʻlgan. Iqtisodiyot chorvachilikka tayangan boʻlsa-da, chorva uchun qishki yem-xashak zaxiralanmagan. Otning afzalligi shundaki, u butun yil davomida, hattoki qishda ham oʻtlar bilan oziqlanishi mumkin, hatto qor qoplami ostidan ham yemish izlab topa olgan. Qoʻy va echkilar otlarning orqasidan ergashishgan va otlar qordan tozalagan oʻtlarni yeyishgan. Turkiy matnlarda chorva mollarining qimmatbaho turlari sifatida buqalar va tuyalar tez-tez tilga olinadi[16].
Dini
tahrirTangrichilik Ikkinchi Turk xoqonligining rasmiy dini boʻlgan. Xoqonlar hukmron Ashina oilasi „Tangri tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi“ tufayli hukmronlikka erishganiga ishonishgan[17]. Xitoy manbalarida Bilga xoqonning buddizmni qabul qilib, shahar va ibodatxonalar barpo qilmoqchi boʻlgani qayd etilgan. Biroq, Toʻnyuquq ularning koʻchmanchi turmush tarzi Tan sulolasi bilan solishtirganda farq qilishini, ushbu hayot tarzi ularni katta harbiy kuchga aylantirganligini taʼkidlab, Bilga xoqonni bu fikrdan qaytargan[18][19][20].
Aloqalar
tahrirTan sulolasi
tahrirOʻrxun yozuvi
tahrirBu yerlarda hukmronlik qilgan vaqtimda xitoy xalqi bilan yarashdim. Oltin, kumush, tariq, ipaklari moʻl-koʻl boʻlgan xitoy xalqi doimo oʻziga jalb etuvchi soʻzlarni ishlatib kelishgan, ularning ixtiyorida katta boyliklar boʻlgan. Ular o‘zlarining maftunkor gap-soʻzlari va oʻziga jalb qiladigan boyliklari bilan tuzoq yaratib, uzoqdagi xalqlarni o‘zlariga yaqinlashtiradilar. Ammo ularning yoniga joylashib, bu xalqning makkorligini koʻrdik.
Soʻgʻd
tahrirQapagʻon xoqonning yurishlarida Soʻgʻddan tuyalar, ayollar, qizlar, kumush va oltinlar tortib olingan[21].
Bain Tsokto yozuvi
tahrirAsuk boshchiligidagi butun So‘g‘d xalqi kelib xoqonga itoat qilgan. O‘sha kunlarda turk xalqi Temir darvozaga yetib kelgan.
Eski turkcha: 𐰦𐰀:𐰘𐰼𐰝𐰃:𐰽𐰀:𐰉𐰽𐰞𐰍𐰺𐰆:𐰺𐰑𐰴:𐰉𐰆𐰑𐰣:𐰸𐰆𐰯:𐰚𐰠𐱅𐰃:𐰆𐰞:𐰚𐰇𐰤𐱅𐰀:𐱅𐰏𐱅𐰃:𐱅𐰇𐰼𐰝:𐰉𐰆𐰑𐰣:𐱅𐰢𐰼:𐰴𐰯𐰍𐰴𐰀:𐱅𐰃𐰤𐰾𐰃:𐰆𐰍𐰞𐰃, Romanlashtirilishi:
Anta berüki As-oq baslïγaru Soγdaq budun qop kelti jükünti ..tegti Türük budun Temir Qapïγqa Tensi oγulï.
Sanʼat asarlari va artefaktlar
tahrirIkkinchi Turk xoqonligi hukmdorlari qabrlaridan koʻplab oltin va kumush ashyolar topilgan.
-
Kumush kiyiklar. Bilga xoqon dafn etilgan joydan topilgan.
-
Kultegin dafn etilgan joydan topilgan kumush idishlar.
-
Kultegin dafn etilgan joydan topilgan kumush idishlar.
-
Oltin kamar qismlari, Toʻnyuquq dafn etilgan joydan topilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Sigfried J. de Laet, Ahmad Hasan Dani, Jose Luis Lorenzo, Richard B. Nunoo Routledge, 1994, History of Humanity, p. 56
- ↑ Aydın (2017), p. 119
- ↑ András Róna-Tas, An introduction to Turkology, Universitas Szegediensis de Attila József Nominata, 1991, p. 29.
- ↑ Anatoly Michailovich Khazanov, Nomads and the Outside World, Univ of Wisconsin Press, 1984, ISBN 978-0-299-14284-1, p. 256.
- ↑ Elena Vladimirovna Boĭkova, R. B. Rybakov, Kinship in the Altaic World: Proceedings of the 48th Permanent International Altaistic Conference, Moscow 10-15 July 2005, Otto Harrassowitz Verlag, 2006, ISBN 978-3-447-05416-4, p. 225.
- ↑ 6,0 6,1 Sima Guang, Zizhi Tongjian, Vol. 202 (xitoycha)
- ↑ 7,0 7,1 Pan, Yihong „Chapter 8: China, the Second Turkish Empire and the Western Turks, 679-755“, . Son of Heaven and Heavenly Qaghan: Sui-Tang China and Its Neighbors (en). Bellingham, WA: Center for East Asian Studies, Western Washington University, 1997 — 262-bet. ISBN 9780914584209.
- ↑ Mihaly Dobrovits, TEXTOLOGICAL STRUCTURE AND POLITICAL OF THE OLD TURKIC RUNIC INSCRIPTIONS, p. 151
- ↑ Barfield, Thomas J. The Perilous Frontier: Nomadic Empires and China. Cambridge, Mass.: B. Blackwell, 1989. Print.
- ↑ Klyashtorny, 1964, pp. 35-40.
- ↑ Liu 2006, p. 330-331
- ↑ Grousset 114.
- ↑ L. M. Gumilev, (2002), Eski Türkler, translation: Ahsen Batur, ISBN 975-7856-39-8, OCLC 52822672, p. 441-564 (in Turkish)
- ↑ Czeglédy, 1972, pp. 275-81.
- ↑ Czeglédy, 1982, pp. 89-93.
- ↑ D. Sinor and S. G. Klyashtorny, The Türk Empire, p. 338
- ↑ Empires, Diplomacy, and Frontiers. (2018). In N. Di Cosmo & M. Maas (Eds.), Empires and Exchanges in Eurasian Late Antiquity: Rome, China, Iran, and the Steppe, ca. 250-750 (pp. 269-418).
- ↑ Denis Sinor (ed.), The Cambridge History of Early Inner Asia, vol.1, Cambridge University Press, 1990, ISBN 978-0-521-24304-9, 312-313.
- ↑ Wenxian Tongkao, 2693a
- ↑ Ercilasun 2016, pp. 295-296
- ↑ Tekin, 1968, 289
- ↑ G, Reza Karamian. Crowns, hats, turbans and helmets The headgear in Iranian history volume I: Pre-Islamic Period Edited by Katarzyna Maksymiuk & Gholamreza Karamian Siedlce-Tehran 2017 (en) — 1252-bet.