Ilhom — teatr-studiya. 1976-yilda M. Vayl tomonidan "Teatr yoshlari tajriba studiyasi" nomi bilan tashkil boʻlgan. 1989-yildan hozirgi nomda. Spektakllari oʻzbek va rus tillarida. "I." kotila dramatik sanʼat maktabi va truppasi faoliyat koʻrsatadi (1995-yildan). Studiyaning asosiy maqsadi — teatr sanʼatida yangi ifoda vositalarini izlash va tajriba qilish, yosh dramaturg , aktyor va rejissorlarning ilk chiqishi (debyut) larini uyushtirishdan iborat. Eng yaxshi spektakllari: "Oʻrdak ovi" (A. Vampilov), "Koʻshiq uchun oʻlim yoʻq" (G. Lorka), "Jamoat fikri" (A. Baranga), "Muhammad, Mamed, Mamesh" (Ch. Husainov), "Tikansiz tipratikanlar", "Oq otlar uchun vals", "Temir xotin" (Sh. Boshbekov), "Masharabozlar uchun regtaym", "Oppoq, oppoq qora laylak" (A. Qodiriy asarlari asosida), "Baxtli gadolar" (K. Gotssi) va b. J. Obidov, K. Arutyunyan, A. Zavyalova, B. Matjonov, M. Kaminskiy, M. Turpishcheva, B. Zokirov kabilar teatrning yetakchi aktyorlaridir. Teatrning badiiy rahbari — Mark Vayl.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil